Quyida biz bu davr tarixi, aniqrog‘i Sharq xalqlari tarixi, fani va madaniyati
bilan shug`ullangan bazi xorijiy va mahaliy tadqiqotchilarning asarlari haqida
renessansi‖asari bilan mutaxasislarga yaxshi tanish. Uning kitobi bir necha
tillarga, xususan, rus va arab tillariga ham tarjima qilingan.Mazkur asar IX-X
bag`ishlangan, va umuman, u IX-X asrlardagi Sharq fani va madaniyatini
asrlarning Musulmon Sharqidagi uyg`onish (renessans) davri ekanini ko`rsatishga
qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental tadqiqot
6
O`rta asr Sharq xalqlari madanioyatini o`rganishda avstraliyalik Gustav fon
Gryunebuamning xizmatlarini eslash joiz: Uning 1970 yili Londonda nashr etilgan
―Klassik islom‖ kitobida sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga doir muhim
ma`lumotlar aks etgan. Muallif qalamiga mansub ―Zamonaviy islom: madaniy
o`zlikni anglash bo`yicha tadqiqotlar‖ hamda uning rahbarligi va bevosita ishtiroki
natijasida yuzaga chiqqan to`plamlardan. ―Musulmon sivilizatsiyasida umumiylik
va har xilliklar`` ham muhim ahamiyatga ega.
Amerikalik mashhur fan tarixchisi Jorj Sartonning ―Fan tarixiga kirish‖
nomli fundamental ishi qimmatli ma`lumotlarni o`zida mujassam etgan. Asarda
o`rta asr fani rivojiga o`z xissasini qo`shgan ko`pgina olimlar va tarjimonlar
ijodiga keng o`rin berilgan.
Maks Meyerxofning ―Fan va tabobat‖ nomli maqolasida o`rta asr sharq
xalqlari madaniy taraqqiyotining dolzarb masalalariga to`xtab o`tiladi.
Yana bir ingliz olimi Donald Xill IX asr poytaxt – Bag`dodda fan va
texnikada yuz bergan muhim jarayonlarni tahlil qilgan.
So`nggi yillarda yaratilgan ―Abbosiylar davridagi arab adabiyoti, dini,
ta`limi va fanining Kembrij tarixi‖ va ayniqsa ― Arab fanlari tarixi bo`yicha
ensiklopediya‖ kitoblarini muhim tadqiqotlar sirasiga kiritish mumkin. Ularda
Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalari, xususan, Abbosiylar davridagi
fan va madaniyat tarixiga oid eng muhim masalalar o`z yechimini topgan.
Umuman olganda, IX-XI asr fani va madaniyatini o`rganishda A. Braun,
F.Vyustenfeld, A.Kremer, O. Sayili, G.Le. Strenj, D. Surdel, R. Morelon, J.Saliba,
D.King, E. Kennedi, G. Xudonard-Roshe, R.Rashed, Mariya- Tereza Debarxot,
Donald Xill, J. Anavati, E.Savaj-Smit, F. Mishe, Mahdiy Muhsin kabi xorij
olimlarining asarlari, tadqiqotlari asosiy vazifani o`taydi.
O`rganilayotgan davr siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-madaniy hayotdagi
yuksalish masalalari Rossiyalik sharqshunoslardan V.V. Bartold, O.G.Bolshakov,
B.A. Rozenfeld, I.Yu.Krachkovskiy, Ye.E. Bertels, A.B. Xalidov, A.P.
Yushkevichlarning asarlarida o`z ifodasini topgan.
7
Mazkur tadqiqotga oid arab tilidagi izlanishlar orasida Jurji Zaydonning
―Islom sivilizatsiyasi tarixi‖, Hasan Ibrohim Hasanning to`rt jilddan iborat
―Islomning siyosiy, diniy, madaniy va ijtimoiy tarixi‖ Said ad- Diyujiyning ― Bayt
al- hikma‖ ,Ahmad Farid ar-Rifa`iyning ― Al -Ma`mun davri‖ , Said ash-
Shahhat Zag`lulning ― Suryoniylar va musulmon madaniyati‖ , ―Qadriy Hafiz
Tukanning Riyozist va falakiyotga doir arab ilmiy merosi‖ , Abd al- Mun`im
Majidning ―Musulmon sivilizatsiyasining o`rta asrlardagi tarixi‖ , Muxammad
Abd ar-Raxmon Marhabanning ―Arab fani tarixi bo`yicha to`plam‖va Hidr
Axmad Ataullohning ― Abbosiylar davrida ― Bayt al-hikma‖ kitoblarini alohida
aytish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: