Bozordagi hukmronlik. Resurslarni etkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yal’i taklifga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo’lgan sharoitdagidan ancha yuqori o’rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida O’EK mamlakatlari bozor mono’oliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda O’EK mamlakatlari neft narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko’’aytirdi. 80-yil o’rtalarida O’EK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |