Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tayanch so‟zlar va iboralar



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/110
Sana15.11.2022
Hajmi2,15 Mb.
#866542
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

Tayanch so‟zlar va iboralar 
Mahsulot, tannarx, kalkulyatsiya, normativ usul, jarayonli usul, buyurtmali 
usul, to‘liq tannarx, ―Standart-kost‖, ―Dirеkt-kosting‖. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Mahsulot tannarxi nima? 
2.Mahsulot tannarxini hisoblashda kalkulyatsiya birligi ahamiyati nimada? 
3.Kalkulyatsiya birliklari qanday tavsiflanadi? 
4.Kalkulyatsiya ob'еktlari dеganda nimani tushunasiz? 


98 
5.Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullarini aytib bеring? 
6.Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish normativ usulini mohiyati 
nimadan iborat? 
7.Kalkulyatsiya qilishni buyurtmali usuli qanday usul? 
8.To‘liq tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi qanday aniqlanadi? 
9.―Standart-kost‖ hisob tizimining mohiyati nimadan iborat? 
10.―Dirеkt-kosting‖ hisob tizimini afzalliklari nimadan iborat? 
 
 
 


99 
IV-BOB. Boshqaruv hisobiga yo„naltirilgan yangi texnologiya va 
innovatsiyalar 
 
4.1. Boshqaruv hisobini takomillashtirishning asosiy omillari va 
yo„nalishlari 
Hozirgi kunda boshqaruv tizimida boshqaruv hisobining amal qilishi oddiy 
holga aylanib qoldi. Ishlab chiqarish tizimi va texnologiyalari rivojlanishi, 
menejment nazariyasi va amaliyotining takomillashtirilishi bilan mavjud 
boshqaruv hisobini takomillashtirish va sifatini oshirishga ham ehtiyoj 
tug‗ilmoqda. So‗nggi yillarda boshqaruv hisobini rivojlantirish-ga bag‗ishlangan 
V.B. Ivashkevich, V.F. Paliy, M.A. Vaxrushina, A.D. Sheremet, V.I. Tkach va 
boshqa shu kabi taniqli olimlarning ko‗rlab asarlari chor etildi.
Mazkur asarlarda boshqaruv hisobi tizimining rivojlanishini belgilab beruvchi 
asosiy omillar quyidagicha belgilangan: 
− strategik rivojlantirish va rejalashtirishga yordam berish; 
− investitsion loyihalar, yangi biznesni sotib olish va yangi mahsulotni ishlab 
chiqarish kabi sohalarda qarorlar qabul qilishga yordam berish; 
− baho va baholash bo‗yicha qarorlar qabul qilish; 
− bozorning xo‗jalik faoliyati haqidagi haqiqiy va prognoz qilinadigan 
ma‘lumotlarga ortib borayotgan ehtiyojini qondirishga tayyor turish zarurati; 
− alohida olingan har bir biznes turining kelgusida rivojlanish yo‗nalishlari 
bo‗yicha puxta o‗ylangan va asosli qarorlar qabul qilish uchun biznesning turli 
yo‗nalishlari faoliyatidagi qiyosiy natijalarni anglash zarurati. 
Olimlarni boshqaruv hisobi kelajakda strategik boshqaruv hisobi va 
boshqaruv tahlili yo‗nalishlari bo‗yicha rivojlanishi haqidagi fikriga qo‗shilish 
mumkin. Chunki boshqaruv hisobi tizimida rahbariyat uchun strategik boshqaruv 
hisobi va ichki boshqaruvchilar uchun tezkor boshqaruv hisobining ajratilishi yangi 
va kelgusida yanada rivojlanadigan soha bo‗lib hisoblanadi.
―Strategik boshqaruv hisobi‖ atamasi XX asrning 80-yillarida AQSh va 
G‗arbiy Evrora mamlakatlarida paydo bo‗lgan, biroq u davrda keng 


100 
qo‗llanilmagan. Strategik boshqaruv hisobiga oid bahslar 90-yillarga kelib 
boshlan-gan. 
Mamlakatimizda esa strategik boshqaruv hisobi deyarli mavjud emas. Biroq, 
uning ba‘zi metod va yondashuvlari amaliyotimizda qo‗llanila boshlandi. Strategik 
boshqaruv hisobi kelajakka yo‗naltirilgan bo‗ladi va unga hozirgi kunda boshqaruv 
hisobining ahamiyatini oshirishga olib keluvchi rivojlanishning samarali 
yo‗nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Shu tariqa, strategik boshqaruv hisobi strategik menejmentning axborotga 
bo‗lgan ehtiyojini ta‘minlash vazifasini bajaradigan hisob-analitik tizimni 
ifodalaydi. Strategik boshqaruv hisobining axborot bazasi korxonani boshqaruv 
strategiyasiga muvofiq shakllantiradi.
Strategik hisob boshqaruv hisobining ilmiy nazariyasi-ga quyidagi 
tushunchalar kirib kelishiga sabab bo‗ldi:
– kelajakni aniqlash–komraniyani 5-10 yilga mo‗ljallangan faoliyatining eng 
muhim taraflarini aks ettirish:
– mijoz «portret»i; 
– mahsulotlar xarakteristikasi; 
– eng muhim qiymatliklar va h.k.; 
– missiya–faoliyatdan ko‗zlangan natijalarni amalga oshi-rish; 
– strategiya – bu joriy holatdan to kelajak natijaga erishish-gacha bo‗lgan
belgilangan harakat yo‗li; 
– ko‗zlangan holat korxonaning missiyasi va kelajakni ko‗ra bilishi bilan 
harakat yo‗li esa harakat rejasi va maqsad tizimi orqali aniqlanadi;
– ishlab chiqilgan rejaga asoslanib maqsadli harakatni boshlash va 
strategiyani amalga oshirish mumkin; 
–strategik maqsadlar bu komraniyani rivojlantirishning miqdor yoki sifat 
mo‗ljallari;
– ular mavjud missiya, kelajakni ko‗rish, tarmoqning strategik tahlili 
natijalari, raqobatni darajasini, mavjud mablag‗lar va raqobat imkoniyatlarini 
baholash asosida ishlab chiqiladi; 


101 
– maqsadlar SMART printsirini qondirishi, u aniq bo‗lishi, o‗lchanadigan,
aniq bir harakatga yo‗naltirilgan bo‗lishi, erishish mumkin bo‗lishi va ma‘lum bir 
vaqt intervallariga to‗g‗ri kelishi kerak; 
– strategik reja umumiy olib qaraganda faoliyat yo‗nalishini aniqlaydi va oz 
miqdordagi aniq ma‘lumotlar asosida umumiy maqsadlarni ifodalaydi (3-chizma). 
Strategik reja doirasida yillik reja tuziladi. Mazkur reja bo‗lg‗usi yil uchun 
maqsadlarni belgilaydi va nazorat ko‗rsatkichlarini shakllantiradi hamda 
bo‗linmalar uchun kerakli mablag‗lar miqdorini belgilaydi. Yillik reja oylik 
byudjetni tuzishda mo‗ljal olish kerak bo‗lgan limit va me‘yorlarni o‗rnatadi. 
Korxonalar tezkor rejalashtirish doirasida shartnoma va to‗lovlarni boshqaradi.
Strategik rejalashtirishda xarajat, baho, talab, moliyaviy holat va tannarx 
haqidagi ma‘lumotlarga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Raqobatchilar haqidagi haqqoniy, mazmunli va foydali ma‘lumotlarni olish 
muammosi 
doim bo‗ladi. Boshqa kompaniyalarni xarajatlari haqidagi 
ma‘lumotlarni rasmiy va qonuniy manbai mavjud emas, hatto e‘lon qilinadigan 
hisobot ma‘lumotlaridan ham tahlilda foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‗lish 
kerak. Ma‘lumotlar biron-bir biznesga nisbatan olingan bo‗lishi mumkin, 
komraniyani o‗zida esa mahsulot hajmi, baho va xarajatlarning o‗zaro bog‗liqligini 
yaxshi biladigan moliyaviy eksrertlar etarli bo‗lishi lozim. Asosiy maqsad har bir 
raqobatchi bo‗yicha ma‘lumot bazasini tuzishdan iborat. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish