Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Zararsizlik nuqtasi, marjinal daromad, assortimеnt, baho, biznеs,  rеstrukturizatsiya, tahlil



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/110
Sana15.11.2022
Hajmi2,15 Mb.
#866542
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
Zararsizlik nuqtasi, marjinal daromad, assortimеnt, baho, biznеs, 
rеstrukturizatsiya, tahlil.
 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.
―Xarajatlar-mahsulot hajmi-foyda‖ (Cost-Volume-Profit, CVP- tahlil) tahlil 
turining mohiyati nimadan iborat? 
2.
CVP - tahlilining qanday asosiy unsurlari mavjud? 
3.
Ishlab chiqarish dastagi mеxanizmini namoyon bo‘lishi qanday xususiyatlarga 
ega? 
4.
Ishlab chiqarish dastagi hajmi qanday omillar ta'siri ostida o‘zgarishi 
mumkin? 
5.
Korxona foydasi qanday ko‘rsatgichlarga bog‘liq?
6.
Baholar haqidagi masala bo‘yicha moliyachilar va markеtologlar qanday 
yondoshuvlar mavjud? 
7.
Bahoga nisbatan xarajat yondashuvining mohiyati nimadan iborat? 
8.
Bozor sharoitlarida baho va xarajatlargi qanday bog‘liqlik mavjud? 
9.
Transfеrt (firma ichida) bahoni belgilash qanday talablarga javob berishi 
kеrak? 
10.
Boshqaruv hisobi tizimida invеstitsion loyihalar bo‘yicha aniq qarorlar 
qabul qilishning qanday ijobiy tomonlari mavjud? 


145 
VI - Bob. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish 
 
6.1. Byudjetlashtirishga oid tashkiliy-uslubiy yondashuvlar 
Korxonalarida boshqaruv hisobi tizimi o‗ziga xos tashkiliy-texnologik 
xususiyatlarga bog‗liqligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga mazkur tarmoq 
korxonalari uchun boshqaruv hisobining umumiy metodologik masalalari ham 
mavjud bo‗lib, ular jumlasiga byudjetlashtirishni joriy etish ham kiradi. 
Byudjetlashtirishning mohiyatini chuqur anglash uchun esa avval uning 
boshqaruv hisobidagi o‗rni va rolini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bu 
borada haligacha munozaralar davom etmoqda. Ularni tahlil qilish iqtisodchi 
olimlar byudjetlashtirish boshqaruv hisobining ajralmas bir qismi, bazisi, metodi 
va elementi, metodining elementi sifatida ifodalayotganligini ko‗rsatmoqda. 
Byudjetlashtirishga boshqaruv hisobining ajralmas bir qismi sifatida 
qarayotgan olimlar fikrlariga qo‗shilish mumkin, chunki boshqaruv hisobida 
boshqaruv maqsadlari uchun haqiqiy ma'lumotlardan tashqari, prognozlashtiri-
ladigan ma'lumotlar va rejalashtiriladigan ko‗rsatkichlardan ham foydalaniladi. 
Shuning uchun ham byudjetlashtirish boshqaruv uchun o‗ta muhim bo‗lgan reja 
ma'lumotlarini yetkazib beruvchi quyi tizim sifatida paxta tozalash korxonalarida 
boshqaruv hisobining ajralmas qismi hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotga e'tibor qaratadigan bo‗lsak, ularda byudjetlashtirish 
boshqaruv hisobining tarkibiy qismi va yo‗nalishlaridan biri sifatida tashkiliy-
uslubiy ta'minlangan hamda amaliyotda qaror topgan. 
Tadqiqotlar byudjetlashtirishning tarixi uzoq ekanligini va buni eramizdan 
avvalgi 2500-2400 yillardagi qadimiy Misr hisobiga oid hujjatlar tasdiqlashini 
ko‗rsatmoqda. Byudjetlashtirish haqidagi ma'lumotlar dastlab, «Eski ital'yan 
buxgalteriyasi»da, keyinchalik XIX asrda Angliyada paydo bo‗lgan bo‗lsa-da, 
byudjet ilk bor 1912 yili AQShda tuzilgan. 1920 yillarga kelib, byudjetlar 
«DuPont», «General Motors», «ICI», «Siemens» kabi yirik sanoat kompaniya-
larida xarajat va tushumlarni boshqarish vositasi sifatida qo‗llanila boshlangan.


146 
Tadqiqotchilar O.V.Grinkevich, A.E.Ivannikovlar Rossiyada byudjetlashti-
rishni yuzaga kelishi va rivojlanishining 5 ta bosqichini ajratib ko‗rsatgan (9-
ilova). Ushbu ilovada byudjetlashtirishning yuzaga kelish tarixi uzoq davrni o‗z 
ichiga olsada, faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida to‗laqonli rivojlanganligi 
tavsiflangan.
«Byudjetlashtirish atamasi sobiq Ittifoqning iqtisodiy adabiyotlari va hisob 
tizimi amaliyotiga professor A.P. Rudanovskiyning tadqiqotlari orqali kirib kel-
gan». 
«Ilk marta rus tiliga tarjima qilingan korxonalarning xo‗jalik faoliyati
boshqaruviga byudjet yondashuvini bayon qilgan asar–fundamental kitob esa 
«Yuqori pog‗ona boshqaruv xodimlari uchun kurs» (M.Ekonomika, 1970. 807 b.) 
hisoblanadi. 
Shuni ham aytish kerakki, o‗tgan asrning 70-yillarida ushbu kitobning 
byudjet boshqaruvi masalalariga bag‗ishlangan bo‗limi mamlakatimiz 
mutaxassislari tomonidan qabul qilinmadi, chunki, u mamlakatimizdagi 
rejalashtirish va boshqaruv amaliyotidan tubdan farq qilardi. Hozirgi kunga kelib 
esa yuqoridagi kitob bibliografik jihatdan nodir bo‗lib qoldi».
An'anaviy byudjetlashtirish tizimi nemis va amerika maktablariga mansub. 
Jumladan, an'anaviy byudjetlashtirishning boshlang‗ich asoslari Teylorning 
qarashlari (fikr va xarakatlarning taqsimlanishi), Fordning qarashlari (doimiy ish 
vaqti, pul orqali rag‗batlar tizimi) va Sloanning qarashlari (ko‗rsatkichlar orqali 
markazlashgan boshqaruv) dan boshlangan.
Hozirgi kunga kelib, byudjetlashtirishning ahamiyati kun sayin ortib 
borayotganligi sababli iqtisodiy adabiyotlarda unga bag‗ishlangan turli qarashlar 
paydo bo‗lmoqda. Iqtisodiy adabiyotlar tahlili ularda byudjetlashtirish atamaci 
turlicha talqin qilinayotganligini ko‗rsatmoqda. Bizningcha ushbu atamani 
mohiyatini chuqur tushunib yetish uchun uning asosiy elementi - «byudjet»ni 
tadqiq etish kerak. 


147 
Bu sohada ko‗plab tadqiqotlar olib borilmoqda va turli nuqtai nazarlardan 
tadqiq etilmoqda. Masalan, tadqiqotchi Ye.R.Muxina byudjetni iqtisodiy, huquqiy, 
tashkiliy va moddiy nuqtai nazardan tadqiq etgan.
Ularni o‗rganish shuni tasdiqlamoqdaki, hatto, iqtisodiy adabiyotlarda 
byudjet atamasi o‗rniga reja va smeta atamalari ishlatilayotgan hollar ham uchrab 
turibdi. Bu holat byudjet atamasining ma'nosini tushunishda chalkashlik va 
tushunmovchiliklarga olib kelmoqda.
Byudjetlashtirish atamasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, ba'zi bir iqtisodchi 
olimlar «Rejalashtirish» va «Byudjetlashtirish» sinonimdir degan fikrni 
bildirmoqda. Biz bu fikrga qo‗shilmaymiz, chunki «Rejalashtirish»–harakatlarni 
rejalashtirish, «Byudjetlashtirish–esa natija (moliyaviy natija)ni rejalashtirish» 
demakdir. Byudjetlashtirishni rejalashtirishsiz joriy etish mumkin emas. 
Rejalashtirishning byudjetlashtirishdan asosiy farqi unda asosiy e'tibor oxirgi 
natijaga emas, balki rejalashtirish jarayoniga qaratiladi.
Ixtisoslikka oid adabiyotlar o‗rganilib, xorijiy va respublikamiz olimlarining 
byudjet va byudjetlashtirish terminlariga oid nuqtai nazarlari tadqiqotda bir tizimga 
solinib tadqiq etildi (10-ilova). Unga ko‗ra olimlar byudjet va byudjetlashtirish 
terminlarini zarurligi, mohiyati va ahamiyatini chuqur ochib berganligini ko‗rish 
mumkin. 
Korxonalar amaliyotini o‗rganish hozirgi kunda faqatgina biznes-reja 
tuzilayotganligini ko‗rsatdi.
Byudjetlashtirish biznes-rejadan farq qiladi va ma'lumotlarni ichki 
iste'molchilari (korxona rahbar xodimlari) uchun mo‗ljallangan. Shu sababli uning 
ma'lumotlari korxonaning tijorat siriga kiradi. 
Mamlakatimizga «byudjet» atamasi o‗tgan asrning 90-yillarida byudjetlash-
tirishga oid ingliz tilidagi iqtisodiy adabiyotlar tarjimasi orqali kirib keldi.
Byudjet atamasining ta'rifiga bevosita to‗xtaladigan bo‗lsak, iqtisodiy 
adabiyotlarda «Byudjet» atamasiga oid ko‗plab ta'riflar mavjud bo‗lib, ular 11-
ilovada
bir tizimga solingan. 


148 
Ilovani tahlil qilish shuni ko‗rsatmoqdaki, olimlar byudjetni turlicha: reja, 
rejaning miqdorlarda ifodalanishi, moliyaviy reja va jadval sifatida ta'riflamoqda, 
eng asosiysi juda batafsil ta'riflar ham mazkur atamaning ma'nosini to‗liq ochib 
bermayapti. 
«Byudjet» tushunchasi tor ma'noda xarajatlar smetasi, keng ma'noda esa 
ma'lum bir vaqt uchun rejalashtirilgan balanslashtirilgan daromad va xarajatlarni 
anglatadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqib, muallif tomonidan byudjet atamasiga 
quyidagicha ta'rif berish maqsadga muvofiq deb topildi: byudjet nafaqat daromad 
va xarajatlarning batafsil (detallashtirilgan) rejasi, balki moliyaviy risklarni 
hisobga olgan holda talablar va majburiyatlarni boshqarish, rejalashtirishning 
samarali vositasi hamda xodimlarni rag‗batlantirish tizimining asosi ham 
hisoblanib, korxonaning maksimal moliyaviy barqarorlik va moliyaviy 
samaradorlikka erishishi uchun shakllantiriladi va u asosida taktik hamda strategik 
qarorlar qabul qilinadi.
Shunday qilib, byudjetni buxgalteriya hujjati emas, balki boshqaruv hujjati 
deb hisoblash mumkin.
Byudjetlashtirish (inglizcha budgeting so‗zidan olingan) terminiga
to‗xtalsak, iqtisodiy adabiyotlarni tadqiq etish uzoq tarixiy ildizlarga ega bo‗lishiga 
qaramay, hozirgacha uning ta'rifi bo‗yicha ham yagona bir fikrga kelinmaganligini 
ko‗rsatmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda byudjetlashtirishga ko‗proq 
boshqaruv vositasi sifatida qaralayotganligi sababli unga oid ko‗plab asarlar 
yaratilmoqda. Bu esa byudjetlashtirishga oid ta'riflarni yanada ko‗payishiga olib 
kelmoqda. 
Iqtisodiy adabiyotlarda soha olimlari tomonidan «Byudjetlashtirish» atamasi 
turlicha ta'riflanayotganligi sababli, tadqiqotda mavjud nuqtai nazarlarni 
taqqoslama tahlili o‗tkazildi (12-ilova).
 
Tahlildan ko‗rinib turibdiki, har bir muallif byudjetlashtirish atamasining 
ta'rifiga ma'lum bir ulush qo‗shib, mazmuniga aniqlik kiritmoqda yoki 
to‗ldirmoqda. Barcha fikrlarning tutashgan nuqtasi byudjetlashtirish jarayonida


149 
korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat va tahlil jarayoni bilan uzviy bog‗liq 
bo‗lmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjetlashtirishga oid quyidagi mualliflik 
ta'rifi ishlab chiqildi: «Byudjetlashtirish rejalashtirish, hisobga olish, nazorat va 
tahlil qilish jarayonlarini bir tizimga birlashtiruvchi axborot tizimi bo‗lib,
boshqaruvning eng murakkab, muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi va 
istiqbolda ko‗zlangan maqsadlarni tizimli belgilash hamda ularga erishish uchun 
kerakli tadbirlarni ishlab chiqishni bildiradi».
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlar tuzish qiyosiy belgilari va 
mezonlariga ko‗ra turlicha tasniflanayotganligini ko‗rsatmoqda. Bizningcha, paxta 
tozalash korxonalarida byudjetlar tuzish shakllari tarmoq xususiyatidan kelib 
chiqib, quyidagi qiyosiy belgilari va mezonlariga ko‗ra tasniflansa maqsadga 
muvofiq bo‗ladi:

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish