3. Agrosanoat integrastiyasi va uning asosiy ko’rinishlari
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo’jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog’liq bo’lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg’un rivojlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta ‘irovard natijani ro’yobga chiqarishga bo’ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |