Ziddiyatlarning turlari.
Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‗ra
tasniflanadi. Xususan,
1) namoyon bo‗lish shakliga ko‗ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‗ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‗ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‗ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‗rtasida, ikkinchi darajali
ziddiyatlar esa – bog‗lovchi bo‗g‗inlar o‗rtasida Yuzaga keladi. Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va
zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud
bo‗lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‗qligi
predmetning sifatini o‗zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki
tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‗lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan
avtomobil halokati Yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va
fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatligi – ob‘ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy
xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‗qnash keladi, qarorlar qabul
qiladi, baholar beradi, o‗z qilmishlaridan pushaymon bo‗ladi, ko‗pincha yo‗l qo‗ygan xatolaridan
afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‗rib, o‗zi qabul
qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish tafakkurning etuklik belgisidir.
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko‗ra tasniflash odat
tusini olgan
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib Shuni qayd etish mumkinki, dialektik ziddiyatlilik
qonuni barcha narsalar, tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi tomonlar
va tedensiyalar bilan tavsiflanishini nazarda tutadi. Ularning o‗zaro aloqasi, ular o‗rtasidagi
«kurash» o‗zgarish va rivojlanish manbai hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‗ladi.
Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‗qolishi va Yangining vujudga kelishi
bilan echiladi.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‗rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu
qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya‘ni rivojlanish nazariyasining eng
muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va
kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko‗rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz
birlik va kurash munosabati bilan bog‗liq bo‗lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz.
Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-
qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o‗rganishni talab qilib, bilish
dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |