3. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
o’zgartirishdagi vazifalar.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga cha’ berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Res’ublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada ‘asayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat ‘ul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Res’ublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondoshuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu sababli res’ublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining ‘asayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga tashlandi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita etakchi tarmog’i - sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq, qishloq xo’jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtatildi.
Res’ublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uning eks’ort imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - res’ublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlao’da muhim rol o’ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’’roq e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikastiyalari, trans’ort va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investistiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli res’ublika investistiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investistiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investistiyalarni jalb qilishda bevosita investistiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, res’ublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo’l tutilgan hozirgi sharoitda ham «...iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish»1 iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ўzbekistonda 2012 yil iyul oyida ќabul ќilingan “Statistik, soliќ, moliyaviy ћisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan ќisќartirish chora-tadbirlari tўg’risida”gi va “Ishbilarmonlik muћitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari tўg’risida”gi farmonlari Ўzbekistonda ishbilarmonlik muћitini tubdan yaxshilash borasidagi navbatdagi muћim ќadam bўldi. Ishbilarmonlik muћitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ќўllab-ќuvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida ushbu sektorning Ўzbekiston iќtisodiyotidagi ўrni tobora oshib bormoќda, raќobatbardosh maћsulot turlari va ishlab chiќarish ћajmi kўpaymoќda. 2012-yilning birinchi yarmida mamlakatimizda 13 mingta yangi kichik biznes subhekti tashkil etildi. Ularning aksariyati ishlab chiќarish tarmoќlarida faoliyat kўrsatmoќda. Ushbu davrda bugun asosan elektron savdolar orќali amalga oshirilayotgan davlat xaridlari tizimiga 132 ming nafardan ziyod tadbirkor jalb etildi. Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tahkidlaganidek, “Bugun biz ўz mustaќilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab tanlab olgan mamlakatni isloћ etish va modernizatsiya ќilish, tadrijiy rivojlanish yўli va mashћur besh tamoyil asosida barpo etiladigan fuќarolik jamiyatini shakllantirish modeli tarixan ќisќa muddatda iќtisodiyotni barќaror rivojlantirishning mustaћkam poydevorini yaratishni tahminladi, jaћon moliyaviy-iќtisodiy inќirozining salbiy oќibatlariga ishonchli ravishda ќarshi turish, dunyodagi sanoќli mamlakatlar ќatorida iќtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuksak barќaror surhatlariga erishish imkonini berdi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
Sўnggi 6 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki maћsulot yiliga 8,2 foizdan kam bўlmagan surhatlar bilan ўsib bormoќda. Yalpi ichki maћsulot, 2000-yil bilan solishtirganda, 2,9 barobar, sanoat maћsulotlari ishlab chiќarish 2,6 barobar oshdi, iќtisodiyotga jalb ќilingan investitsiyalar ћajmi 3,4 barobar, jumladan, tўg’ridan-tўg’ri xorijiy investitsiyalar miќdori 20 barobardan kўproќ ўsdi.”73
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom-ashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg’or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |