38
qaraganda, ko‗proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir
odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‗ziga xoslik bilan ajralib turadi va
hech bo‗lmasa Shu sababga ko‗ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‗xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‗liq bo‗lib, ,
ular jamuljam
holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi
.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‗unlikda e‘tiqodlar –
odamlar faol
qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‗ljallariga mos keladigan qarashlarni Yuzaga
keltiradi.
Dunyoqarashga sub‘ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe‘l-atvori xususiyatlari, odatlari
va e‘tiqodlari, Shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob‘ektiv va sub‘ektiv tomonlarni ajratish ham
o‗rinli bo‗ladi.
Dunyoqarashning shakllanishi natijasi o‗laroq sub‘ektning e‘tiqodlari, qilmishlari va
harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o‗z o‗zligini namoyon etadi.
Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va qilmishlari uchun fon sifatida amal
qiladi. Dunyoqarashning mental mezoni sifatida ongning mujassamlaShuvini aks ettiruvchi ishonch
va e‘tiqod
maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy va shaxsiy ahamiyatga molik mo‗ljal
tarzida
namoyon bo‗lishi mumkin.
Dunyoqarash serqirra hodisa hisoblanadi. Ko‗p qavatli uyda bo‗lganidek, uning turli
qavatlaridan o‗z ratsional-irratsional elementlariga ega bo‗lgan hayotga oid, mifologik, diniy,
badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‗rin oladi.
Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda
shakllanadigan dunyoqarashdir (unga misol tariqasida oddiy, kundalik dunyoqarashni
keltiradilar).
Unda dunyoning manzarasi rolini hayot haqidagi tipik tasavvurlar to‗plami o‗ynaydi.
Bu to‗plam ko‗pincha kundalik hayotda ayniqsa ko‗p uchraydigan vaziyatlardan, mazkur muhitga
xos bo‗lgan ko‗nikmalar, munosabatlar va odatlardan tarkib topadi. Bunday dunyoqarashga uning
egasiga xos bo‗lgan kasbiy mo‗ljallar ayniqsa kuchli ta‘sir ko‗rsatadi.
Xulq-atvor reaksiyalari
tipining shakllanishida sub‘ektning kasb-kori (amaldor, savdo xodimi, ofitser, uy bekasi, shifokor
va h.k.) hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‗z
muhitiga ayniqsa xos bo‗lgan andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning
o‗zgartirish oson bo‗lmagan muayyan mezoniga aylantiradi. «Oddiy dunyoqarash» kategoriyasining
sinonimlari sifatida «kundalik dunyoqarash», «amaliy dunyoqarash», «noilmiy dunyoqarash»
tushunchalari amal qiladi.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash
oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui
sifatida amal qiladi.
U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi
va odamlarga kundalik
hayoti, faoliyatida yo‗l ko‗rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim
regulyativ funksiyani bajaradi.
Falsafa borliq va inson tafakkurining asosiy tamoyillarini ifodalash orqali dunyoni anglab
etish barcha shakllarining ma‘naviy asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi zamon fundamental
falsafasi dunyoqarashning eng oliy, nazariy darajasidir, desak, aslo mubolag‗a qilmagan bo‗lamiz.
Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylaShuvi jarayoni mahsuli
hisoblanadi
. Bunda individ o‗zining voqelikka bo‗lgan munosabatida
jamiyatdan olinadigan
ne‘matlarni bevosita o‗zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini
tushunishga qadar bo‗lgan yo‗lni bosib o‗tadi.
Dunyoqarashning nazariy darajasini
voqelikning bevosita in‘ikosi sifatida tasavvur qilish
to‗g‗ri bo‗lmaydi
.
Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning
mavjudligi dunyoqarashni oddiy in‘ikos sifatida emas, balki ildam in‘ikos sifatida, hali mavjud
bo‗lmagan hodisa – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi
.
Dunyoqarashni shakllantirish muammosining mohiyati Shu bilan belgilanadiki, nazariy
darajaning izchil rivojlanishi serqirra mavjudot sanalgan insonda amalda mavjud bo‗lgan
dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik
dunyoqarash unsurlarini bekor qilmaydi.
39
Shunday qilib, dunyoqarashning har bir darajasi inson hayot faoliyatida o‗z vazifalarini hal
qiladi. Ularning ahamiyati va o‗ziga xosligi ham Shundadir. Tanqid faqat u yoki bu (diniy, oddiy,
pragmatik yoki ssientistik) dunyoqarash universallikni asossiz ravishda da‘vo qilgan holda o‗rinli
bo‗ladi.
Dunyoqarashning muhim elementi Shubha bo‗lib, u insonni dogmatizm, ya‘ni biryoqlama,
notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-Shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi
.
Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‗lib, bunda Shubha mutlaqlashadi, fikrlashning
asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: