Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


ABBOSIYLAR  XALIFALIGI  (750-1258)



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana18.09.2021
Hajmi0,54 Mb.
#177962
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni

ABBOSIYLAR  XALIFALIGI  (750-1258).

Besh  yuz  yil  hukm 

surgan  arab  xalifalari  sulolasi.  Bu  sulolaga  Muhammad  (s.a.v)  amakisi 

avlodlaridan  Abulabbos  as-Saffoh  asos  solgan  (hukmdorlik  davri  749—754). 

Bularning  hukmronligi  davrida  arablar  davlatni  boshqarishda  ikkinchi  o‘ringa 

suriladilar,  ularning  xalifalikdagi  irqiy  va  harbiy  ustunligaga  barham  berildi. 

Davlatni  boshqarishda  ularning  soni  ham  kamayib  boradi.  Xalifa  al-Mansur 

davrida  (754—773)  abbosiylar  xalifaligi  ancha  mustahkamlandi,  poytaxt 

Damashqdan  Bag‘dodga  ko‘chirildi.  Bag‘dod  bu  davrda  yirik  savdo-sotiq  va 

madaniyat  markazi  bo‘lib,  G‘arb  bilan  Sharq  o‘rtasida  vositachilik  rolini 

o‘ynagan, xalifalikda savdo aloqalari va iqtisodiy mu-nosabatlarni rivojlantirishga, 

madaniy  hayotning  yuksalishiga  ta‘sir  ko‘rsatgan.  Shuning  uchun  abbosiylar 

hukmronligi davri Bag‘dod xalifaligi deb ham yuritiladi. 

As-Saffoxdan  keyingi  xalifalar  al-Maxdiy  (775—  785),  Horun  ar-Rashid 

(786-809), al-Amin (809-813), al-Ma‘mun (813—833), Muьtasim (833—841) va 



 

22 


boshqalar  davrida  arab  xalifaligi  markazlashgan  qudratli  davlatga  aylandi,  unda 

feodal munosabatlar rivojlandi. Abbosiy xalifaligi juda katta hududga ega bo‘lib, 

unga Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kirgan. Xalifalikda feodal 

zulm  kuchayishi  tufayli  bir  necha  bor  xalq  qo‘zg‘alonlari  ham  bo‘lgan  (mas.: 

Bobak,  Muqanno,  Sumbod,  Mug‘  rahbarligadagi  qo‘zg‘alonlar,  zinniylar 

qo‘zg‘aloni kabilar). 

IX  asr  ikkinchi  yarmidan  boshlab  abbosiylar  xalifaligining  markazlashgan 

hokimiyati  zaiflasha  bo  rib, uning  tarkibida  bir  necha  mustaqil  davlatlar vujudga 

kela  boshladi.  Mas.:  Afrikada  ag‘labiylar  davlati,  Xuroson  va  Movarounnahrda 

somoniylar davlati, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag‘dodni egallab, abbosiylarni 

siyosiy  hokimiyatdan  chetlatdilar,  fors  tilida  so‘zlashuvchi  aholidan  iborat  katta 

hudud mustaqillikka erishdi. 

Bu  vaqtda  Shimoliy  Afrika  va  keyinchalik  Misrda  fotimiylar  xalifaligi 

hukm  surdi  (909—1171).  Bular  o‘zlarini  Muhammadning  (s.a.v)  qizi  Fotima 

avlodlaridan deb hisoblaydilar. Fotima musulmonlar, ayniqsa, shiy‘alar tomonidan 

muqaddas  ayol  sifatida  sanalib,  unga  sig‘inadilar.  Shunday  qilib,  qudratli 

abbosiylar  xalifaligi  parchalanib  keta  boshladi.  Eng  so‘nggi  xalifa  Mu‘tasim 

mo‘g‘ullar  xoni  Xulogu  tomonidan  1258  yili  qatl  etildi.  Mana  shunday  qilib 

abbosiylar  xalifaligi  besh  asr  va  umuman  Muhammad  (s.a.v.)  payg‘ambardan 

keyin tashkil topgan arab xalifaligi 626 yil hukm surdi. Arab xalifaligi Arabiston 

yarimoroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va 

Kavkazortini o‘z ichiga olgan yirik feodal davlat edi. 

Abbosiylar  xalifaligi  tugatilishi  Islom  dini  taraqqiyotiga  ta‘sir  etmadi.  Bu 

din dunyodagi yirik din sifatida tobora o‘z doirasini kengaytirib bordi. Islom joriy 

qilingan hududlarda tashkil bo‘lgan davlat boshliqlari shu  din qonun-qoidalariga 

rioya  qilib,  uning  ta‘limotlaridan  chetga  chiqmadilar.  Lekin  din  bayrog‘i  ostida 

o‘z  yovuz  niyatlarini  amalga  oshirgan,  bosqinchilik  urushlari  olib  borgan 

hukmdorlar ham kam bo‘lmagan. 




 

23 


Muhammad  alayhissalom  nasroniy  yil  hisobida  632-yil  (hijriy  yil  hisobida 

10-yili)  25-mayda  o'z  uylarida  vafot  etadilar.  Payg'ambarimiz  vafotidan  so'ng  u 

kishining  ishonchli  noiblari  yoki  o'rinbosarlari  (arabcha  xalifalar)  davlatni 

boshqarganlar.  Ana  shu  tariqa  tarixda  «arab  xalifaligi»  paydo  bo'lgan.  Islom 

musulmonlarida asosan ilk to'rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular — Abu Bakr 

Siddiq  (632-634),  Hazrati  Umar  (634-644),  Hazrati  Usmon  (644-656) va  Hazrati 

Ali (656-661). So'ng xalifalik 661-750-yillarda ummaviylar sulolasiga o'tgan.  Bu 

sulolaga  Muoviya  bin  Abu  Sufyon  (661-680)  asos  solgan.  Ummaviylardan  so'ng 

xalifalik  taxti  Abbosiylar  (750-1258)  sulolasi  qo'liga  o'tgan.  Bu  sulolaning 

asoschisi  Muhammad  alayhissalomning  amakilari  avlodlaridan  Abul  Abbos  As-

Saffoh (750-754) edi. 

Muhammad  alayhissalom  ishining  davomchilari  bo'lgan  xalifalar  davrida 

islom  g'oyasi  yangidan  yangi  davlatlar  va  hududlarga  tarqaldi.  Bu  din  qisqa 

muddat ichida VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Falastin, Iroq, Eron 

va  O'rta  Osiyo  hududlariga  tarqaldi.  IX-XV  asrlarda  esa  islom  Xitoy 

chegaralaridan Farangiston janubigacha, Hindiston yerlaridan to Qizil O'rdagacha 

cho'zilgan hududlarni qamrab olib tantana qildi

10



VII  asrning  o'rtalarida  arablar  sosoniylar  Eronini  istilo  qilishni  tugallab, 

Xurosonning  g'arbiy  chekka  qismini  xalifa  tayinlaydigan  noib  -  amir 

boshchiligidagi noiblikka aylantirdilar. VII asrning ikkinchi yarmida islomda ro'y 

bergan  dastlabki  ixtiloflar  natijasida  uchta  yo'nalish  paydo  bo'ldi:  sunniylar  va 

shialar. Sunniylik eng asosiy yo'nalish bo'lib, dunyodagi barcha musulmonlarning 

90  foizini  birlashtiradi.  Sunniylar  Qur'on  bilan  birga  Sunnaga  (Qur'ondan  keyin 

uni to'ldiruvchi hadislar  manbayi, islom  ilohiyoti va shariat asoslari) ham  e'tiqod 

qiladilar. Unda Muhammad alayhissalom bilan birga Abu Bakr, Umar, Usmon va 

Hazrat Alini e'tirof etiladi. 

Shialar, asosan Eron va Iroqda tarqalgan yo'nalish bo'lib, doimo sunniylikka 

qarshi  yo'nalishdadir.  O'n  foizga  yaqin  musulmonlarni  o'z  atrofiga  uyushtirgan 

                                                 

10

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 131-bet. 




 

24 


shialar Muhammad alayhissalomdan so'ng payg'ambar sifatida faqat Hazrat Alini 

va uning avlodlaridan bo'lgan o'n ikki imomni tan oladilar, xolos. 

O'rta  Osiyoning  qulay  va  go'zal  tabiiy  iqlim  va  sharoiti  hamda  behisob 

boyliklari hamisha arablarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelgan. 

Arablarning  O'rta  Osiyoga  dastlabki  yurishlari  Ubaydulloh  ibn  Ziyod 

boshchiligida  651-yilda  Marvni  ishg'ol  etish  bilan  boshlandi.  Arablar 

Amudaryodan  shimolda  joylashgan  yerlarga  «Movarounnahr»,  ya'ni,  «daryoning 

ortidagi  yerlar»,  deb  nom  berishadi.  652-yilda  arablar  Balx  shahri  va 

Chag'aniyonni  egallashga  muvaffaq  bo'ldilar.  Bu  esa  ilk  bor  Movarounnahrni 

egallash edi. 654-yilda Sug'ddagi Maymurg' qal'asiga arablarning birinchi hujumi 

bo'ldi.  657-yilda  arablar  Chog'aniyonga  qayta  yurish  qilib,  eftaliylarga  kuchli 

zarbalar berdilar. 

Arablar  bosqini  arafasida  Movarounnahr  hududida  15  dan  ortiq  kichik-

kichik  mulklar  bo'lib,  ular  o'zaro  urushlar  olib  borar  edilar.  Bu  hoi  arablar 

tomonidan  O'rta  Osiyo  yerlarini  bosib  olishni  tezlashtirdi.  Arab  bosqini  ikki 

bosqichda  olib  borildi.  Birinchi  bosqich  705-yilgacha  bo'lgan  davrni  o'z  ichiga 

oladi.  Bu  davrda  arablar  Movarounnahr  hududiga  vaqti-vaqti  bilan  hujumlar 

uyushtirib turdilar, mamlakat boyliklarini taladilar, ko'plab odamlarni qui qilib, o'z 

yurtlariga  olib  ketdilar  va  o'lkani  bosib  olish  maqsadida  harbiy  ma'lumotlar 

to'plash bilan shug'ullanganlar. 

O'rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod ibn 

Abu Sufyondir. U 667-yilda Amudaryo bo'ylarigacha keladi. Marvni egallab katta 

boylik va o'ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. 673-yilda Ziyodning o'g'li Ubaydulloh 

Ziyod  yana  Buxoroga  qo'shin  tortib  keladi.  U  Boyqand  va  Romiton  yerlarini 

egallaydi.  Bu  davrda  Buxoro  taxtini  malika  Xotun  boshqarar  edi.  U  Buxoro 

hukmdori  bevaqt  olamdan  o'tgan  Bidun  Buxorxudotning  bevasi  bo'lib,  o'g'li 

Tog'shoda  yosh  bo'lganligidan  davlatni  o'zi  boshqarmoqda  edi.  Xotun  oqila  va 

tadbirkor  bo'lganligidan  aholi  qirg'in  bo'lmasligi  va  mamlakatni  vayronalikdan 

saqlab  qolish  maqsadlarini  ko'zlab  Ubaydulloh  bilan  sulh  bitimi  tuzadi  va 



 

25 


arablarga  har  yili  bir  million  dirham  tovon  to'lab  turish  majburiyatini  oladi. 

Chunki  kuchlar  teng  emas  edi,  yordamga  chaqirilgan  turk  lashkarlari  ham 

vaziyatni biror-bir darajada o'zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan to'rt ming 

kishini  asir  qilib  oldilar,  juda  ko'plab  boylik  —  xazina,  qurollar,  kiyimlar,  oltin, 

kumush  narsalarni  o'ljaga  tushirdilar.  Ular  podsho  xotinning  bir  poy  etigi  va 

paypog'ini  ham  topib  oladilar.  Tilla  ishlatilib,  har  xil  qimmatbaho  toshlar  bilan 

bezatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. 

Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirhamga baholangan

11



O'rta  Osiyoning  boyliklari  mol-dunyoga  o'ch  arab  sahroyilarining  tinchligi 



va  farog'atini  buzgan  edi.  Har  ikki  o'rtada  shartnoma—  bitim  tuzilgan  bo'lsada, 

Ubaydulloh  o'rniga  Xuroson  amiri  etib  tayinlangan  Said  ibn  Usmon  675-yil  25-

noyabrdan  676-yil  13-noyabrgacha  Buxoro  ustiga  qo'shin  tortadi.  U  juda  ko'p 

hiyla-nayranglar  ishlatib,  Buxoro  va  unga  yordamga  kelgan  Sug'diyona,  Kesh, 

Nasaf qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Buxoro podshosi Xotun Ibn Usmonning talabi 

bilan uning huzuriga borishga majbur bo'ldi va juda ko'p o'lponlar to'lab, shahzoda 

va asilzodalardan 80 kishini garovga berdi. Shundan so'ng arablar Movarounnahr 

va uning poytaxti Samarqandga yurish qildilar. Ular bu joylarni egallab juda ko'p 

boyliklarni  qo'lga  kiritdilar  va  samarqandliklardan  30  ming  kishini  asirlikka 

oldilar.  Yozma  manbalarda  Sa'id  ibn  Usmon  bilan  Movarounnahrga  kelgan  ko'p 

ming  kishilik  arab  qo'shinlari  qatorida  Muhammadning  avlodlaridan  Qusam  ibn 

Abbos ham bo'lgan, (Tarixchi Abu Tohir Xojaning ma'lumotiga qaraganda Abbos 

o'g'li  Qusam  Abbos  ibn  Abdulmutallib  ibn  Hoshim  al-Qarshi  al  Hoshimiy 

Muhammad payg'ambarning amakisi). Sa'id ibn Usmon Buxoro va Samarqanddan 

qo'lga olgan o'ljalarni  Qusam  ibn  Abbosga  ko'rsatib:  «Bu  o'ljalardan har kishiga 

bir  hissa,  senga  esa  ming  hissa  beraman»,  deganda  Qusam  ibn  Abbos  shariat 

buyurganidan  bir  hissa  ham  ortig'ini  olmayman,  degan  ekan.  Qusamning  taqdiri 

to'g'risida  turlicha  ma'lumotlar  bor.  Ba'zilar  uni  Samarqandda  o'ldirilgan  desalar, 

yana ba'zi birovlar u Marvda vafot etgan deb isbotlaydilar. Lekin nima bo'lganda 

                                                 

11

 Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 135-bet. 




 

26 


ham  Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»da  yozilishicha  Samarqanddagi  Shohizinda 

maqbarasi  shu  shaxs  nomi  bilan  bog'liqdir.  Sa'id  ibn  Usmon  garovga  olingan 

buxorolik shahzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so'z bergan edi. Lekin u 

va'dasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib, ularni barcha 

zarbof kiyimlarini yechib olib qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday 

haqorat  va  pastkashlikka  chiday  olmasdan  Sa'id  ibn  Usmon  saroyiga  bostirib 

kiradilar va avval uni, so'ngra o'zlarini o'ldiradilar. 

Xuroson  amirligiga  Muslim  ibn  Ziyod  ibn  Abiyx  tayinlanadi.  U  ham  o'z 

faoliyatini  Buxoroga  yurishdan  boshlaydi.  Buxoro  hukmdori  har  galgidek  yana 

turklarga  va  sug'dlar  hokimi  Tarxun(turkcha  ,,tarxon``degan  unvondan  kelib 

chiqqan)ga  yordam  so'rab  murojaat  qiladi.  Biroq  bu  safar  ham  musulmon 

arablarning  qo'li  baland  keladi.  Juda  ko'p  boyliklar  o'lja  olinadi.  Har  bir  arab 

askariga 10 ming dirhamdan o'lja ulashib beriladi. Xotun bilan Muslim ibn Ziyod 

o'rtasida  sulh  tuziladi.  Arablar  Marvga  qaytadilar.  Ammo  bu  qaytish  mol-dunyo 

va boylikka yuz tuban ketgan sahroyi arablarning oxirgi qaytishi emas edi. 

704-yilda  Xuroson  taxtiga  Qutayba  Ibn  Muslim  o'tiradi  va  Xurosonni 

batamom  o'ziga  bo'ysundiradi.  Ana  shu  davrdan  e'tiboran  arab  bosqinchilari 

tomonidan  Movarounnahrni  zabt  etishning  ikkinchi  davri  boshlanadi.  Endi  ular 

O'rta  Osiyoni  batamom  bosib  olishga  qaror  qiladilar.  Qutayba  ibn  Muslimning 

705-yilda  ushbu  maqsad  yo'lidagi  Axorun  va  Shuman  (Surxon  va  Kofirxon 

oralig'idagi  yerlar)  hududlariga  uyushtirgan  birinchi  yurishi  muvaffaqiyatsiz 

yakunlanadi.  Tarixchi  Narshaxiyning  ma'lumotiga  qaraganda    Qutayba    katta  

tayyorgarlikdan  so'ng  «sakson  sakkizinchi yili (12-dekabr, 706-30-noyabr, 707) 

Jayhun  daryosidan  o'tadi.  Baykand  aholisi  bundan  xabardor  bo'lib,  Baykandni 

juda  mustahkam  hisor  bilan  o'raydilar,  qadimgi  vaqtlarda  Baykandni  shoriston 

deganlar va mustahkamligidan, uni «jez shahar» deb ataganlar («Buxoro tarixi», 

120-bet).  Musulmonlar  qattiq  va  shiddatli  janglardan  so'ng  bu  shaharni 

egallaydilar.  Ikki  o'rtada  sulh  tuziladi.  Qutayba  Baykand  shahrida  amir  qilib 

Varqo  ibn  Nasr  Bohiliyni  tayinlab,  o'zi  Buxoro  tomon  ilgari  yurishni  davom 



 

27 


ettiradi.  Baykandda  hukmron  bo'lib  qolgan  Varqo  shahar  xalqiga  jabr  va  zulm 

o'tkazadi,  axloqiy  buzuq  ishlar  bilan  shug'ullanadi.  Bunga  javoban  shahar 

fuqarolari  qo'zg'olon  ko'taradilar.  Qutayba  bu  xabarni  eshitib,  tezda  orqasiga 

qaytadi  va  qo'zg'olonni  shafqatsizlik  bilan  bostiradi.  Uning  buying'i  bilan  arab 

sahroyilari  shaharni  talaydilar  va  xarob  qiladilar.  Rivoyat  qilishlaricha,  Qutayba 

Baykandni  fath  qilganda  bir  butxonadan og'irligi  to'rt  yuz  dirham  (bir  dirham  — 

3,186  gr.)  keladigan  bitta  kumush  but,  ko'plab  kumush  jomlar,  har  bin  kabutar 

tuxumidek  keladigan  marvaridlar  topiladi.  O'lja  olingan  barcha  boyliklarni 

tarozida  tortganlarida  bir  yuz  ellik  ming  misqolni  (I  misqol  —  4,240  gr)  tashkil 

etadi.  Xalqdan  talab  olingan  barcha  oltin  va  kumushlarni  sovg'a  o'laroq  Hajjojga 

yuborganlarida  u  Qutaybaga  xat  yozib,  minnatdorchilik  bildirgan  va  «...Xudo 

senga barakat bersin!» degan

12



Qutayba  Baykandni  batamom  o'ziga  tobe  etgach,  uning  atrofidagi  barcha 



qishloqlarni  ham  egallaydi  va  707-yilda  Kesh,  Naxshabni  fath  qiladi.  708  (90)-

yilda  Vardan  (hozirgi  Vardonze)  ustiga  yurishga  tayyorgarlik  ko'rayotganda 

kutilmagan  qarshilikka  duch  keladi.  Turk  xonlari  Qutaybaga  qarshi  ittifoq  tuzib 

Torob, Xunbun va Ramiton oralig'ida uni ko'p lashkar bilan o'rab oladilar

13

. Xitoy 


podshosining  jiyani  Ko'rmag'onun  ham  bu  ittifoqqa  qo'shiladi.  Natijada  Qutayba 

og'ir  ahvolga  tushib  qoladi.  Qutaybaning  yaqin  kishilaridan  bo'lgan  Xayyoni 

Nabatiy ishlab chiqqan reja asosida musulmon arablar og'ir vaziyatdan eson-omon 

qutuladilar. 

Marvda  biroz  muddat  dam  olib,  709  (91)-yilda  Narshaxiy  bergan 

ma'lumotlarga qaraganda Iroq va Xurosondan yordam kuchlari olib Buxoro ustiga 

yurish  boshlaydilar.  Bu  Qutaybaning  to'rtinchi  safar  Buxoro  ustiga  lashkar  tortib 

kelishi  edi.  Buxoro  aholisi  har  safar  islom  lashkari  kelganda  musulmon  bo'lar, 

qaytib  ketgach  esa  dindan  chiqar  edi.  Bu  paytda  Xotun  juda  qarib  qolgan  edi, 

davlatni  endi  uning  o'gli  Tog'shoda  boshqarardi.  Qutayba  qattiq  jangdan  so'ng 

                                                 

12

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 135-bet. 



13

 O‘sha joyda. 




 

28 


Buxoroni  egallaydi.  Tog'shoda  islom  dinini  qabul  qilgach,  Qutayba  uni  Buxoro 

taxtida hukmron sifatida qoldiradi. Tog'shoda o'ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi. 

Tog'shoda  islom  dinini  qabul  qilgandan  keyin  tug'ilgan  farzandiga  Qutaybaga 

bo'lgan  hurmat  va  e'tiqodi  ramzi  sifatida  Qutayba  deb  ism  qo'yadi.  Qutayba 

otasidan so'ng Buxoro taxtiga o'tiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. Shu 

bois Abu Muslim Qutayba ibn Tog'shodani o'ldiradi. Qutaybaning serdaromad va 

g'allakor yerlari uning birodari Bunyod ibn Tog'shodaga beriladi. Bu yerlar Ismoil 

Somoniy  davriga  qadar  Bunyod  hukmronligi  ostida  bo'ldi.  Qutayba  ibn  Muslim 

shimoliy  sharq  tomon  g'olibona  bosqinchilik  yurishlarini  davom  ettirdi.  U  710-

yilda  Shuman,  Nasaf,  Keshni  zabt  etadi.  711-yilda  aka-uka  Chag'on  va  Hurzod 

janjalidan  foydalanib  Xorazmni  bosib  oladi.  Shundan  so'ng  Qutayba  endi  asosiy 

zarbani  kuchli  raqib,  lekin  laqma  siyosatdon  Sug'd  hokimi  Tarxunga  qarshi 

qaratadi. O'rtada tuzilgan sulh shartnomasiga qaramasdan; o'zaro kelishuv asosida 

Samarqanddagi  masjid  qurilishini  tezlashtirish  bahonasida  shaharga  g'isht 

teruvchilar  o'rniga  4000  qurollangan  arab  kiritiladi.  Shahar  talanib,  aholi  xarob 

qilinadi. Tarxun ham qatl etiladi. Sosoniylarning eng so'nggisi Yazdigarning qizi 

ham asir olinadi va u xalifa Validga yuboriladi. Samarqandda qo'lga olingan oltin 

butlar  va  ularning  jihozlari  50  ming  misqolni  tashkil  etadi.  Samarqandni 

egallashda 300 ta devorbuzar moslamalar ishlatilib, arablar Samarqandni batamom 

vayron  etadilar.  Nihoyat  Samarqandning  yangi  hokimi  G'urak  (709-738)  bilan 

Qutayba  o'rtasida  sulh  bitimi  imzolanib,  bu  bitimga  ko'ra  u  arablarga  yiliga  200 

ming dirham to von to'lashi kerak bo'ladi. Yana arablarga 30 ming sog'lom kishini 

qui  o'rnida  berish  sharti  ham  bor  edi.  Shartnomaga  asosan  shahar  markazi 

arablarga bo'shatib beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi (Afrosiyobda). 

713-715-yillarda u Toshkent, Ho'qand, Turkiston Chini (Sharqiy Turkiston) 

yerlarini to Qashg'argacha bo'lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa Qutayba ibn 

Muslim  O'rta  Osiyo  yerlarini  zabt  etib,  Xitoy  hududigacha  cho'zilgan  o'lkada 

yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi. 




 

29 


Farg'ona orqali Qutayba Marvga yo'l oladi. Marvda xalifa Valid vafot etgan 

bo'lib,  xalifalik  taxtiga  uning  raqibi  Sulaymon  ibn  Abdumalik  o'tirgan  edi. 

Qutayba  undan  xavotirlanar  va  Sulaymonga  ishonmas  edi.  Shu  sababdan  u 

Sulaymonga  qarshi  ochiq  isyon  ko'taradi.  Ammo  isyonchi  sifatida  o'z  askarlari 

tomonidan  o'ldiriladi.  Bu  voqea  Vamberi  bergan  ma'lumotlarga  ko'ra  714  (96)-

yilda  Qutayba  ibn  Muslim  47  yoshida  ekanida  sodir  bo'lgan  edi.  Boshqa 

manbalarda esa 715-yilda arab askarlari tomonidan o'ldiriladi, deyiladi. 

Shunday  qilib  sahroyi  arablar  dunyoning  eng  qadimiy  va  madaniyat 

o'lkalaridan  biri  bo'lmish  Movarounnahrni  o'z  mustamlakalariga  aylantiradilar. 

Movarounnahr  hududida  yashagan  ajdodlarimiz  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 

madaniy taraqqiyotda sahroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima 

sababdan  ularni  arab  istilochilari  nisbatan  tez  va  oson  bosib  ololdilar?  Buning 

sabablari  -  birinchidan,  o'lka  xalqlari  o'rtasida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy 

birlikning  bo'lmaganligi  va  tarqoqlikning  mavjudligidir.  Arablar  Movarounnahr 

yerlariga  bostirib  kelgan  paytda  o'lkada  bir-biriga  dushman  bo'lgan  15  dan  ortiq 

kichik-kichik  feodal  davlatchalar  bor  edi.  Bu  holdan  arablar  ustalik  bilan 

foydalandilar.  Ikkinchidan,  arablar  ko'chmanchi  turk  qabilalari  bilan  mahalliy 

o'troq xalqlar o'rtasida mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar. 

Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko'plab boshqa mamlakatlar va 

aholi  hududlarini  bosib  olgan  edilar.  Ular  bu  mamlakatlarning  aholi  kuchlari, 

moddiy boylik imkoniyatlaridan ona tuprog'imiz hududlarini bosib olish chog'ida 

foydalandilar.  To'rtinchidan,  arablar  Movarounnahr  hududlariga  bostirib 

kelganlarida bu yerda ko'pdinlilik hukm surardi. Bu hoi arablarga qarshi o'lkamiz 

hududi  xalqlarining  birlashuviga  to'sqinlik  qildi  va  arab  bosqinchilarining 

g'alabasini yengillashtirdi. 

 



 

30 



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish