Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari



Download 5,97 Mb.
bet260/518
Sana14.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#362362
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   518
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги со

5. O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekistonda agrar islohotning negizi erga bo’lgan mulkchilik masalasidir. Res’ublika Konstitustiyasida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan to’shirish mumkinligi ta’kidlangan.

Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo’yish orqali erishish ko’zda tutilgan.

Res’ublikada erga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, meliorastiya, irrigastiya, erlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug’oriladigan erlarga xosdir. Res’ublikada barcha haydaladigan erlarning 3/4 qismidan ko’’rog’i (4,2 mln.ga) sug’oriladigan erlar bo’lib, uning yarmidan ko’’rog’i yaxshi meliorativ holatda, qolgan erlar esa meliorastiya ishlari (qayta o’zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstrukstiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug’orib kelingan har gektar erni qayta o’zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko’’ xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigastiya va meliorastiya ishlarini o’zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina meliorastiya tarmoqlarini rekonstrukstiyalashga, qurishga va irrigastiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.

Res’ublikada agrar islohotlarni amalga oshirish dasturlariga asoslanib, 1992 yildan boshlab o’tgan davr mobaynida mavjud 1137 davlat xo’jaligidan 1066 tasi mulkchilikning akstiyadorlik, jamoa va ijara xo’jalik shakllariga aylantirildi. 2000 yil davomida yana 776 ta qishloq xo’jalik korxonasi shirkat xo’jaligiga aylantirildi, va ularning soni 1754 taga etdi2. Natijada qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibi mulkchilik shakllari bo’yicha ancha o’zgardi.

Agar 1991 yilda qishloq xo’jaligida davlatga qarashli bo’lmagan sektor butun mahsulotning deyarli 61% ni3, 1998 yilda 98,7% ni4 ishlab chiqargan bo’lsa, 2004 yilga kelib uning 99,0% ni ishlab chiqardi.

Qishloq xo’jaligini isloh qilishning muhim yo’nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan erlarni shaxsiy xo’jaliklar va bog’-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini er bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko’rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham to’tirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to’rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko’lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo’lindi.

Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun qo’shimcha 550 ming gektar sug’oriladigan er ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon xo’jaliklarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildagi 33% dan 1998 yilda 60,3% ga1, 2000 yilda esa 66% ga ko’tarildi2.

Res’ublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo’nalishi – bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xo’jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi.



Don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo’li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, ‘axta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi. Don etishtirishni ko’’aytirib borish (1994 yil 2,5; 1996 yil 3,5; 1998 yil 4,1; 1999 yil 4,3; 2000 yil 3,9; 2004 yil 5 mln. tonna) uni chetdan keltirishni qisqartirish va qisqa davrda to’liq don mustaqilligiga erishish imkonini berdi.

Res’ublikada agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi yo’nalishi barcha davlat va shirkat qishloq xo’jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko’rib ishlayotganlarini) fermer xo’jaliklariga aylantirishdan iboratdir.

Mamlakatimiz agrar sohasini taraqqiy ettirishda fermer xo’jaliklarini rivojlantirishning muhim ahamiyatini ta’kidlab, ‘rezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik ‘alatasi va Senatining qo’shma majlisida «keyingi yillar tajribasi fermer xo’jaliklarining shirkatlarga nisbatan ancha yuqori rentabelli bo’lishi va zarar ko’rmay faoliyat yuritishini yaqqol tasdiqladi»66, deb ko’rsatib o’tdi.

Xuddi shu ma’ruzada zarar ko’rib ishlaydigan va ‘ast rentabelli shirkatlarni fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida 2005-2007 yillarga mo’ljallangan dastur qabul qilinganligini va unga asosan shu ko’rsatilgan yillar ichida 1100 ta, jumladan, shu 2005 yilda 406 ta shirkat xo’jaligini qayta tashkil etib, fermer xo’jaliklariga aylantirish vazifasi belgilanganligi aytib o’tildi.

Bunda birlamchi qishloq xo’jalik bo’g’ini bo’lmish fermer xo’jaliklariga moddiy-texnikaviy va boshqa resurslar ta’minoti, texnika, agrokimyo xizmati ko’rsatadigan ishlab chiqarish infratuzilmalari tashkil etilishi lozim. Bu borada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo’jaliklari jadal ravishda rivojlanib bormoqda (2-jadval).


Res’ublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.



Bunga dastlab umumdavlat ehtiyojlari uchun etkazib berilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlarning ko’’chilik turlariga davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995 yildan faqat ‘axta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xo’jalik korxonalarini qo’llab-quvvatlash (soliqlardan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini cho’zish va boshqalar) orqali erishildi.

2004 yilda «O’zqishloqmash-xolding» kom’aniyasi tomonidan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2959 ta traktor, 1161 ta ‘riste’, 188 ta turli omochlar, 985 ta ‘axta ekish moslamalari, 80 ta bug’doy ekish moslamalari, 1239 ta kultivatorlar, 185 ta o’rish mashinalari, 789 ta ‘axtani dorilash moslamalari etkazib berildi. 2003 yilga nisbatan ‘axta seyalkalarini etkazib berish 6,9 marotaba, ‘axta kultivatorlari 3,1 marta, ‘riste’lar 1,7 marta, traktorlar 1,1 marta, bug’doy ekish moslamalari 1,3 marta ortdi.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish jarayoniga to’siq bo’luvchi muammolar ham mavjud. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish mexanizmini, shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, qishloq joylarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmani shakllantirish shular jumlasiga kiradi.67

Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko’rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o’zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan, qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi ustuvor yo’nalishidir.

Bu yo’nalishda kommunal va injenerlik tizimlarining keng tarmog’ini yaratish, servis va maishiy xizmat tarmog’ini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Shu vazifani bajarish yo’lida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish ishlari davom ettirildi. Qishloqlarda 1965 km suv quvurlari tarmog’i ishga tushirildi, 4844 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag’ bilan ta’minlanadigan barcha manbalar hisobidan 2000 yilda umumiy maydoni 6,97 mln. kv.m uy-joy binolari foydalanishga to’shirildi.

Yuqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha yo’nalishlari res’ublikaning xususiyatlari va bozor iqtisodiyotiga o’tish talablaridan kelib chiqadi.




Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish