Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Dilemmalar konstruktiv (tuzuvchi) yoki  destruktiv



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Dilemmalar
konstruktiv (tuzuvchi) yoki 
destruktiv
(buzuvchi) turlarga bo‗linadi. Demak, 
dilemmalar
to‗rt xil bo‗ladi:
1. Oddiy konstruktiv dilemma.
2. Oddiy destruktiv dilemma.
3. Murakkab konstruktiv dilemma.
4. Murakkab destruktiv dilemma. 
Masalan: 
1) Agar yoshlar ilm o‗rgansalar, hayotda o‗z o‗rinlarini topadilar. 
Agar yoshlar hunar o‗rgansalar, hayotda o‗z o‗rinlarini topadilar. 
YOshlar yo ilm yoki hunar o‗rganadilar. 
Demak, ular hayotda o‗z o‗rinlarini topadilar. 
2)
Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, konkursda ishtirok etadi.
Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, chet elga o‗qishga boradi.
Talaba konkursda ishtiroketmadi yoki chet elga o‗qishga bormadi. 
Talaba chet tilini yaxshi bilmaydi. 
3)
Agar inson yaxshi amallarni bajarsa, uni yaxshi nom bilan eslashadi. 
Agar inson yomon amallarni bajarsa, uni yomon nom bilan eslashadi. 
Inson yo yaxshi yoki yomon amallarni bajarishi mumkin. 
Demak, uni yo yaxshi yoki yomon nom bilan eslashadi. 
4) 
Agar inson boshqalarga yaxshilik qilsa, unga ham boshqalar yaxshilik qiladi. 
Agar inson boshqalarga yomonlik qilsa, boshqalar ham unga yomonlik qiladi. 
Insonga yo yaxshilik yoki yomonlik qaytmadi. 
Demak, u boshqalarga yaxshilik ham, yomonlik ham qiladi. 
Dilemmalarni to‗g‗ri tuzish va hal qilish uchun ko‗rilayotgan masalaning barcha 
yechimlarini aniqlash zarur. Dilemmami ba‘zan unga qarama-qarshi mazmundagi boshqa bir 
dilemma orqali rad etish mumkin. Bunga mantiq ilmi tarixidan quyidagi misolni keltiramiz: 
«
Afinalik ayol o‗g‗liga Shuday maslahat beradi: Jamoat ishlariga aralashma, chunki agar 
haqiqiqatni gapirsang, seni odamlar yomon ko‗radi, agar yolg‗on gapirsang, unda seni xudolar 
yomon ko‗radi. Bunga Aristotel quyidagicha rad javobni o‗ylab topadi: Men jamoat ishlarida 
ishtirok etaman, chunki agar haqiqatni gapirsam, meni xudolar yaxshi ko‗radi, agar yolg‗on 
gapirsam, meni odamlar yaxshi ko‗radi
». 
Trilemmada
berilgan masalaning uch xil yechimi haqida taxminlab fikr yuritiladi. 
Trillemma ham to‗rt turga bo‗linadi: 
1. Oddiy konstruktiv trilemma.
2. Oddiy destruktiv trilemma.
3. Murakkab konstruktiv trilemma.
4. Murakkab destruktiv trilemma. 
Masalan: 
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bevosita aloqador bo‗lsa, u qattiq jazolanadi. 
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bavosita aloqador bo‗lsa, u yengil jazolanadi. 
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga aloqador bo‗lmasa, u ozod qilinadi. 
Tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga yo bevosita, yoki bavosita aloqador, yoki mutlaqo 
aloqasizdir. 


312 
Demak, tergov qilinayotgan shaxs yo qattiq jazolanadi, yoki yengil jazolanadi, yoki ozod 
qilinadi. 
Bu murakkab konstruktiv trilemma ko‗rinishidagi xulosa chiqarishdir.
SHartli-ayiruvchi xulosalash masalani hal qilishning bir necha uslullari mavjudligini, 
bularning har biri turli oqibatlarni keltirib chiqarishini aniqlab beradi. Sohibkiron Amir Temur 
ta‘biri bilan aytganda bu oqibatlardan qaysi biri davlat va ulus manfaatlariga mos bo‗lsa, ya‘ni 
«savobliroq yoki kam xatarli bo‗lsa», Shunisi tanlab olinadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish