Asosiy tayanch tushunchalar:
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining ‘uldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, to’lanadigan ish haqidir.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
Nominal ish haqi – ‘ul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Ishbay-mukofot tizimi – bajarilgan ish uchun haq to’lashni erishilgan turli natija ko’rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo’shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-’rogressiv haq to’lash tizimi - ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha ish haqi to’lanishini ko’zda tutvchi tizim.
Tarif tizimi - ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar tizimi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari - ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffistientlari majmui bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari - tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo’lgan ishchilarning mehnatiga to’lanadigan haq miqdori majmui.
Mehnat shartnomalari - korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo’lib, unda ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, ‘ensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi.
Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |