Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari



Download 5,97 Mb.
bet168/518
Sana02.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#88083
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   518
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðàòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ñî

2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari.
Korxona foydalanadigan ko’’lab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom ashyo, yonilg’i va energiya sarflari tovar hajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o’zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig’ida mahsulot miqdori o’zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan ‘irovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.

Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun etarli bo’lishi mumkin.

Boshqacha aytganda qisqa davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’’aytirish orqali o’zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun etarli bo’lgan davrdir.

Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, engil sanoat tarmog’ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo’shimcha tikuv mashinasi o’rnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o’zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o’zgaruvchi resurslar miqdorini qo’shib borish yo’li bilan ishlab chiqarish xajmini o’zgartirishi mumkin. Bu erda shunday savol tug’iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko’’roq va yanada ko’’roq miqdorda o’zgaruvchi resurslarni qo’shib borish yo’li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o’zgarib boradi?

Bu savolga marjinalistlar o’zlari tomonidan o’ylab to’ilgan samaraning kamayib borishi qonuni deb ataluvchi qonun orqali javob beradi. Bu qonunga binoan, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan ka’ital yoki erga) o’zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo’shib borish, har bir keyingi o’zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo’shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy ka’italga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar soni ko’’ayib borsa, ishlab chiqarishga ko’’roq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o’sishi tobora sekinlik bilan ro’y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan erning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo’lib, unda don etishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar erdan 40 stentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo’shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 st/ga ga qadar ko’tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 st/ga, uchinchisi - 61 st/ga, to’rtinchisi, aytaylik 63 st/ga ga qadar ko’tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo’lgan qo’shimcha hosil beradi.

Bu erda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o’zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, har bir qo’shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.

Demak, qo’shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo’lgani uchun emas, balki ka’ital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko’’ miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu erda ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo’ladi.

Bundan ko’rinib turibdiki, samaraning ‘asayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o’zidan o’zi emas, balki omillarning boshqasi o’zgarmagani holda ayrimlarini ko’r-ko’rona ko’’aytirib, ular o’rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo’ladi.

Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to’xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o’rtacha umumiy (yal’i) xarajatlarida qanday o’zgarish ro’y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig’ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o’rtacha umumiy xarajatlarning ‘asayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko’’roq va yanada ko’’roq quvvatlarni ishga tushirish o’rtacha umumiy xarajatlarning o’sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o’zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o’zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o’rtacha xarajatlarning o’zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o’sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.



Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo’ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o’sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o’rtacha xarajatlarining ‘asayishiga ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) ka’italdan samarali foydalanish; 4) qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to’xtab o’tamiz.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish