2.3.Sharq dunyosining buyuk allomalari
Abu Nasr Muhammad Forobiy 873 yili Sayxun (Sirdaryo) qirg‘og‘idagu
Forob-O‘tror degan joyda (ba‘zi kitoblarda Vosinch qishlog‘ida) turkiy
qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Boshlang‘ich
ma‘lumotni o‘z yurtida olgach, Shosh (Toshkent), Samarqand, Buxoroda o‘qigan.
Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan.
Keyin bir qancha muddat Bag‘dodda yashab, al-Mutaddil (870-902), al-
Muqtafiy (902-908), al-Muqtadir (908-932) xalifaliklari davrida O‘rta asr fani va
ilmining turli sohalarini o‘rganadi, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur
tanishadi. Taxminan 941 yildan Damashqqda yashay boshlagan, Halabda ijod
qilgan. Jahon madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan mutafakkir Forobiy tabiiy
va ijtimoiy bilimlarning qariyb barcha sohalari bilan shug‘ullangan va 160 dan
ortiq asar yaratgan. «Substansiya haqida so‘z», «Qonunlar hakida kitob», «Jon
(rux)ning mohiyati haqida risola», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Hajm
va miqdor haqida», «Musiqa xaqida katta kitob», «Hayvon a‘zolari haqida so‘z»,
«Fozil shahar odamlari» shular jumlasidandir.
62
Forobiy bulardan tashqari, o‘zidan oldin o‘tgan yunon mutafakkirlari,
jumladan, Aristotel asarlariga yozgan sharhlari bilan ham shuhrat qozongan va
«Muallimi soniy»- ikkinchi muallim, «Sharq Arastusi» unvonlariga sazovor
bo‘lgan. Gap shundaki, Forobiy o‘z salafla-rining asarlariga shunchaki munosabat
bildirib, tushuntirib bermagan, balki ularning ayrim qarashlarini inkor etgan,
fikrlarini to‘ldirgan.
Abu Nasr bobomiz «Fozil shahar ahlining ra‘ylari», «Fuqarolik siyosati»,
«Baxt-saodatga erishuv haqida» kabi risolalarida o‘zining ijtimoiy qarashlarini
bayon qilgan. Inson jamoasining o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari
asosida vujudga keladigan o‘zaro yordam, birlashuv natijasida paydo bo‘lishini,
bunday jamoaning sinalgan shakli shahar ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan
asoslashga harakat qilgan ulug‘ mutafakkir butun insonlarni o‘zaro hamkorlikka
chaqiradi, jahonda yagona odamlar jamoasi tuzilishini orzu qiladi. Davlatning
vazifasi fuqarolarni baxt-caodat manziliga eltishdan iboratdir, bu esa ilm va xush
axloq yordamida vujudga keladi, deb hisoblaydi. Olim, shuningdek, hukumatni
boshqarishning saylovga, ya‘ni demokratiyaga asoslangan shakllari, tizimlarini
tavsiya qiladi, har jihatdan yetuk, yurti ma‘mur, eli farovon, xalqi yoppasiga ilm-
ma‘rifatli jamiyat to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari suradi. Forobiyning dunyo
ahamiyatiga molik ayrim asarlari XII asrdayoq bir qancha Ovrupo tillariga tarjima
qilingan.
Qomusiy olimning ilm-fanning umumiy masalalariga, inson bilish
faoliyatining falsafiy omillariga, shakllari va bosqichlariga, mantiq ilmining
tabiati va sirlariga, hisob- al-jabr, falakiyot, handasaga,fizika, kimyo, tibbiyot,
biologiyaga, tilshunoslik, ijtimoiy-siyosiy muammolar, davlatni boshqarish
masalalariga, tarbiya va axloq-odob, hukukiy bilimlarga, murabbiylik
ta‘limotlariga bag‘ishlangan va boshqa yo‘nalishlardagi tadqiqotlari, hech
63
shubhasiz mazkur sohalar rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatgan va hali-hamon ularning
qimmati, ahamiyati yuksakdir
31
.
Ko‘p tillarni, jumladan, g‘oyat murakkab arab lisonini milliy
mutaxasslardan xam puxtarok biladigan, asli turkiy millatga mansub Forobiy faqat
ilm bilan shug‘ullanib qolmay, ana shu til, shuningdek, mantiq asoslari bo‘yicha
arabiy madrasalarda muallimlik qilib, ma‘-ruzalar o‘qigan.
Forobiy o‘z bilimlari, ilmlarini mukammallashtirish maqsadida umrining
oxirida xam tinib-tinchimagan, qo‘nim bilmagan. Ma‘lum muddat Misrda
yashagan, keyin yana Damashqqa qaytgan va 950 yili, yetmish uch yoshida shu
yerda vafot etgan.
Dunyo tan olgan donishmand, shoir, adabiyotshunos, musiqashunos
Forobiyning fe‘li-a‘moli, hayot tarzini ifodalaydigan bir alomat misolni hayrat
bilan naql qiladilar. Olim Xalabda yashagan davrida ilmu fan kishilari zahmatini
qadrlaydigan shahar hokimi Sayfutdavla unga davlat hisobidan kattagina maosh
tayinlagan ekan. Forobiy maoshning bir qismini - kundalik tirikchiligiga kifoya
qiladiganini olib, qolganini qaytarar ekan. Shaxsning nihoyatda halol,
olijanobligidan, o‘ta kamtar va xokisorligidan va ayni vaqtda behad buyukligidan
dalolat bo‘lgan bu dalil hozirgi zamon nuktai nazaridan qaraganda xalq
rivoyatlariga, ertakka o‘xshaydi.
Forobiy inson aqlining bilish qobiliyatlarini aniqlashga intilib, uning
mantiliy tuzilishini batafsil tahlil qiladi. Shuni aytish kerakki, ruxoniylar mantiq,
bilan shug‘ullanishni keskin man etar, uni o‘rganish dindan chekinishga olib
keladi deb hisoblardilar. Forobiyiing bilish haqidagi ta‘limotida aql masalasiga
keng o‘rin berilgan. U aqlni borliq mohiyatini bilishning muhim va asosiy vositasi
deb hisoblaydi. Aql muammosini talqin qilishda ko‘plab qiziqarli va to‘g‘ri
qoidalar va farazlar bilan bir qatorda mistik va teologik narsalar ham uchraydi.
Biroq,o‘rta asr uchun xarakterli bo‘lgan faqat Forobiyda emas, balki undan
keyingi mutafakkirlarda (Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqalar) ham uchraydigan
31
Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 15-bet.
64
dunyoviy rux va dunyoviy aql, ularning o‘lmasligi haqidagi ta‘limot umuman
mistik-idealistik bo‘lgani holda teologik kategoriyalar shaklida ifodalangan
qimmatli fikr-ratsional mag‘izga ham egadir. Dunyoviy rux va dunyoviy aql
individual rux va aqlniig paydo bo‘lishi va rivojlanishining sababi deb qaraladi va
oqibatda individual rux va aql tananing o‘lishi va yo‘q bo‘lishi bilan yuqolib
ketmaydi, balki dunyoviy rux va aql bilan qo‘shiladi. Insonning ruxi va aqli
abadiylikka ketadi, biroq hech qachon qaytib kelmaydi va qayta namoyon
bo‘lmaydi. Ular tanani tark etib, guyo bir butunlikka birlashadi va har bir rux va
aql hayotiyligida orttirgan barcha ma‘naviy narsalar to‘planib hamisha barhayot
dunyoviy rux va aqlni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |