Badiiy bilim
borliqni tushunib etish refleksiyaning o‗ziga xos shakli bo‗lib, u san‘at
borlig‗ining barcha bosqichlarida – asar g‗oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul
qilinishigacha – o‗ziga xos tarzda ro‗yobga chiqadi.
Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va
kechinmalarini anglab etish ob‘ekti – butun dunyoga uzviy bog‗lagan holda san‘at tilida
moddiylashtirish deb ta‘riflash mumkin. SHaklan badiiy faoliyat ob‘ektga qarab mo‗ljal oladi,
mazmunan esa, u shaxs o‗zligining ifodasi, inson ma‘naviy hayotining intim tomoni, ijodkor
ideallari va didining majmui hisoblanadi.
Borliqni badiiy idrok etishning o‗ziga xos xususiyati ko‗p jihatdan san‘at tilining o‗ziga xosligi
bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar tizimiga kiruvchi madaniyatning belgilar
tizimlaridir. San‘at madaniyat tillarini badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. Bunda
san‘at tili ikki xil ma‘noda: dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tuShunilishi mumkin)
va shartli, badiiy ma‘noda keladi. «Ma‘nolar o‗yini» asl borliqdan chalg‗itmaydi, biroq uni mutlaqo
kutilmagan tomondan ko‗rish imkonini beradi. San‘atni idrok etishda muttasil kashfiyotlar Yuz
beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat burchaklarini yorituvchi yashin chaqiniga
o‗xshaydigan o‗zlikni kashf etishdir. Ongning kutilmagan kashfiyotlar xos bo‗lgan bunday holati
psixologiyada «insayd» deb ataladi. San‘atni idrok etish o‗zlikni anglash bilan bog‗liq cheksiz va
tengsiz lazzat baxsh etadi. San‘atni idrok etish mexanizmi sifatida empatiya, ya‘ni o‗zini obraz
bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli emotsional ta‘sirlanishga sabab bo‗lishi mumkin. Ijobiy
va salbiy emotsional holatlarning bir-biriga o‗tishi bilan bog‗liq murakkab jarayon shaxsni o‗z
tajribasini qayta tushunishga majbur qiladi va uning qadriyatlar tizimida to‗ntarish yasashga qodir.
Shunday qilib, san‘atning bilishdagi ahamiyati Shundan iboratki, u bilish va o‗zlikni
anglashning o‗ziga xos birligidir. San‘at – shaxsni ma‘naviy boyitish manbai. U insonning ijodiy
imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni
tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San‘atni idrok etishda ob‘ekt va sub‘ekt mushtarakdir. SHaxs
san‘at asarining mazmuniga o‗zining daxldorligini his qiladi va uni o‗zida kashf etadi. Shu sababli
san‘atni idrok etish orqali bilish faolligi namoyon bo‗ladi.
Bilishning mifologiya bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan qadimgi shakllari diniy bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |