Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


II-Bob:Arab-musulmon madaniyatining jahon tarixida tutgan o’rni



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana18.09.2021
Hajmi0,54 Mb.
#177962
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni

II-Bob:Arab-musulmon madaniyatining jahon tarixida tutgan o’rni 

2.1.Arab-musulmon  madaniyatining  vujudga  kelishi,  madaniyatning 

ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni 

 

XII-XIII asrlarda   Movarounnahr,    Xuroson   va Eronga olamshumul va 

keng qamrovli madaniyat, ilm-fan, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, badiiy fikrning 

rivojlanishi,  yuksak      darajada      ko‘tarilishi      uchun bir qancha  kulay  tarixiy  va 

ijtimoiy-siyosiy  shart-sharoitlar  mavjud  edi.  Bir  tomondan,  ma‘lumki  xalifa 

davrida  markazda  aql  va  idrok  tarafdorlari,  kadariylar,  mutaziliylar, 

tabiatshunoslar,  erkin  fikrlovchi  olimlar,  faylasuflar,  bidьatchi  mazxablar 

tarafdorlari rasmiy diniy mafkuraning ta‘qibiga uchragan edilar.  Mutavakkilning 

maxsus  buyrug‘i  bilan  avval  Qur‘on  nurrisidagi  har  qanday  bahslarga  chek 

qo‘yilgan  bo‘lsa,  keyinchalik  Qur‘onni  yaratilgan  deyishga  jur‘at  etadigan  har 

qanday kishi kofir va o‘limga mahkum deb e‘lon qilingan edi. Arastu falsafasiga 

tabiatshunoslik  fanlari  va  mantiqni  o‘rganishga  qarshi  qaratilgan  edi.  Bu  fanlar 

ilohiyotchilar  fikricha  mutaziliylar,  tabiatshunos  olimlar  va  faylasuflarning  diniy  

mavqeyidan  turib  talqin  qilishlarining  va  erkin  fikrlilikning  kuchayishining  bosh 

sababchilari  edi.  Shuning  uchun  ham  ular  Arastu  va  uning  musulmon 

izdoshlarining falsafa, mantiqqa doir asarlarini, sharh va tadqiqotlarini yig‘ishtirib 

oldilar,  omma  oldida  namoyishkorona  yengdirdilar,  ularning  o‘zlarini  ta‘qib  va 

quvg‘in  qildilar,  zindonlarga  tashladilar.  Diniy  mazhablar,  falsafiy  ta‘limotlar 

bilimdoni      Shaxrizuriy      bunday  deb  yozadi:    "Falsafa  -      bu  buzilish      va   

aqlsizlik  manbaidir,  oqyalik  va  adashishiiing  asosidir,  dindan  chiqaradigan  va 

bid‘atga  yuz  to‘tiladigan  joydir.  Mantiq  esa  falsafa      ostonasidir,  yomonlik   

ostonasi  yomonlikdir

14

.  Shuning  uchun  ham  uni  o‘rganish  va  undan  ta‘lim 



berishga qozikalom tomonidan ruxsat yo‘q. Mantiq so‘zlaridan shariat asoslarini 

o‘rganishda  foydalanish  esa  kechirib  bo‘lmaydigan  qabihlikdir...  Sulton 

musulmonlarni  bu  shaytonlarning  yomonligidan  himoya  qilishi,  ularni 

                                                 

14

 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 13-bet. 




 

31 


maktablardan  chetlashtirishi,  surgun  qilishi,  ularning  hunari  bilan  kimki 

shug‘ullansa,  ja‘zolanishi  kerak,  agarda  kimda-kim  faylasuflar  aqidalariga 

ochiqdan-ochiq  e‘tiqod  qilsa,  ularni  o‘ldirish  yoki  bo‘ysinishga  majbur  qilish 

kerak,  toki  ularning  fanlaridan  asar  qolmasin".  Shu  davrlardan  boshlab,  xalifalik 

markaziy nohiyalaridagi madaniyat, ilm-fan, falsafa, dunyoviy adabiyot va san‘at 

ahli,  me‘morlar,  muhandislar,  hattotlar,  hunarmandlar  tohiriylar,  safforiylar, 

somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr,   Xuroson   va Eronga ko‘cha 

boshladilar. 

Boshqa tomondan   esa, nisbatan mustaqil siyosat yurgazayotgan tohiriylar,    

saffariylar va somoniylar ba‘zi tushunarli siyosiy va mafkuraviy mulohazalar bilan 

madaniyat,  ilm-fan,  falsafani  rivojlantirish,    hind,          Yunon  fani,        falsafasidan     

tarjimalar  qilish,  qo‘lyozmalar  ko‘chirtirish,  ularga  oid  tadqiqotlar      yozish, 

rasadxona  va  xastaxonalarda,  kimyogarlarning  tadqiqotlar  va  tajribalar 

o‘tkazishlari uchun har tomonlama shart-sharoitlar  yaratib berish, bu ishlar bilan 

shug‘ullanadigan kishilarni har tomonlama pag‘batlantirishga imkon berdilar. Ular 

diniy-falsafiy,  bidьatcha  maslahatlar,  mazhablar  va        oqimlarga  nisbatan  sabr-

toqatlilik, betaraflik, keng fikrlilik, kelishuvchilik  va hatto  xayroxohlikdan iborat 

"ma‘rifatparvar hokimi mutlaq" siyosatini yurgizar edilar.  

Tohiriylar  sulolasining  asoschisi  Xalifalik  markaziy  armiyasining  Bosh 

qo‘mondoni      Amir  Tohir  ibn  al-Husayn  o‘z  o‘g‘li  mamlakati,  davlati  va  xalqi 

farovonligi,  madaniyati,  ma‘rifati,  ravnaqi  yo‘lida  ilm-fan,  falsafa  bilan 

shug‘ullanish ma‘lumot olishning barcha eshiklarini barchaga barobar   qilib ochib 

qo‘yishni  maslahat  beradi.  "Olimlar  bilan  ko‘prok  birga  bo‘l,  ular  bilan 

maslahatlashib  tur  va  doimiy  muloqotda  bo‘l-  deb  yozadi  Tohir  o‘z  o‘g‘liga.    

Umuman  mazkur  vasiyatnoma  arab-musulmon  madaniyatining  o‘ziga  xosligini, 

bu madaniyatning ijtimoiy   zaminlari   aholining juda keng qatlamlari, tabaqalari 

hayoti, turmush tarzi va ruxiy olamini qamrab olganligini, uni aks ettirishi, undan 

kelib chiqishi, unga   bog‘liqligi, ratsionalizm va insonparvarlikning eng oliyjanob 

ezgu, ma‘naviy qadriyatlar sifatida yuksak   nufuzga   ega ekanligini, ilm-fan va 



 

32 


insonning   erkin irodasi va aqliga sig‘inish bilan, maktab, madrasa   tahsilining 

nihoyatda  dunyoviy  va  demokratiik  ma‘rifatparvarlik,        insonparvarlik     

yo‘nalishiga  ega  ekanligi,  yuksak  nazariy  va  metodik      darajada  tashkil 

etilganligini yaqqrl ko‘rsatadigan daqiq   bir tarixiy  hujjatdir. 

Amir  Tohir  o‘z  o‘g‘li  Abdullohga  samimiy  bir  mo‘min  musulmon   

bo‘lishini,        Olloh      ta‘lo  Qur‘onda  va  Rasul  akram  Muhammad  s.    a.  v.  ning 

Hadislardagi ko‘rsatmalariga sidqidillik bilan ri‘oyat   qilishni uqdiradi.  Va ayni 

paytda  podshoman  deb  kekkayish",  -  "menga  hokimi  mutlaqlik  ato  qilingan, 

mening amrim vojib, xohlaganimni qilaman" - deb o‘zingdan   ketishdan o‘zingni 

saqla degan o‘gitni beradi. "Ayniqsa beva-bechoralar, haksiz soliqlar borasida o‘z   

arz-dodini   senga yetkazsh yo‘lini   topa olmaydiganlar, ojizu-notavon, zabunlar, 

o‘z  haqin  qanday  ajratib  olishni  bilmay  yurganlar  xolidan  xabardor  bo‘l... 

Baxtsizlikka duchor bo‘lgan yetim-yesir, bevalar   haqida   g‘amxo‘rlik qil, ularga 

davlat  xazinasidan  maosh  tayin  qil.    Kasallarga  ular  orasida  Qur‘onni  yaxshi 

biladigan,  uning  ko‘p  poralarini  yod  olganlarga  davlat  xazinasidan  nafaqa  puli   

ber.    Og‘ir  xastalikka  duchor  bo‘lgan  musulmonlarga  alohida  boshpana  uylar 

bergin.  Ularga  qarab  turadigan  kishilarni  va  ularning  kasallarini  davolaydigan 

ularning barcha injiqliklarini ko‘taradigan va ado qila oladigan tabiblarni tayinla, 

zero  bu  ishlar  davlat  xazinasini  sovurish  va  isrof  bo‘lishiga  ol  yezovtaliklar 

keltiradi, uning tinchligi, oromi va osoyishtaligining buzilishiga olib keladi.  Biroq   

bu   dunyoda xayrli ish qilish burchini unutmagan, va buning   uchun   u   dunyoda 

qanday-savob kuta olishni   yaxshi  bilganligi   tufayli adolatni amalda ro‘yobga 

chiqaruvchi  bilan  faqat    taqvodorlik  qilayotgan  va  shu  bilan  Olloh  ta‘olo  ib 

kelmaydi


15

Demak, Amir Tohir, eng xudojuy ish taqvodorlik, uzlatga ketish zmas, balki 



jamiyatda  adolat  o‘rnatish,  xalqqa  g‘amxo‘rlik  qilish,  yer  yuzidagi  hayotning 

mohiyatini insonparvarlik nuqtai-nazaridan   tushunishni hamma  narsadan yuqori 

qo‘yadi.    Shunisi  xayratli  va      ibratomuzki,  Amir  Tohir  o‘zining  arab 

                                                 

15

 Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 15-bet. 




 

33 


xalifaligining markaziy hokimiyatga qarshi zimdan olib borgach qarshi siyosatini 

yurgizishda  o‘z  xalqi  unga  qanday      madad      berganligini  doimo  yodda 

chiqarmagan.  Shuning  uchun  ham  u  xalqning  ahvolini  qisman  yengillatish  bilan 

cheklanmasdan  jamiyat,  davlatning      ravnaqi  xalqning  naqadar  emin-erkin 

yashashida  boyib-kuchayib,          gullab-yashashi  uchun  sharoit  yaratib  berishida, 

uning  malumot  darajasini  ko‘tarishida,  maktab,  madrasa,  ilm-fan,        ma‘rifat   

eshiklarini aholining barcha tabaqa,    qatlamlari   uchun lang ochib qo‘yishidadir, 

degan  uzoqni  ko‘zlagan  xulosaga  keladi.,,  Ilm-fan  eshiklarini  xoslarga  ham, 

omilarga      ham  birdek  ochib  qo‘yish  lozim,  ilm  fanning  o‘zi    johillar  qo‘lida 

qolmagay - degan edi ma‘rifatparvar amir. 

Amir  Tohir  vasiyatnomasi  podshozodalar  uchun  istisno  xolni  ifodalamay, 

o‘sha  davr  jamiyatida  ma‘rifat,  bilim  olish  ilm-fan  bilan  shug‘ullanishga  intilish 

jamiyatning  ancha-muncha  keng  qatlamlari  uchun  hayotiy  zaruriyatga 

aylanganligini,hatto aholining anchayin nochor, masalan beva-bechoralar ham ilm 

olishga  intilganliklari  va  eng  muhimi  o‘sha  davr  jamiyati  sharoitlarida  bunga 

moddiy va boshqa imkoniyatlar topa olganligini ham ifodalaydi. Akademik V. V. 

Bartolьd o‘zining "Mo‘g‘illar bosqini davridagi Turkiston" nomli mashhur asarida 

yuqoridagi  masalaga  o‘rta  asr  manbalari  asosida  batafsil  to‘xtalib,  qishloqda 

yashovchi bir bevaning ikki o‘g‘lini Samarkand madrasalariga o‘qishga yuborib, 

ularning  butun  Madrasa  tahsili  davomida  o‘qishini  o‘zining  tikuvchilk  kasbidan 

tushgan daromadi bilan ta‘minlab tura olganligi to‘g‘risida xabar beradi. 

O‘rta asr   mualliflari qoldirgan ko‘pgina manba‘larda xalifalik  markaziga 

ketib  qolgan  ko‘pgina  Movarounnahr  va  Xurosonlik  olim,  faylasuflarning 

tohiriylar,  somoniylar      va  keyinroq  xorazmshohlar  tomonidan  maxsus  chaqirib 

olib kelinganliklari va ularning o‘z vatanlaridagi islomdan oldingi madaniyat, ilm-

fan va falsafa ravnaqini va mahaliy ilmiy-falsafiy an‘analar, maktablarni qaytadan 

tiklashda  qatnashganliklari,  jonbozlik  ko‘rsatganliklari  to‘g‘risida  xabarlar 

beriladi. Xususan Nizomiy Aruziy Samarqandiy(XP) ,Roziy va Forobiy tohiriylar 

va  somoniylar  tomonidan  chaqirib      olib      kelinganliklari,        o‘z  yurtlarida  ilm-



 

34 


fanni,  falsafani      o‘rganishni  kuchaytirishda,  islomdan  oldingi  mahaliy  ilmiy-

falsafiy  va  madaniy  an‘analar,  maktablarni      qaytadan    tiklash  va  ravnaf 

toptirishida favqulodda rolь o‘ynaganliklari   haqida  xabar beradi . Beruniy va Ibn 

Sino  kabi  mutafakkirlar  butun  hayotlari  davomida      Movarounnahr,  Xuroson  va 

Eron xududida yashab, o‘z ilmiy va falsafiy maktablarini yaratdilar

16



Somoniylar  "Sharq  Arastusi"  -  O‘rta  va  Yaqin  Sharq  xalqlarining  arab-

musulmon madaniyati, fani va falsafasiing asoschilaridan biri Turkistonlik buyuk 

faylasuf      Abu  Nasr      Muhammad  Ibn  Muhammad  Ibn  Tarxon  Ibn  O‘zlag  al-

Forobiy at-Turkiy(873-950yy. )ni ham Damashqlikdalik   paytida chaqirtirib olib 

kelganliklari  to‘g‘risida      ba‘zi    ma‘lumotlar  saqlanib  qolgan.  Mazkur  

ma‘lumotlarga ko‘ra qadim inson falsafasidan qilingan ko‘pgina tarjimalar, ularga 

yozilgan sharhlar nihoyatda qiyin tushuniladigan va o‘zaro ziddiyatliklari tufayli, 

ularni  maxsus  tahrir  kilib,  muayyan  nuqtai-nazardan  talqin  qilib  berish  uchun 

somoniy amirlardan biri Forobiyni Buxoroga taklif etgan.  Forobiy ana shu tahrir 

jarayonida  dunyoga  mashhur  "  Ikkinchi  ustod"(al-muallim-us-sani-ya‘ni 

Arastudan  so‘ng  insoniyatning  ikkinchi  ustozi)  ta‘limi  "at-Ta‘lim  -us-sani" 

("Ikkinchi  ustod  ta‘lim")ni  qadimgi  Yunon,  Arastu  falsafasining  eng  to‘g‘ri, 

muxtasar bayonini yozgan

17



Agarda biz, mazkur voqe‘adan qariyib 70-80 yillar o‘tgach, ash-Shayx-ur-

Rais  Ibn  Sinoning  Arastuning  eng  Fundamental  shoh  asari  "Mo  ba‘ad  at-

tabiyya"(ya‘ni  "Tabiatdan  so‘ng  keladigan  narsa      haqida"  -  "Meta-fizika)ni 

Forobiyning  "At-Ta‘lim-us-sani"  asari  yordamidagina  tushuna  olganligi 

to‘g‘risidagi  o‘z  tarjimai-holidagi  ochiq  e‘tirofiga  diqqat  qilsak,  Forobiyning 

ilmiy, madaniy, falsafiy   qarashlari   ayniqsa uning Fozil shahar (al-Madinat-ul-

Fozila),  Komil  inson  (al  insani  Kamil)to‘g‘risidagi  siyosat  madaniyatiga  oid 

ta‘limotlarining  butun  o‘rta  asr  Turkiston  jahon  fani  falsafasi,  madaniyati  va 

                                                 

16

 Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 17-bet. 



17

 O‘sha joyda. 




 

35 


san‘ati taraqqiyotiga qanchalik kuchli, sezilarli ta‘sir ko‘rsatganligini tasavvur qila 

olamiz. 


Albatta  tohiriylar,        somoniylar,        qoraxoniylar-xorazmshohlar  va  bosh 

hukmdorlar  o‘zlarining      "marifatparvar  hokimi  mutlaq"      siyosatlarini   

yurgizishda      eng  avvalo  o‘zlarining  sinfiy-tabaqaviy  manfaatlarini  o‘z 

hukmronliklarini har   tomonlama mustahkamlash, ko‘klarga ko‘tarib maqtash, o‘z 

kudratlarini      boshqalarga  namoyon  qilish,        keng      xalq      ommasini      bu     

qudratdan qo‘rqish hayiqib turishiga o‘rgatishni ko‘zlaganlar.  VSh-XIII asrlarda, 

yuqorida ta‘kidlab o‘tilgandek, rivojlangan feodal   jamiyat,    yirik     shaharlar, 

savdo markazlari   vujudga   kelib, ular dunyoviy madaniyat, ilm-fan falsafiy fikr 

san‘atu-xalq  hunarmandchiligi  va  amaliy  san‘ati      keng      ko‘lamda  rivojlanishi 

uchun  imkoniyat  beradigan      ijtimoiy  va  ma‘naviy  taraqqiyot      o‘choqlariga 

aylangan edilar.    Ana shunday o‘ziga xos markazlar Xalab, Harron, Kufa, Basra, 

Damashq  va  Bag‘dodda  ham  Buvayxiy  va  Kakvayxiylada  xukum  surgan  Balx, 

Hamadon,       Seiston,       Mozandaronda ham  , Jurjon, Ray, Nishopur, Tus, Marv, 

Omulda   ham, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz, Shosh, O‘tror, 

Farob,  Axsikat,  O‘zgan,  Taroz,  Bolosog‘un,        Korashahar,        Qopaqurum      va 

umuman  Qoshg‘arning  eng  uzoq  va  chekka  joylarida  ham  paydo  bo‘lgan  edi  .  

Yagona   din, til, madaniyat, turmush tarzi, tafakkur usuli, umuminsoniy, axloqiy 

qadriyatlar  juda      keng      dunyoqarashga      ega      bo‘lgan,  jonli  va      harakatchan   

arab-musulmon   jamiyati asosan mana shu biz qarab chiqayotgan YIII-XIII asrlar   

oralig‘ida      vujudga      kelgan  edi.    Bularga  Xitoy,  Hindistonning  ichkarisiga  va 

dengiz     sohillaridagi  port shaharlarida     vujudga      kela      boshlagan      musulmon   

savdo va ma‘rifat   ishlari   bilan   shug‘ullanuvchi   koloniyalarni, janubiy Afriqo  

bo‘ylarida    Yashil  Burun,      Tajan  qabilalarni,        Kordova,  Sevilьya,  g‘arbiy 

Fransiya,  Portugaliya,  Sitsiliya,        Kipr,  Bolqon  va  Qrimdagi, Qipchoq  dashtlari, 

Kavkaz,  Oltin  O‘rdadagi      Saroy  va  boshqa  Sibirь  savdo  sotiq  markazlarini,    

nihoyatda   avj   olib ketgan dengiz sayohatchiligi, umuman dengizchilik   ishlari, 

kemalar qurish   san‘ati, texnikasini qo‘shadigan bo‘lsak YIII-XIII asrlardagi arab-



 

36 


musulmon  madaniyati  va  sivilizatsiyasini  yuzaki  bo‘lsada  tasavvur  qilish 

imkoniyatiga zga bo‘lamiz. Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot, 

madaniyat, sivilizatsiya taraqqiyotining jug‘rofiy etnik yoki   ijtimoiy   asoslarini 

kengaytirib      qolmay,        bu  madaniyatni  g‘oyaviy-nazariy  jihatdan  yangicha 

bosqichga  ko‘tarilishiga,  tamomila  yangicha  sof  ilmiy-texnik      maqsad      va   

qiziishlarga  sig‘inadigan,  bunday  qadriyatlarni  tushunadigan  va  ulardan  bahra 

oladigan  ancha-muncha  ozod,  erkin    va  keng  fikrlaydigan,        fan,        falsafa,    

badiiyat   va   madaniyat- san‘at qudrati, kuchini   soxta   qadriyatlar   uchun emas, 

balki Inson manfaatlari va maqsadlari yulida, uning sha‘ni   va   aqlu-zakovotiga   

to‘g‘ri   keladigan qilib foydalana oladigan kishilarni   tarbiyalash zaruratiga olib 

keldi

18



IX  asr  oxirlarida  Nishopur,  Marv,  Rayda,  X  asr  boshlarida  Buxoro  va 

Samarqand kabi shaharlarda o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib o‘rta-maxsus va 

Oliy ta‘limniig eng dastlabki shakli, K. Marks iborasi bilan aytilganda     "o‘rta   

asrlarning      dorilfununlari"  bo‘lmish  madrasalar  (diniy,  dunyoviy,  shaxsiy) 

vujudga keldi.    Madrasalarning   masjidlardan farqi o‘zining ko‘pincha dunyoviy   

va      uzoqni      ko‘zlab      qo‘yilgan  maqsadlarga  -  maxsus  oliy  malakali 

mutaxasislarni tayyorlashni ko‘zda tutib   qurilganligi bilan bilinar zdi.  Bundan 

tashqari  har  qanday  o‘rta  darajadagi  Madrasa  ilmiy,  diniy-axloqiy,  huquqiy  va 

boshqa  ijtimoiy  masalalarni  erkin,    johillikdan  xoli  yuksak  nazariy    darajada   

muhokama,        tahlil      qilishni      mazkur  masalalar      yuzasidan      boshqa      diniy 

mazxablar, ilmiy-falsafiy maktablar   vakillari   bilan ochiq munozaralar olib bora 

olish  yuksak  malakali  ustodlardan  aniq  va  har  taraflama  mukammal  javob  ola 

bilishni  ko‘zlab  turli  olim,fozillar,        axloqshunoslar,  diniy  mazxablar,  ilmiy, 

falsafiy  ta‘limotlar,  olimlarning  bilimdonlari,        amaliyotchi      siyosatdonlar,    

savdo-sotiq  tijorat  ahli  to‘plagan      mutabar      madaniy,        kommunikativ,  

jamoatchilik  fikrini  shaklantiradigan  ma‘rifat-ziyo  tarqatadigan  maskan  edi.  

Ularda  ustodlar,  ularning  xalfalari,  toliblar,  muhojir-  musofirlar  uchun 

                                                 

18

 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 20-bet. 




 

37 


xonalar(hujralar)  kutubxonalar,  tabiatshunoslik,  xususan  o‘simliklar,  hayvonot 

olami, tabiatni,    bog‘dorchilik,    umuman   dehqonchilikni o‘rganishda tajribalar 

o‘tkaziladigan      sharoitlar,  asbob-uskunalar,  xodimlar,  farroshlar,        hatto 

rasadxonalar va shifoxonalar ham bo‘lgan.  Madrasaning   masjiddan eng muhim 

farqlaridan biri shunda ediki,bu yerga oila va ibtidoiy maktabda (qishloq, mahalla   

maktablari) shuningdek hozirgi o‘rta-maxsus bilim   yurtlariga to‘g‘ri keladigan, 

muayyan  shahar,tuman  va  hatto  mamlakatda  ancha-muncha  dong‘i  ketgan 

maktabdorlar  qo‘lida  tahsil  ko‘rgan  ma‘lumoti  yetarli,  diniy-axloqiy,  ilmiy-

falsafiy  masalalar  yuzasidan  mustaqil  fikr  yurita  oladigan  diniy  yoki  ilmiy 

qiziqishlari      kuchli,  o‘z  darajasini  chuqurlashtirish      niyatidagi      ilm-fan   

fidoyilari  kelar  edilar.    Madrasada      diniy      bilimlar      -  Qur‘on,  hadis,  tafsir, 

shariyat ilmlari ( Kalom, Fiqh), diniy ilmiy falsafiy mazhab, tariqat va ta‘limotlar 

tarixi,  ayniqsa  diniy  marosimchilik  o‘rganilib  qolmasdan,  qadimgi  va  mumtoz 

arab      tilining  barcha  muammolari,  arab  va  boshqa  xalqlar  adabiyoti,  tarixi, 

jug‘rofiyasi,  riyoziyot,  xandasa,  ilmi  nujum,  tibbiyot,  alkimyo,  ma‘danshunoslik 

kabi fanlar quruq  (tadris), balki chuqurlashtirilgan va maxsuslashtirilgan shaklda 

bahslashuv uzoq va surunkali ma‘ruzalar,    mudarrislar, ko‘pincha   maxsus taklif 

etiladigan   mutaxassislarning chuqur tushuntirib berishi tarzida tashkil etilar edi.   

Tarixiy  manbalarda  Imom  Buxoriyning  Bag‘dod      madrasalaridan  birida  tashkil 

etgan  ana  shunday  davrasini  20  000  tolib,  Abul  Hasan  al-Ash‘ariyning  3-4ming, 

Abul-Nosim  Samarqandiyning  6-8  ming,  Abu  Mansur      Moturudiy 

Samarqandiyning    (har      ikkisi  Buxoro,  Samarqand  madrasalarida),  Imom 

G‘azzoliyniig  Nishopur  va      Bag‘dodda      8  mingacha      tolibni      birlashtirgan   

davralari      bo‘lganligi  haqidagi  xabarlar  bizgacha  yetib  kelgan.    Basra,  Kufa, 

Xalab,  Damashq,  Bag‘doddagi  madrasalarda  davralargina  emas,    Xorazmiy, 

Farg‘oniylar  yetakchilik  kilgan  akademiya  tipidagi      uyushmalar  doimiy  ishlab 

turgan.  Ta‘lim va tahsilning     bunday   yuksak   talab   va   darajada, ko‘lamda 

olib  borilishi  ijtimoiy  taraqqiyotning,  davrning  talabi  edi  albatta,        Bunday 

talablarga  maktab  yoki  masjid  ta‘limi  va  tahsili  javob  bera  olmas  edi. 



 

38 


Ilmiy,falsafiy      va  boshqa,  shuningdek  din,  shariatga  oid  munozara  talab   

masalalarni   masjidda muhokama qilib bo‘lmas edi,    bu uning funksiyasiga ham 

kirmas edi.   Xolbuki VSh-IX   asrlarning faol ijtimoiy ma‘naьiy taraqqiyoti arab-

musulmon  dunyosini  mafkuraviy  sabr  toqatlilik,  bag‘ri  kenglik,  ya‘ni  plyuralizm 

madaniyatining yetilganligi muhim ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy, 

huquqiy  masalalarni      muhokama  qilishi,  dunyoviy,  ilmiy  falsafiy  fikrlashni  kun 

tartibiga  qo‘ymokda  edi.  Madrasalar  va  akademiyalar  tipidagi  "Doril-Hikma", 

"Sivan-ul-Hikma",  "Doril-  Ilm",  "Dor-ut-Tibb"  va  h.  k.  larni  yuqoridagi  tarixiy 

zarurat  talabi  natijasida  paydo  bo‘ldilar.  Tez  orada  ular  Qoshg‘ordan  to 

Mag‘ribgacha  bo‘lgan  eng  Ma‘mura  dunyoga  yoyilib  ketdi  va  arab-musulmon 

madaniyati va   sivilizatsiyasining   ajralmas qismi   bo‘lib qoldi

19



Tohiriylar,        somoniylar,  qoraxoniylar,        g‘aznaviylar,  buvayhiy, 

hamdoniylar,  xorazmoshohlar      saroylarida  yuqorida  sanab  o‘tilgan  va  boshqa 

"donolik      uylari"  nomli  ilm-fan,  falsafa,  madaniyat  ma‘rifat          ahillarining 

maxsus      akademiya      tipidagi  hamkorligi      vujudga  kelgan  edi.        Xususan 

Nishopur shahri qozisi   Ibn Xibbon (vafoti 965-yil) aholiga ana shunday donolik 

uyini   vasiyat qilib, uni kutubxona, muhojir talabalar,    ustozlar va olimlar uchun 

turar joylar, xodimlar, farroshlar bilan hamda nafaqa bilan ta‘minlagan.  Bunday   

donolik  uylari  Rayda  o‘rta  asrlarning  ulug‘  ma‘rifatparvariSohib  ibn  Abbod  (X 

asr),Nishopurda      Ibn  Amidlar  tomonidan  Buxoroda  somoniylar,  Xorazmda   

Ma‘mun  (XI  asr)tomonidan  bunyod  etilgan,  Ularda  o‘z    davrining  eng  mashhur 

olim  va  faylasuflari,siyosatchilari,  axloqshuioslari,  munajjimlari,  kimyogarlari, 

ma‘danshunoslar,  javohirshunoslar,  musiqachilar,  san‘atkorlar,  shoir  va   

adiblar,tabiblar,riyoziyochilar, me‘morlar, muxandislar, kosiblar to‘planar edilar. 

Mazkur  donolik  uylari  faqat  bahs-munozarlar,  fikr  almashiladigan  joy 

bo‘lib  qolmasdan,  qadimgi  hind,  yunon  fani,  falsafasining  eng  nodir   

namunalarini  tarjima      qilish  bilan  maxsus  shug‘ullanadigan  tarjimonlar  ishlab 

turardi,ularga  sharHlar  yozilardi  va      yangidan-yangi  ilmiy,  falsafiy  yoki 

                                                 

19

 Qarang: O‘sha kitob. 24-bet. 




 

39 


badiiykashfiyotlar, texnikaviy yangiliklar amalga oshirilar, original ilmiy, tarixiy, 

jug‘rofiy  va  boshqa  asarlar  yozilardi,  tibbiyotga  oid  kuzatishlar  alkimyoviy 

tajribalar,        falakiyotga  doir  tadqiqotlar  olib  borilar  edi.  Masalan,  Abu  Bakr 

Zakariyyo  ar-Roziyga  Ray  va  Bag‘dod      shaharlarida,  Shayxur-  Rais  Ibn  Sinoga 

Buxoroda  maxsus  shifoxonalar,  Abu  Maxmud  Xo‘jandiyga  Nishopurda      Faxr 

sekstantiga ega bo‘lgan rasadxona   qurib    berilgan, Al-Xorazmiy al-Farg‘oniy, 

al-  Fazoriy,  Abu      Komil,  Beruniylar  uchun  esa  Vizantiya,  Misr,        Hindistonga 

tabiatshunoslik  tadqiqotlari  uchun  maxsus      ilmiy  ekspeditsiyalar  uyushtirilgan, 

mablag‘ bilan ta‘minlangan.    

 

Xalifalar  Mansur      (754-776),     



Horun  ar-Rashid  (786-809)      va      Ma‘mun      (813-833)          davrida  tibbiyot, 

riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo,    xandasa, hisob va boshqa fanlar sohalari 

bo‘yicha  hind,  paxlaviy,  suryoniy,  sobiy,  yunon  tillaridan  tarjima      qilish 

nixoyatda  avj  olib  ketgan  edi  va  bu  jarayon      markazida  ham,  cheka  o‘lkalarda 

ham masalan Movarounnahr,     Xuroson, Misr va boshqa joylarda ham juda katta   

sur‘atlarga, ko‘lamda, umumiy jo‘shqinlik bilan olib boriladi. 

Eng  buyuk  tarjimon,  sharhchilar  va  tabiatshunoslar  sifatida      arablardan 

ham  ko‘prok  yahg‘udiylar,  nestoriy  nasorolar,      forslar,  Movarounnahr  va 

Xurosonliklar  -  Xuneyn  Ibn      Is‘hoq,  Jirjis  Ibn  Jibrail  ibn  Buxtiyashi,  Sobit  ibn   

Qurra,  Qusta  ibn  Luka,  Feofil,  al-Batik,  Sinna  ibn  Sabit  Qurra,  Yax‘yo  ibn  Adi, 

Is‘hoq ad-Dimishqi,    Masrajuveyx,     Naubaxt, Ibn al-Xasan ibn Saxl, Ibn al-

Mukaffo,          Ibn  Manka,  Kanka,  Ibn  Daxn,Ibn  Vaxishiya,  al-Fazoriy,        al-

Marvaziy,  Yuxanna  ibn  Jaylon,  Bishr  ibn  Matta      va        boshqalar  mashhur 

bo‘lishgan.  Movaruonnaxr, Xuroson   va Eronda yunon,hind va boshqa tillardan 

ilmiy-falsafiy  diniy, axloqiy, siyosatga   oid asarlarni tarjima   qilish X-XP1 asrlar 

bo‘yicha davom etdi.  Xucycan Beruniy,    Abul-fatx al-Bustiy,, Al-Xammor va 

boshqalar   hind,    qadimgi yunon, Xorazm, Sug‘d   matematikasi-  astronomiyasi,    

tarixi, farmatsevtikasiga oid asarlarni ko‘plab tarjima  qilganlar,    sharhlaganlar.    

Bu  davr  qadimgi      Hindiston,  Yunoniston      va  boshqa  xalqlarning  klassik   

fanlarining  eng  muhim  obidalari  bir  necha          martalab,        qayta-qayta  tahrirdan 




 

40 


o‘tkazilib tarjima   va sharh qilindi, masalan, Aflotunning "Qonunlari",  Timey", 

Arastuning  "Siyosat",  "Iboralar",  "Analitikalar",    "Kavn  va  Fasod",  "Jon  haqida 

"Axloq",  Teofrast,  Prokl,  Aleksandr  Afrodisiy,  Porfiriy,  Dioskorid      asarlari, 

Buqrotning      "Og‘ir  kasallar",  "Pulьs  va      kasallarni  davolash",  "Inson  tabiati", 

Joliniusning 

 

 



tibbiyotga 

oid 


asarlari, 

Iqlidusning 

"Xandasa 

asoslari","Balandliklar",Batlimusning,  "Almagest",  Arximedning  "Shar  va  silindr 

haqida",  "Doira  sathini    uch  va  yetti  qismlarga  ajratish  "  asarlari,  "Kalila      va 

Dimna,  "Shahrizoda  va  Parviz",  "Xudoynoma",        "Hindiston  dorilari  va  dorivor 

o‘simliklarining  nomlari",  "Sasrad",  "Siddhond"(  zijj),  Nabatiy  ziroatchiligi, 

''Aynnoma",  "Mazdak  "  va      boshqa  ilmiy-falsafiy,        diniy-axloqiy  va  siyosatga   

oid   asarlar tarjima   qilindi, sharhlab berildi. 

Turkistonlik  olimlar,mutafakkirlar      tarjimachilik  tadqiqotlar  yozishga, 

kuzatishlar, tajribalar   o‘tkazishga berilib ketdilar. Masalan, al-Xorazmiy "Hind 

hisobi  to‘g‘risida"  degan  mashhur  asarini,  Farg‘oniy  "Kitab  o‘z-  harakat  -us-

samaviyya  va  javomi  ilm-nujum‖  Jobir  ibn  al-Xiyon  o‘ziiing  tabiyotga  oid 

asarlarini  Roziy,    "Kitab-ul-Hoviy"  sini,  Ibn  Sino  "Kitab  al-Qonun  fit-tibb"ni,  

Beruniy  esa  "Al-Qonun-al-Mas‘udiy",'"Mineralogiya",    "Geodeziya",  "Kitabus-

Saydana  fit-  Tibb"  kabi  fan  taraqqiyotiga  katta  hissa  bo‘lib  qo‘shilgan 

tadqiqotlarni  qoldirgan.  Bundan  tashkari,al-Farg‘oniy  at-Turkiy  va  uning  o‘g‘li 

Ali  ilmi  nujumga  oid,As-So‘fiy,  Abu  Komil,  Abu  Maxmud  Xo‘jandiy,  Abu-l-

Xasan an-Nasaviy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, aziniy, Durjoniy, Maxmud 

Chagminiy,  Jalol  Buxoriy,  Hububiy,        Sijavandiy,  Qutbiddin  She‘roziy, 

Shamsiddin  Samarqandiy,    Naysoburiy  kabi,  son-sanoqsiz  tabiatshunos  olimlar 

tibbiyot, falakiyot, riyoziyot, alkimyo va boshqa fanlarga  oid tadqiqotlarni X-XI 

asrlarda  ham,  XP      va  mo‘g‘il  istilolari  davri  XIV  asrlar  boshlarida  davom   

ettirganlar. 

Bu  davrlarda  Marv,  Nshvopur,  Ray,  Balx,Hamadon,  Tus,  Buxoro, 

Samarqand,  Urganch,  Xiva,  Nisa,  Termiz  va  boshqa  shaharlarning  har  birida 

o‘nlab      davlat,  vaqf  va  shaxsiy          kutubxonalar  vujudga  kelgan.  Ularda  ko‘p 



 

41 


minglab nodir qo‘lyozmalar - Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Buqrot, Jolinus, 

Arximed,  qadimgi  Hind,  Pahlaviy,  So‘g‘d  va  Xorazmlik  olim  mutafakkirlarning 

asarlarining  asl      nusxalari,  tarjimalari  saqlangan,  o‘rganilgan,  sharhlangan.    

Kutubxonachilik  va  umuman  dunyoviy  ta‘lim  va  tahsilning  ko‘lami  keng  va 

chuqur, o‘zining ijtimoiy ahamiyatiga   ko‘ra hozirgi zamondagi kutubxonachilik, 

informatsiya      bo‘limini  eslatadigan  darajaga  o‘sib  yetgan,  sifat  jihatidan  o‘sha 

davrdagi  Ovropa  yoki  dunyoning  boshqa      ma‘muralaridagidan  benihoya  ustun 

edi,    Masalan,  Ovrupaning      XII  asrdagi  eng  mashhur  kutubxonalari          barmoq   

bilan sanarli bo‘lgani holda, ularda ham eng   ko‘pi bilan bir necha o‘nlab jilddan, 

150-2000, juda     istisno hollardagina nari borsa 500 nusxadan     kitob   bo‘lgani 

holda.    O‘rta  va  Yaqin  Sharqning      o‘rtamiyona  shaharlari  -  Marv,  Nishopur, 

Sherozga  o‘xshagan          joylarda  ham  har  bir  shaharning  o‘zidan  o‘nlab  davlat,     

vaqf va shaxsiy kutubxonalari mavjud bo‘lib, ular davrlaridayoq o‘zining ijtimoiy-

kommunikativ va  ilmiy-texnikaviy informativ funksiyalarini bajaradigan darajada 

faoliyat  ko‘rsatardilar,  madaniyat  taraqqiyotining          yangi  bosqichga   

ko‘tarilishini ta‘minlar edilar.  Masalan, birgina   Bag‘doddagi   "Xizant-ul-Ilm " 

da Qur‘oni Karimning 100 lab nusxasi...  10400 dan   ortiq  turli  mutafakkirlar 

asarlarining  eng  nodir,  asl  nusxalari  saqlanar  edi.    Samarqand,  Buxoro,  Balx,   

Hamadon, Qohira   va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab yetti iqlimga dong‘i 

ketgan kutubxonalari kechayu-kunduz ishlab turar zdilar. 

Kutubxonalar  shaxsiy,  vaqf  (masjid  va  madrasalarda)  va  saroylarda   

tashkil    etilgan.  Ularning  ko‘pchiligida  kitoblar  o‘z  sohalari  bo‘yicha 

kattalashtirilgan,  tartibga  solingan,  maxsus  va  malakali,  ilmiy  maslahatchini 

eslatadigan  xodimlar  biriktirilgan,  farroshlar,  qorovullar,  oziq-ovqati,  yeyish-

ichishi,  supurish-sidirishdan  xabar    olib  turadigan  xizmatchilarga  ega  bo‘lgan, 

to‘la  moliyaviy  taьminlangan..  Ulardagi  kitoblarni  kutubxonaning      o‘ziga, 

shuningdek  ma‘lum  garov  evaziga, ko‘pincha pulga     uyga olib  o‘qishi  mumkin 

bo‘lgan.  O‘rta asrlarning     mashhur     tarixchisi, jug‘rofi, sayohatchisi Yoqut 

Hamaviy      har  birida  12000  dan          kitoblari      bo‘lgan          12  ta          Marv 



 

42 


kutubxonalari to‘g‘risida  xabar   berar ekan, o‘zi   200 dan ortiq kitoblarni hech 

narsa to‘lamasdan olib, uzoq vaqt undan foydalanganligi haqida yozadi va Marv 

kutubxonalari  sha‘niga    qasida-madhlar  bag‘ishlangan.  Ibn  Sino  ham  o‘z   

tarjimai-holida    Buxoro  somoniy  amirlari  saroyidagi  "Sivan  al-Hikma" 

kutubxonasida juda boy bo‘lganligini, uning qat‘iy va tartibli ishlashi, kitoblarning   

kataloglashtirilganligini,  xodimlari  va  ta‘minoti  borligi  haqida      so‘zlab,  men  bu 

yerda   qadimgi faylasuf-olimlar,  mutafakkirlarning shunday asarlarini ko‘rdimgi   

va  mutoala  qilishga  muyassar  bo‘ldimki,  ularni  hech  kim  ko‘rmagan,  hatto   

nomlarini  ham  eshitmagan  va  keyin  ham          men      bunday  kitoblarni 

uchratmaganman deb yozgan edi

20



Mahalliy  hukumdorlar  saroylarida  to‘plangan  tarixchi,  jug‘rofiy  olimlar, 



shoir,  muxandis  va  me‘mor  o‘z  asarlarida  hukumron  sulolalarning  siyosiy 

barqarorligini  va  qudratini  madh  etishgan,  ayni  paytda  ular  o‘z  xalqlarining 

islomgacha bo‘lgan madaniyatini, e‘tiqodlarini ham saqlab qolishga, me‘morchilik 

an‘analarini yanada rivojlantirishga, qaytadan jonlantirishga uringanlar. 

Bu  tarixiy  shart-sharoitlar  va  ma‘rifatchilik  ma‘naviy  muhiti  ilm-fanga, 

falsafaga,  dunyoviy  madaniyatga  qiziqishni  va  ijtimoiy  faollikni  kuchaytirar  edi, 

albatta.  Aql  va  fan,  mantiq  dalillarini,  dunyoviy  qadriyatlarning  birinchi  o‘ringa 

qo‘yishi  o‘rta  asr  diniy  mutassibligi,        aqidachiligidan      chetlashuvchi 

dunyoqarashni, diniy aqida, talab va taqiqlarga shubha qarash  munosabatini, hatto   

diniy   masalalarda befarqlik,   ularni tanqid qilish unsurlarini   tug‘dirar edi. 

Arastu ta‘limotining olamniig abadiyligi, uning qonunlarining   ob‘yektiv 

ekanligi,  narsa  va  hodisalar,  qonuniyatlarni  inson  o‘z  aqli,  fan  va  mantiq 

yordamida bila olishga tamomila   qodir ekanligi to‘g‘risidagi sodda, hayotbaxsh 

dunyoqarash,  tabiat  va  insonni  ulug‘lovchi  g‘oyalar,  undagi  sensualizm,    

ratsionalizm,  empirizm,        tajribaga      asoslangan      bilimlarni      yuksak  qadrlash 

mayllari  VIII-XIII  asrlardagi      O‘rta  va  Yaqin  Sharq  madaniyatining  markazida 

turar edi. 

                                                 

20

 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 31 bet. 




 

43 


Arastu  haqiqiy  donolik,  bilimdonlik  timsoli,  har  qanday  haqiqatning   

Qur‘on      va      Hadislardan    keyingi  eng  mu‘tabar  oliy  ifodasi  edi.            Yunon 

falsafasining  ta‘siri,  mutafakkirlarining  aniq    fanlar  sohalarida  olib  jahonshumul   

tadqiqotlari      ularni  Diniy          mutassiblik      asoslari          doirasidan  chetga  chiqib 

ketadigan  umumbashariy  ahamiyatga  molik  ilg‘or      g‘oyalarni      ilgari  surishga, 

hukmron mafkura va mavjud ijtimoiy tuzum, munosabatlariga nisbatan norozi va 

tanqidiy      munosabatlarda  bo‘lishga  majbur  etardi.  Bu  esa  arab-musulmon 

madaniyatida  dunyoviylikning  yanada  kuchayishiga,  ijtimoiy-falsafiy  fikrda 

insonparvarlik  adolat  va  ratsionalizm  mayllarini  pantenstik  va  deistik  ta‘limotlar 

doirasida namoyon bo‘lishga olib keldi. 

Turkistonda  qaralayotgan  davrda  shakllangan  madaniyatida  nominalizm 

va realizm o‘rtasida   borgan g‘oyaviy raqobat endigina mayllar sifatida kaytadan 

shakllanib kelayotgan sodda materializm,     tajribaviy    fanning idealizm va diniy 

mutassibchilik, aqidachillikka qarshi kurashni ifodalar edi. Albatta, bu hayotbaxsh 

madaniyat,  dunyoqarash,  panteizm  va  deizm  doirasida  ifodalangan  sodda 

materialistik, ratsionalizm va  iksonparvarlik g‘oyalari hukmron sinflar mutassib 

mafkura qarashligiga  uchramay  qolmadi.  Xususan,  islom diniy mutassiblaridan 

Abu  Xotam  ar-Roziy  ulug‘  tabiatshunost  va    daxriy  Abu  Bakr  Zakariyo  ar-

Roziyning ta‘limoti, uning olam, tabiat va inson haqidagi dahriyona fikrlari uchun 

uni kofir,  majusiy  va    manixeylar   ta‘limotlari  tarafdori   deb  ayblaganlar,  ularni 

rad  qilish  uchun  maxsus  asarlar  yozganlar.  Bunga  albatta  Abu  Bakr  Roziyning 

diniy  mutassiblik  va  aqidachilik  asoslariga  bolta  uruvchi  ilmiy  qarashlari,  ilmiy 

tadqiqotlari,  sodda  materialistik  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  ta‘limoti,  uning  johil, 

yulg‘ich va mutassib  ruhoniylarni ustalik bilan tanqid qilish, dinlar, shu jumladan 

islom  ham  Muso,  Iso  va  Muhammadning  xalqni  o‘z  g‘arazli  maqsadlari  yo‘lida 

aldashi  natijasida  vujudga  kelgan  degan  qarashlari  asosiy  sabab  bo‘lgan.  Abu 

Bakir  ar-Roviy  o‘lgandan  keyin  ham  u  dahriylik,  hurfikrlilik,  dunyoviy 

madaniyat,  ma‘rifatlilik  ramzi  bo‘lib  qolavergan  va  hatto  o‘rta  asrlardagi  eng 

izchil, ilmiy xolis mavqe‘ida mutafakkirlar Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Umar 



 

44 


Xayyom,  Nasriddin  Tusiy  kabi  mutafakkirlar  ham  diniy  mutassiblar  g‘azabi  va 

ta‘qibidan  qo‘rqib,  Roziyning  nomini  o‘z  asarlarida  ehtiyotkorlik  bilan, 

yoqlamayotgandek qilib tilga olib o‘tganlar. 

Beruniyning  o‘zi  Maxmud  G‘aznaviy  tomonidan,  uning  bosqinchilik 

yurishlari,  mustabidlik  siyosatini,  aksilislomiy  chiqishlarni  ayovsiz  bostirish, 

boshqa  dinga  va  bid‘atchi  taьlimotlar,  mazhablar    tarafdorini  ming-minglab 

o‘ldirib,  o‘tda  yoqib  yuborganligini  oqlash,  uning  qudratini    maqtash  uchun 

majbur  qilingan  edi.  Beruniy  bunda  kattol  siyosatni  oqlash  u  yoqda  tursin, 

umirining  oxirigacha  ilm-fan,  falsafa,  tabiatshunoslik,  ratsionalizm  va 

insonparvarlik  g‘oyalariga  sodik  qoldi.  Rivoyatlarga  ko‘ra  Beruniy  ana  shu 

sabablarga  ko‘ra  G‘aznaviy  tomonidan    bir  necha  marotaba  o‘limga  hukm 

kilingan.  G‘aznaviyning    mustabidiligi  jahon  fani  va  falsafasining  dahosi  ash-

Shayx-ur-Rais  Ibn  Sinoning  ilmiy-falsafiy  ijodi  gullagan  davrida  mamlakatdan 

chiqib  ketishga,  sarson-sargardonlikda  o‘lib  ketishga  majbur  qildi.  "Agarda  Ibn 

Sino o‘lmay qolib, yashashni davom ettirganda edi, - deb yozadi «sharqshunos A. 

Yu. Yakubovskiy,- u (ya‘ni Ibn Sino) nafaqat O‘rta Osiyoda, shuningdek Eronda 

ham o‘ziga joy topa olmay qolgan bo‘lur edi"

21



Islom  mutassibchiligi  Roziy,  Forobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino  va  boshqa 

mutafakkirlarni  ta‘qib  va  quvg‘in  qilibgina  qolmasdan,  o‘zining  mashhur  

aqoidlaridan  imom  Abu  Homid  al-G‘azzoliy,  uning  "Taxofut-ul-falo-sifa"  (ya‘ni 

"Faylasuflarning noizchilliklari"' asari timsolida dunyoviy madaniyat, ilm-fan  va 

falsafiy  ijod  erkinligiga  olib  boruvchi  qarashlarini  "nazariy"  rad  qilishga  ham 

uringan. 

 

                                                 



21

 Qarang:  ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 33-bet. 




 

45 



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish