369
erishmoqdamiz; hozir qalamimizdan tortib, komp yuterimizgacha, mashinamizdan tortib,
ko‗ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Diza ynnin g tub ildizi, mohi yat nuqtai nazaridan, ko‗rgazmali amali y san‘atga
(xa lq amali y san‘atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham fo ydalilik, manfaatlilik
xususi yatiga e ga, ya‘ni ular maqsadga mu vofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi.
Lekin xalq amali y san‘atiga asos bo‗lgan hunar, a ytib o‗tganimizdek, san‘atga a ylanishi
mumkin, dizayn esa, – diza ynli gicha qoladi. Sababi Shuki, hunarmand -usta har bir
ash yo ga, de ylik, uzukka, qumg‗on ga, xontaxtaga yoki naqshin qutichaga o‗z dun yosini,
xaridorga mos ruhni singdiradi, ya‘ni hunarmand -usta yasa gan o‗nta mis laganda
ustaning o‗n xil ruhi y holatini, kechinmalarini ilg‗ash mumkin. Diza ynda esa, o‗n
minglab yoki Yuz minglab ash yolarga zamonavi y texnika vosi tasida diza ynchi -
injenerning bir gal gi ruhi y dun yos i singdiriladi. Ke yinroq ular modernizatsi ya qilinishi
mumkin, lekin unda ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namo yon bo‗ladi,
usta esa, doimo Yangi narsa yasa ydi va mana Shu Yangi lik rang-baranglik,
individuallik hunar mahsulini san‘at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan
tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha b adii y-ash yo vi y yax litlik sifatida olib
qara ydi va ishlab chiqaradi. YA‘n i unda mazmun ham shakl ham bir ruhi y dun yo va
«bir qo‗lning» mehnati. Diza ynda esa, ashyolar «turli qo‗l» ishlagan qismlarni bir
mutaxassisning – diza ynerning ya xlitlashtirishi natija sida o‗zini butunisicha namo yon
qiladi. Shu sababli, hunarmandning mahsuloti – san‘at, diza ynern ing ishi nosan‘at
estetik faoli yat hisoblanadi. Shunga qarama y, diza yn va diza ynerning ijodi y mehnati er
Yuzida tobora ko‗pa yib bora yotga n inson zotining zamona vi y iqtiso di y-maishi y hamda
estetik ehti yojini, ma‘navi y talablarini qondirishi bilan muhim hamda e‘tiborga lo yiq.
Texnika estetikasi esa, diza yn nazari yasi sifatida estetikaning o‗ziga xos turi, usiz
bugungi estetika fanini to‗liq tasavvur qilib bo‗lma ydi.
Ke yin gi ikki asrdan ortiq vaqt moba ynida estetikani faqat san‘at falsafasi sifatida
talqin qilish haqiqatga zid ekani ma‘lum bo‗lib qoldi. CHunki asta -sekin «san‘at
estetikasi » yonida yana bo shqa «es tetikalar » pa ydo bo‗la boshladi. Ularning ba‘zilarini
estetik faoli yat, estetik soha kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‗rdik. Biroq
bunda y yondashu v doimo nazari y chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‗shanda y
manzarani ko‗rish mumkin. Masalan, estetik faoli yat deganimizda san‘atni tu Shunamiz,
boringki , unga diza ynni ham qo‗shish mumkin. Lekin tabiatni yo ki sportni estetik
faoli yat deb a ytolma ymiz, ularga taalluqli nazari yalarni estetika sohasi de yish ham
qi yin. C Hunki mohi yatan ular estetik faoli yat emas, balki estetik xususi yatlar namo yon
bo‗ladigan voqelik va ular borasidagi nazari yalarni estetikaning qismlari deb atash ham
ularga nisbatan to‗g‗ri emas; bunda y atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazari yasi,
estetik madani yat singari fanning «katta -kichik » bo‗limlarini nazarda tutamiz. Ana
Shunda y har xilliklar ko‗pgina adabi yotlarda, hatto estetika lug‗atida ham tez -tez
uchrab turadi
116
. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat
turlarga bo‗lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‗ ylaymiz. Birinchi
qatorni estetik aning eng miq yo sli turi – san‘at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan
barcha, nosan‘at estetik ob‘ektga asoslangan estetik nazari yalar tashkil etadi. Ular –
tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport
estetikasi. San‘at estetikasini alohida, ke yin gi boblarda ko‗rib chiqishimizni nazarda
tutib, hozir nosan‘at ob‘ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazari yalar turlarini
qisqacha nazardan o‗tkazamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: