Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit
Tajriba ishi № 5 Tog` jinsi namunalarini ekstraksiyalash
Ishdan maqsad : Tog` jinslari namunalarini tajriba yo`li orqali ekstraksiyalashni o`rganish.
Nazariy qism : Tog` jinslarini ekstragerlash deb tog` jinsi tarkibidan barcha suyuqliklarnitoki massasi o`zgarmaguncha bo`lgan holatgacha quritish jarayoniga aytiladi. Ekstrlangan tog` jinslari asosan tajriba asosida namunaning quruq holat dagi unda kechishi mumkin bo`lgan boshqa jarayonlarni o`rganish mumkin.
Tog` jinsini ekstragerlash jarayoni tog` jinsi tarkibi zichligi mineral tuzilishini g`ovakliligi donadorligi namligi va qanday suyuqlikga to`yinganligiga qarab o`zgarishi mumkin.
Kernlarni o`rganish uchun toza tog` jinsi kerak unga to`yingan tog` jinslari dan ajratilgan bo`lishi kerak unga to`yingan tog` jinslari dan ajratilgan bo`lishi kerak. Tog` jinsidan organic suyuqliklarni chiqarish uchun sok-sled amalga oshiriladi.
Qurilmaning tuzilishi :
SOK SLED qurilmasi havo chiqarib tashlovchi qutiga o`rnatiladi. U quyidagi qismlardan tashkil topgan.
Shisha kolba (yopiq tipdagi elektr plita bilan qizdiriladi)
Ekstraktor
Sifon trubka
Teskari sovutkich(sovutkichga suv vodoprovoddan keladi) chiqib ketayotgan suv kanalizatsiyaga ulanadi.
Issiqlikdan himoyalangan ko`tarish trubkasi
Namunalar
Ishlash prinsipi :
Kolbadan qizish jarayonida qaynayotgan erituvchi trubka orqali par ko`rinishida ekstraktor ga qarab harakatlanadi. So`ngra bu parlar to`rtinchi sovutkichda konditsiyalanadi. Bu vaqtda kondinsat ekstraktorga qaytib tushib tog` jinsini tarkibidagi neftni eritadi.
Ekstragerlash jarayonida konditsatlashgan eituvchi va neft tog` jinsidan ajralib chiqib ekstraktorga yig`ila boshlaydi va sifon trubkadan qaytib 1 trubkaga tushadi.
Ekstragerlashning birlamchi davri ekstragerlash tugagan hisoblanadi. Bu jarayon toki tog` jinsidan barcha neft va organic moddalar chiqib ketmaguncha davom etadi. Bu esa ekstratordagi eritmaning absolyut toza bo`lganiga qarab aniqlanadi. Tog` jinslarining xususiyatlariga qarab 6 soatdan 24 soatgacha amalga oshishi mumkin. CaCl 76 gradus C6H6 – benzol 80 gradus erituvchilar shunday tanlanishi kerakki ularni qaynash tempraturasidan past bo`lishi kerak.
Ishni bajarish tartibi :
1.Tog` jinsini shotka bilan tozalash
2. Tog` jinsini o`lchab olish (tarozida)
3. 6- tog` jinsini 2 – ekstraktorga joylashtirish.
4. birinchi kolbani 0,75 foiz qismigacha erituvchi bilan tozalash.
5. qurilmani yig`ish.
6. 4- sovutkichga suvni ochish.
7. havo suruvchi shkafni yoqish.
8. pechni ishga tushirish.
9 . ekstratordagi eritmaning mutloq shaffof bo`lganligiga ishonch hosil qilish.
10. Qurilmani sovutish.
11. Qurilmani dastlabki bo`laklarga ajratsih.
12. undan namunani olish.
13. havo suruvchi shkafni uchirish.
14. quritish shkafiga joylashtirish 102 – 105 gradus.
15. tog` jinsidan suvni chiqib ketib nazorat qilish tarozida
16. tog` jinsi massasi o`zgarmas holatga kelgandan so`ng qiymatlar qayd etib qo`yiladi.
17. Hamma olingan qiymatlar xalqaro birliklar sistemasiga o`tkaziladi.