Shudgorlash agregati ishlayotgan paytda plugning shudgorlash chuqurligi uzliksiz
ravishda o‘zgarib turadi. Bunga asosiy sabab, ishlov berilayotgan yer relefining mikro va
makro notekisligidir. Ular ta’sirida shudgorlash agregati gorizantal tekislikka nisbatan
bo‘ylama- vertikal hamda ko‘ndalang tekislik bo‘ylab u yoki bu tamonga engashgan holda
harakatlanadi, natijada plugning biror korpusi tuproqqa tayinlanganidan chuqurroq,
boshqalari esa sayozroq ishlov beradi. Bunda traktor orqa g‘ildiraklarning tashqi chetlari
orasidagi masofa bilan unga osiladigan plugning qamrov kengligi nisbatan bir-biriga yaqin
bo‘lganligi sababli, ishlov berish chuqurligining o‘zgarishi deyarli sezilmaydi. Ammo
traktorning bo‘ylama-vertikal tekislikda u yoki bu tamonga engashishi, plugning ishchi
qismlari, g‘ildirakli traktorlarda, uning orqa g‘ildiraklarining markaziy tayanch nuqtalariga
yoki zanjirli traktorlarida zanjirlarining tayanch tekisliklariga nisbatan birmuncha uzoq
joylashganligi sababli,ularning ishlov berish chuqurliklari tayinlanganidan sezilarli
darajada farq qiladi. Ushbu o‘zgarishlarni kamaytirish maqsadida ishlov beriladigan yer
yuzasining notekisliklari (mikro- makro notekisliklar) talab darajasida tekislanib turiladi.
Kurs loyihasini bajarishda traktor harakatlanayotib o‘zining bo‘ylama - vertikal
tekislik bo‘ylab orqaga engashishi va uning osma plug ishiga ta’sirini o‘rganiladi. Buning
uchun traktorning biron-bir to‘siqdan o‘tayotgan holati, ya’ni uning orqaga 0
3
nuqta
atrofida biron a burchakka engashgan holati va unga mos ravishda plugning yangi,
o‘zgargan holati quriladi (9-rasm) va tahlil qilinadi.
Traktor g‘ildiraklari biror to‘siqqa uchrab, uning old qismi gorizantal tekislikka
nisbatan a (a = 5...10
0
) burchakka ko‘tariladi deb faraz qilinadi. Bunda traktorning orqa
qismida joylashgan osish mexanizmining 1va 4 sharnirlari ham 0
3
nuqta atrofida soat mili
yo‘nalishi bo‘ylab
a burchakka buriladi. Bunda traktor ramasi bikr yoki yarim bikr
osmalarga ega bo‘lsa, (10-rasmda ko‘rsatilgandek ) uning tayanch aylanish nuqtasi 0з
nuqtada; rama osmasi elastik bo‘lsa, tayanch aylanish nuqtasi - 0з orqa balansirli osma
g‘ildirakchasining vertikal diametri chizig‘ining er yuzasi tekisligi bilan kesishgan
nuqtasida bo‘ladi deb faraz qilinadi. G‘ildirakli traktorlarda tayanch aylanish nuqtasi 0
3
orqa g‘ildiraklari vertikal diametri chizig‘ining yer yuzasi tekisligi bilan kesishgan
nuqtasida bo‘ladi deb faraz qilinadi.
1 va 4 nuqtalarning yangi holatini belgilash uchun 0
3
va 1, 0
3
va 4 nuqtalar o‘zaro
ingichka chiziq bilan tutashtiriladi, ushbu chiziqlarni a burchakka burib, yana chiziq
o‘tkaziladi. Undan keyin 0
3
va 1, 0
3
va 4 nuqtalar orasidagi masofa o‘lchanib, unga teng
radiusda yoy chiziladi, keyin o‘tkazilgan chiziq bilan kesishgan joyda 1
3
va 4
3
nuqtalarning
o‘rni belgilanadi. 1 va 4 sharnirlarning siljishi, 2 va 3 sharnirlar holatining o‘zgarishiga
sabab bo‘lib, u quyidagicha topiladi: 1 va 4 sharnirlarni markaz sifatida qabul qilib,undan
bo‘g‘inlar 1-2 va 4-3 uzunligiga teng radius bilan Sh va S yoylari chiziladi, 3, 2 va F
nuqtalarning tasviri tushirilgan shaffof qag‘oz (kalka) chizma ustiga shunday qo‘yiladiki,
3-nuqta S yoyi, 2-nuqta Sh yoyi, F nuqta shudgor tubi chizig‘i bo‘ylab surilib F
1
, 2
3
va 4
3
nuqtalarning o‘rni topiladi
Bu nuqtalar asosida traktor
a burchakka engashib harakatlangandagi plugning yangi
holati quriladi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, traktorning old qismi ko‘tarilib, gorizantal tekislikka
nisbatan a burchakka burilganida plugning oxirgi korpusi tayinlangan chuqurliqda ishlov
bersada, uning oldingi - birinchi korpusi nisbatan sayoz a
3
chuqurlikda shudgorlaydi.
Birinchi korpusning ishlov berish chuqurligini chizmadan aniqlab topiladi.
To‘siqdan o‘tyotgan traktorning osish mexanizmi (3-4 bo‘g‘in) markaziy tortqisi
bikir bo‘lganda, plug korpuslari (ayniqsa old korpuslarining) ishlov berish chuqurligining
o‘zgarishi sezilarli darajada bo‘ladi. Shuning uchun, osma pluglar bilan ishlatiladigan
ko‘pchilik traktorlarning osish mexanizmi markaziy tortqisi (34) teleskopik shaklda
tayyorlangan va prujina bilan jihozlangan. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan markaziy
tortqining uzunligi traktor to‘siqdan o‘tganda o‘zgaradi, unga osilgan plugning holati
deyarli o‘zgarmaydi, bu esa haydash chuqurligini bir tekis bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: