Geografiya fanida masala va mashqlarni yechish usullari
5-sinf geografiya darsligida mashq va masalalarni o‘rganishga uncha ko‘p soatlar ajratilmagan. (Darslikning 12-29 -darslarda amaliy ish berilgan). Shuningdek, geografik masalalar bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ham yetarli darajada emas. Shuni inobatga olib, geografiya darslarini, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda hech shubhasiz geografik masalalar bajarishga ko‘proq e‘tibor qaratilsa, bu ijobiy samara beradi deb o‘ylayman. Geografik mashq va masalalar o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirishga, amaliy ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.
Geografik mashq va masalalarga o‘quvchilarni dars jarayonida “Oddiydan murakkabga” usulini qo‘llagan holda oddiy ishlardan sekinlik bilan murakkab topshiriqlarga o‘rgatib borish zarur. Misol uchun: geografik mashq va masalalarni yangi mavzuni tushuntirish, bilimlarni mustahkamlash yoki alohida olingan butun dars davomida ham o‘tkazish mumkin.
O‘qituvchi darslikning „Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va kattaligi“ mavzusi materiallarini o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida „Qaysi biringiz shaxmat o‘ynashni bilasiz?“ savoli orqali murojaat qilib, (O‘quvchi javobi - shaxmat taxtasi 8 ta katakka bo‘linganini, vertikal qatorlar lotincha harflar bilan, gorizontal qatorlar raqamlar bilan belgilanganligini, har bir dona qaysi katakda ekanini aytish mumkin, farzin a3 katakda turibdi deyishsa, demak farzin bo‘ylama birinchi qator bilan ko‘ndalang uchinchi qator kesishgan katakda joylashgan bo‘ladi) o‘qituvchi geografik kenglik va geografik uzunlikni aniqlashni oddiy usul yordamida tushuntirish mumkin. Misol uchun: yarim sharlar xaritasiga nazar tashlasak, parallel va meridian chiziqlar kesib o‘tganini ko‘rish mumkin. Bu chiziqlarning hammasi o‘z belgilariga ega. Masalan, xarita va globuslarda ekvator 00 ni, ekvatordan shimoldagi 1-parallel 100 ni, 2-parallel 200 ni bildiradi va h.o. Ekvatordan Janubdan o‘tkazilgan parallellar ham shunday graduslar bilan belgilangan. Bu raqamlar joyning geografik kengligini bildiradi. Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligi geografik uzunlik deb ataladi. O‘quvchida yuqorida qayd qilingan ma’lumotlardan foydalanib, Toshkent shahrining 410 parallelda va 690 meridianda joylashganligini aniqlaydi va boshqa geografik kenglik va uzunlikka oid topshiriqlarni mustaqil yecha olish ko‘nikmasi shakllanadi.
Yoki o‘qituvchi tomonidan quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |