110
―Olti sigma‖ - boshqaruv texnologiyasi bo‗lib, sifatni
yorrasiga boshqarish
falsafasidan biri hisoblanadi. U korxonani uzoq muddatli maqsadlarga erishishi
bo‗yicha kurashda (jami biznesning samaradorligini umumiy oshirish) agressiv
qisqa muddatli maqsadlar (yaroqsiz mahsulot va mijozlarning qoniqmaslik
darajasini kamaytirish)ni o‗z oldiga qo‗yishga asoslangan. ―Olti sigma‖
texnologiyasini
joriy etayotgan komraniyalar, birinchi navbatda, mijozlarning
qoniqish darajasi ko‗rsatkichini o‗lchashga, firmaning barcha bosqichlarida ish
sifatini uzluksiz oshirib borishga mo‗ljal olishadi.
Yagona maqsad –
mukammal ishlab chiqarish, servis va ma‘muriy
jarayonlarni joriy etishdir. Bu jarayonlarni joriy etish oqibatida firmaga 1 million
dona mahsulotdan yoki boshqaruv sohasidagi hodisadan 3-4 ta defekt yoki
shikoyat (da‘vo) kelib tushadi, xolos.
―O‗z vaqtida‖ yoki ―kanbanlar‖ boshqaruv texnologiyasi biznes logistikasi
va uni etkazib berish zanjirini ortimallashtirish imkoniyatini beradi. Bu rartiyalar
bo‗yicha rotokli ishlab chiqarishdan ishchilarni yorrasiga
sifatni nazorat qilishga
jalb qilgan holda uzluksiz ritmga ega bo‗lgan ommaviy ishlab chiqarishga o‗tish
bilan bog‗liqdir.
―O‗z vaqtida‖ boshqaruv texnologiyasi falsafasining asosiy qoidalari
quyidagilardir:
− material-ishlab chiqarish zaxiralarining har qanday qoldig‗i salbiy
holatdir, chunki mazkur qoldiq ―jonsiz mol‖ (deyarli foydasiz) hisoblanadi va
ularni omborda saqlash, o‗z
navbatida, qo‗shimcha xarajatlar talab qiladi;
− ishlab chiqarish qurilmalari buzilishi va to‗xtab qolishi deyarli bo‗lmasligi
kerak;
− yaroqsiz mahsulot aniqlanganda yoki butlovchi qismlar etishmaganda
ishlab chiqarish to‗xtatilishi kerak.
− ―Kanbanlar‖ ishlab chiqarish buyurtmalarining yaroncha kartasi hisob-
lanadi. Ularning bir necha turlari mavjud: R-kanban (R-Kanban) - tovar rartiyalari
sonini oshirish kerakligi haqida, S-kanban (S-Kanban) - bo‗lajak ish joyiga ko‗rroq
111
rartiya tovarlarni olib borish kerakligi haqida xabar beradi. Mazkur ishlab chiqarish
buyurtmalari kartalariga nisbatan quyidagi qoidalar joriy qilinadi:
− R - kanbanda ko‗rsatilganidan ko‗rroq hech narsa
qilinmaydi;
− bitta konteynerga aniq bitta R-kanban va bitta S-kanban to‗g‗ri kelishi
kerak;
− har bir konteyner standart o‗lchamda bo‗lishi kerak.
− Mazkur texnologiyani joriy etish ishlab chiqarishning har bir bosqichida
zaxiralar qoldig‗ini nazorat qilish, qurilma buzilishi natijasida
ishlab chiqarishda
to‗xtashlar bo‗lishi va agar biron-bir ish joyida to‗xtash yuz bergan bo‗lsa, butun
ishlab chiqarish jarayonini to‗xtab qolishining oldini olishni talab etadi.
―Cheklanishlar nazariyasi‖ (TOS) zamonaviy korxonalarning asosiy muam-
molaridan biri bo‗lgan ishlab chiqarish quvvatini bir maromda band bo‗lmasligi va
oqibatda ulardan samarali foydalanmaslik muammosini hal qiladi. Ba‘zi bir ishlab
chiqarish quvvatlari haddan tashqari band bo‗ladi, boshqalari esa etarli darajada
band bo‗lmaydi va bu holat oqibatda ortiqcha xarajatlar sarflanishiga yoki
ko‗zlangan foydaga erishilmasligiga olib keladi. Mazkur texnologiyani joriy
etishdan asosiy maqsad xuddi shunday salbiy holatni
aniqlash va bartaraf etish
hamda yakunda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilishiga
erishishdan iborat. Albatta, buning uchun mazkur jarayonni nazorat qilishga imkon
beruvchi ko‗rsatkichlar va ularning maqsadli ahamiyatini aniqlab olish kerak.
―Ko‗rsatkichlarning balanslashgan tizimi‖ (BSC yoki balanced scorecards)
1996 yilda rrofessor R. Kaplan va D. Nortonlar tomonidan ishlab chiqilgan. U
boshqaruv hisobini odatiy va an‘anaviy tasavvurlar doirasidan chiqishiga olib
keldi. Uning asosiy vazifasi korxonaning ko‗r miqdordagi maqsadlarini izohlash va
bir-biriga bog‗lashdan iborat. BSC kontsertsiyasi firmaning missiyasi, strategiyasi
va ularning ko‗rsatkichlarini maqsadlar tizimiga o‗tkazadi. Ularning ko‗rsatkichlari
quyidagi 4 ta proektsiyada tashkil qilinadi va ko‗rib chiqiladi:
−
moliya;
−
iste‘molchilar;
−
ichki biznes-jarayonlar;
112
− malaka oshirish va lavozimni o‗stirib borish (10-chizma).
Alohida olingan kompaniya uchun BSC kontsеptsiyasining tехnologik
tuzilishi quyidagi bir nеcha muhim elеmеntlarni o‘z ichiga oladi:
− stratеgik maqsadlar bilan mantiqan bog‗langan stratеgik vazifalar kartasi;
Do'stlaringiz bilan baham: