Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Falsafani 
siyosiylashtirish 
va 
sxemalashtirishning 
oqibatlari.
Falsafani o‗ta 
siyosiylashtirish ma‘lum ma‘noda zararlidir
.
Chunki sobiq sovet tuzumi davrida ayni falsafiy 
bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan chegaralash oqibatida falsafa siyqalashdi, 
uning asl mazmuniga putur etkazildi. Shuningdek, falsafaning barcha vaqtlarda va har qanday 
sharoitda o‗z ahamiyatini saqlab qolishi mumkin bo‗lgan, qolgan barcha masalalarni istisno 
etadigan birdan-bir to‗g‗ri asosiy masalasi bormi? Bizningcha, mazkur uzil-kesil ta‘rif kontekstida 
bunday masala mavjud emas. Birinchidan, ayni holda tarixiy davrni ham, falsafiy bilimning 
plyuralistik tabiatini ham hisobga olish talab etiladi. Ikkinchidan, qandaydir bitta muammoni faqat u 
yoki bu muayyan vazifani echish maqsadida murakkab masalalarni sxemalashtirish, ataylab 
soddalashtirish to‗g‗risida so‗z yuritilayotganini tuShungan holda, ma‘lum darajada shartlilik bilan 
mutlaqlashtirish mumkin.
Masalan, falsafaning «borliq» va «substansiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan asosiy 
kategoriyalari haqida so‗z yuritar va muayyan faylasuflarning ularga bo‗lgan munosabatini 
aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy masalasi»ni uzil-kesil echish tarafdorlari 
ilgari surgan mantiqqa muvofiq, barcha faylasuflarni ma‘lum darajada shartlilik bilan materialistlar, 
idealistlar va dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada ayniqsa ko‗p 
muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilinayotgan yoki falsafa tarixini, u 
yoki bu falsafiy g‗oyalar, yo‗nalishlar, oqimlarning vorisiyligini yaxshiroq tushunish vazifasi 
qo‗yilayotgan bo‗lsa, bunday ajratish mutlaqo o‗rinlidir.
Shuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki masalaning yangicha talqinini 
taklif qilishi mumkin bo‗lgan boshqacha yondashuvlar paydo bo‗lishi va mavjudligiga yo‗lni 
berkitmaslik uchun har qanday sxemalashtirish cheklangan xususiyatga ega bo‗lishini unutmaslik 
kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtai nazardan, g‗ayritabiiy yoki mutlaqo kutilmagan 
tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardda esa avvalgi qarashlar nuqtai nazaridan erishish 
1
Ибн 
Сино Донишнаме.-М.: 1957, -С. :7 
2
Кант И. Соч.Т.6 –М.: Наука, 1997.-С351 
1
Камю А.// Всемирная энциклопедия.Философия. –М.: Современные тетради, 2001. –С.344. 


52 
mumkin bo‗lmagan kashfiyotlar olingan hollarga tarixda misollar bisyor. Masalan, geotsentrik 
qarashlar o‗rnini geliotsentrik qarashlar egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo bo‗lishi, Rim 
klubiga taqdim etilgan «O‗sish chegaralari» ma‘ruzasi va hokazolar ko‗pchilik uchun tabiiy, o‗z-
o‗zidan ravshan bo‗lib tuyulgan narsalarga nisbatan noan‘anaviy, g‗ayritabiiy yondashuv 
mahsulidir. Mazkur misollar falsafada «qat‘iy», uzil-kesil ta‘riflarga nisbatan ancha ehtiyotkorlik 
bilan yondashish lozim, zero bu ba‘zan yanglishishlarning mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – 
turg‗unlik va dogmatizmga olib keladi, degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar orasida 
ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri 
gnoseologik optimizm
deb ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u 
o‗zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va 
dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo‗ladi, deb 
hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan ta‘limotning ko‗p sonli tarafdorlarini tilga olib o‗tish 
o‗rinli bo‗ladi.
Ikkinchi yondashuv 
agnostitsizm (
yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu 
yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to‗la (yoki hatto qisman) bilish 
amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, 
agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo‗lib, 
faylasuflar orasida munozaralarga sabab bo‗lib keladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish