O’zbekiston islom madaniyatining nafaqat mintaqadagi, balki dunyodagi asosiy markazlaridan biri bo’lishi bilan birga, uning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashdagi mavqei e’timodli ekani xorijiy taxdilchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. Mintaqada yuzaga kelgan bugungi vaziyat ham mamlakatimizning shunday salohiyatini namoyon qilishni talab etmoqda. Uchinchidan, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan. Ammo bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmaydi. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o’z mavqeiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |