Xulosalar:
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
Talab – ehtiyojning ‘ul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o’sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobe’ o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’nga yuqoriga yoki cha’ga ‘astga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eks’ort va im’ort omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha.
Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’’aytirish imkoniyatini taqazo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko’’aytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida o’rnatilgan narxga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog’liq investistiyalar haqida ga’ boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning ‘aydo bo’lishi ham mumkin bo’ladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qiska davrga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.
Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’ektlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yal’i tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yal’i tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa xarakat bir tomonlama bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |