Qo‘rg‘oshin koni
Qo‘rg‘oshin kon koni Toshkent viloyati, Piskent tumani hududidagi Qurama tog‘ida, Olmaliqsoy bilan Nakbaysoy oralig‘ida joylashgan. Olmaliq shahridan 0,5 km masofada, 1951 yillarda qazib olish boshlanib, 1980 yillarda tamom bo‘lgan.Konning rudasi ko‘p metalli, asosiy elementlar Rb – 2,04%, Zn – 2,25 % yo‘ldosh elementlar, kumush, kadmiy, selen, tellur, vismut, bundan tashqari, simob, indiy, molibden, galliy, talliy, surma, margimush, oltin, kobalt elementlari mavjud.
Kon ochiq usulda qazib olingan. Kon rudasini flotatsiya usuli bilan boyitilgan. Boyitish jarayonida qo‘rg‘oshinning boyitmaga o‘tish darajasi 71,77%, ruxniki 54% tashkil qilgan.
Uchquloch koni
Uchquloch koni Jizzax viloyati, Forish tumanining Shimoliy Nurota tog‘larida joylashgan. Jizzax shahridan 40 km uzoqlikda kon 1930 yillarda topilgan, ammo qidirish ishlari 1983 yilgacha davom etgan. 1983 yil OKMK tomonidan qazib olina boshlagan. Uchquloch koni rudasi ko‘p metalli – asosiy elementlar rux, mis, marganets, nikel, kobalt, margimush, surma. Asosiy minerallar - pirit, sfalerit, galenit; ikkinchi darajali minerallar - xalkopirit, bornit, brekli ruda; kamroq uchraydiganlari – vyursit, enargit, arsenopirit, pirrotin, tma oltin, kumush va boshqalar. Konning uzunligi – 2094 - 2375m, qalinligi 30 dan 600 metrgacha, ba’zi yerlarda 1300 metrgacha yetadi.
Ruda ochiq va yerosti usulida qazib olinadi.
Rudadagi metallarning miqdori
- Pb-1,71%,Ag-2,4-42,19 g/t,Zn-1,88%,Cd-0,004-0,13%,Ba-9-11%
Rudani flotatsiya usulida boyitilganda 70-75% qo‘rg‘oshin, 65-70% rux boyitmaga o‘tadi.
Xondiza koni
Xondiza koni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Surxontog‘da joylashgan Denov shahridan 90-100 km masofada kon 1957 yilda topilgan. 2010 yil ishga tushgan.
Ruda yerosti usuli bilan qazib olinadi. Ruda tarkibida 100 ga yaqin minerallar bo‘lib, ularning asosiylari: pirit, sfalerit, gelenit, xalkopirit, brekli rudalar (tetroedit, tenentit), ikkinchi darajalisi: markazit, pirrotin, arsenorit, magnetit, tug‘ma oltin, eletrum, kyustelit, kumush minerallari: akantit, pilibazit, pirargerit, yalpait va boshqalar.
Asosiy materiallar: mis, rux, qo‘rg‘oshin, yo‘ldosh elementlar: kumush (109,6-114,3 g/t), kadmiy (0,22-0,42%), mis (0,68%), oltingugurt (3,44%), oltin (0,15-06 g/t).
Rudani boyitilganda qo‘rg‘oshin konsentratida kumush, oltin, selen, tellur, vismut to‘planadi.
Rux konsentratida – kadmiy, galliy, germaniy, indiy;
Mis konsentratida – kumush, vismut, indiy, galliy, germaniy;
Pirit konsentratida – talliy, galliy, germaniy to‘plangan.
Rudadan metallarning miqdori - Pb-7,36%,Ag-114,3 g/t,Au-0,6g/t,
Zn-6,61%,Cd-0,041%,Cu-0,95%,Se-0,002%
Ruda flotatsiya usuli bilan boyitiladi. Kollektiv boyitmaga 72% qo‘rg‘oshin, rux va 77% mis o‘tadi. Sellektiv flotatsiya qilinib, qo‘rg‘oshin, rux, mis va pirit konsentratlari olinadi.
Uchchala konning rudalari ham ko‘p metali, o‘ta murakkab rudalar qatoriga kiradi. Sulfidli rudalarda rux ZnS va n*ZnS*m FeS, qo‘rg‘oshin PbS, PbCO3, PbSO4, mis CuFeS2, kadmiy CdS, temir FeAsS2, FeS2,Fe7S8 holda bo‘lib, ularni boyitish jarayonida bir – biridan ajratish ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |