Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Borliq va yo‗qlik dialektikasi.
«Borliq bor, yo‗qlik esa – yo‗q», deganida, Parmenid ayni 
Shu holga e‘tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‗g‗ri, noto‗g‗ri, quvnoq, sho‗r, oq, qora, 
katta, kichkina kabi va Shunga o‗xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas. 
Borliqni biron-bir koordinatalar tizimsiga joylashtirib bo‗lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. 
Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‗ladigan umumiy, universal va betakror 
mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega 
bo‗lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‗qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‗lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va 
boshqacha tuShunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‗qlik borliqni inkor etadi va 
narsa, jism, hodisa, ong... (ya‘ni amalda mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsalar) o‗zligini 
yo‗qotgan holda «yo‗qlik» atamasi ayni Shu ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‗qlikka 
chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma‘noda bu fikrni to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. 
Borliq va yo‗qlik o‗rtasida dialektik o‗zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‗ra, biz yashayotgan Olam bo‗shliqdan 
bino bo‗lgan. Bo‗shliq materiyaning alohida holati. Bo‗shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‗ziga 
xos potensial borliq sifatida namoyon bo‗ladi, zero unda mumkin bo‗lgan barcha zarralar va holatlar 
mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‗q
64
.
YAna Shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai 
nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli 
sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma‘noda 
borliq va yo‗qlikning o‗zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‗lgan narsaning ob‘ektiv borlig‗i yo‗qlikka chekinadi, lekin, 
Shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‗lsa, bu 
narsa ongda mavjud bo‗ladi va o‗zining «ikkinchi» borlig‗ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki 
ob‘ektning nusxasi, ideal obrazi bo‗lib qoladi.
Shunday qilib, 
o‗tgan zamondagi borliq yo‗qlikdir
, deb aytish mumkin. 
Borliq doim hozirgi 
zamonda mavjud bo‗ladi, u faqat hozirgi zamonda o‗zini namoyon etadi,
basharti u dolzarb va 
amalda namoyon bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗lsa, agar u potensial, ya‘ni axborot manbalarida 
mavjud yoki uning paydo bo‗lishi ob‘ektiv rivojlanish mantig‗i bilan belgilangan bo‗lsa. Amalda 
yo‗q bo‗lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal 
obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‗tmishga tatbiqan biz borliq haqida 
faqat Shu ma‘noda so‗z yuritishimiz mumkin.
Ayni Shu ma‘noda 
biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‗zimizga yaqin 
odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka aylanmagani, balki Yangicha mavjudlik, 
xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, 
borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-
tuman namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi.
Bunda narsalar, 
predmetlar, hodisalar o‗z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning 
64
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика 
и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93. 


126 
tarkibiy qismi bo‗lmish insonni bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va 
mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va 
hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun 
mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi Yangi falsafiy kategoriyalar 
muomalaga kiritiladi.
Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy 
hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda u o‗zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‗rganish va uning 
butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qiladigan 
qandaydir asosning shak-Shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos 
sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‗rta asrlar 
falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal 
qilganini ko‗ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini qurshagan 
borliqning ko‗p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq 
qiladigan narsalarni, borliqning ayni Shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima 
bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‗p sonli turli-
tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‗lgan bir nechtasini farqlash imkonini beradigan tajriba 
va bilim to‗pladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish