Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asosi:
Bitiruv malakaviy ish zamirida ayni ilmiy konsepsiya, manbalarga, ilmiy
adabiyotlarga tarixiy haqiqat asosida yondashuv bo`lib,unda ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar, tarixiylik, adolatlilik, halollik tamoyillariga tayangan holda ish tutiladi
va tadqiqot tahlil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning milliy mafkura,
ma`naviyat hamda tarixga, tariximizga oid fikr mulohazalari, O`zbekistonning
ko`hna va boy tarixiga oid qarashlari, haqiqiy tariximizni yoritish va tahlil qilish
haqidagi fikrlari, Respublikamizning bir guruh tarixchi olimlari bilan
uchrashuvidagi ta‘kidlagan fikr mulohazalari tadqiqotning nazariy asosini tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |