Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


Bitiruv malakaviy ishning mazmuni



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana18.09.2021
Hajmi0,54 Mb.
#177962
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni

Bitiruv malakaviy ishning mazmuni:  

Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish , 3ta bob, 6ta paragraf,  Xulosa hamda 

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 



 



I-Bob:Arab xalifaligining tashkil topishi 



1.1.Arab xalifaligining tashkil topishi 

Islom  dini  nasorolik  va  buddiy  din  bilan  bir  qatorda  dunyoda  eng  ko‘p 

tarqalgan  dinlardan  biridir.  Hozir  yer  yuzida  musulmonlar,  bir  milliard  400 

million  kishidan  iborat.  Nasorolar  esa  ikki  milliard  200  mln.  Demak,  Islom 

dunyoda  ikkinchi  o‘rinda  turadigan  yirik  dindir.  Jahonning  172  mamlakatida 

musulmonlar  bor.  Xorijiy  Osiyo  mamlakatlarida  510  mln.  musulmon  bo‘lib,  bu 

yer  yuzidagi  musulmonlarning  67,7  foizini  tashkil  etadi.  Shulardan  26,8  foizi 

G‘arbiy  Osiyoda,  46,3  foizi  Janubiy  Osiyo,  27,2  foizi  Janubiy-G‘arbiy  Osiyoda, 

2,7  foizi  Sharqiy  Osiyoda  yashaydi.  Musulmonlarning  eng  ko‘pi  Indoneziya, 

Hindiston, Pokiston va Bangladeshda yashaydi. Musulmonlar Ovro‘po davlatlari, 

Amerika  qit‘asida,  Yaponiyada,  Avstraliya  va  Fiji  orollarida  ham  yashaydi. 

Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida Islom davlat dini deb qabul qilingan. Islom 

so‘zi  arabcha  «Allohga  o‘zini  taslim  qilish,  topshirish,  itoat  etish,  bo‘ysunish, 

hamda  «Islom  dini»  ma‘nolarini  bildiradi.  Shuning  uchun  bu  dinga 

ishonuvchilarni  arabchada  «muslim»  (ko‘pligi-  «muslimun»),  eronliklarda-

«musalmon»,  o‘zbeklarda  -  «musulmon»,  qirg‘iz  va  qozoqlarda  -  «musurmon» 

kabi  nomlar  bilan  atalib  kelmoqsa.  Kishi:  «Lo  iloha  illallohu  Muhammad  ur-

rasululloh» («Allohdan boshqa ma‘bud yo‘q, Muhammad uning payg‘ambaridir») 

iborasini aytgandagini musulmon sanaladi. 

Islom faqat diniy ta‘limot emas, u ma‘lum hayot tarzi, hayotiy qonun-qoida 

na faqat musulmonlar, balki dinga befarq qaraydigan kishilar hayotiga ham singib 

ketgan  diniy  urf-odatlar  majmuasidir.  Odamlar  ular  haqiqatan  Islom  qonun-

qoidalariga to‘la rioya qilganlari uchun musulmon deb atalmaydi, balki ular Islom 

tarqalgan  davlatlarda  tug‘ilib  o‘sganlari,  o‘sha  mamlakatlarning  madaniy  va 

tarixiy  o‘tmishi  Islom  bilan  bog‘langanligi,  oilaviy  va  ijtimoiy  hayotda  yuz 

berayotgan  ko‘plab  voqealar  Islom  diniy  qonun-qoidalari  asosida  olib  borilishi 

tufayli musulmon deb ataladi. 



 

10 


Shunday  buyuk  dinning  asosiy  xalqi  qoloq,  badaviy,  butparast  bo‘lgan 

Markaziy  va  Shimoliy  Arabistonda  vujudga  kelishi  har  bir  musulmon,  hatto, 

musulmon  bo‘lmagan  kishi  uchun  ham  aql  bovar  qilmaydigan  bir  mo‘jizadir. 

Janubiy  Arabistondagi  Yaman  davlati  dengiz  va  quruqlikdagi  savdo-sotiq 

ishlarida  rivojlangan,  Qizil  dengiz  va  Hind  okeani  bo‘ylab  o‘tadigan  kemalar 

to‘xtaydigan,  Suriya  va  Misrdan  karvon  yo‘llari  kelib  taqaladigan  markaz,  suv 

inshootlari  rivojlangan,  yakkahokimlik  hukm  surgan  mamlakat  edi.  Shunga 

qaramasdan,  Islom  Janubiy  Arabistonda  emas,  Markaziy,  G‘arbiy  va  Shimoliy 

Arabistonda vujudga keldi. 

Ko‘chmanchi arablar sahrolarda chodir qurib, shaharliklar faqat savdo-sotiq 

va haj qiluvchilardan tushgan daromad bilan yashaganlar. 

Yarimorolning o‘troq xalkdari orasida qabilachilik tuzumi saqlanib qolgan 

edi.  Qabilalar  mustaqil  bo‘lib,  ba‘zan  qo‘shilib  ittifoq  bo‘lishar,  ba‘zan  tezda 

ajralib ketishardi. 

«Arab»  so‘zini  «sahroyi»  yoki  «ko‘chmanchi»  deb  tushunish  mumkin. 

Tuyakash-badaviy (sahrolik) arablar turmush tarzi juda ibtidoiy bo‘lib, ular Arab 

yarim-orolida  taxminan  eramizdan  oldingi  XI  asrda  paydo  bo‘lganlar,  shuning 

uchun bu yer Arab yarimoroli deyiladi. 

Sahrodan  faqat  tuya  orqali  o‘tish  mumkin  bo‘lgan.  U  250—300  kg  qadar 

yukni  ko‘tarish  qobiliyatiga  ega,  bir  kunda  160  kmga  qadar  yo‘l  bosa  olgan,  bu 

57°  gacha  bo‘lgan  issiqqa  besh  kungacha  suvsiz  yurishi  mumkin  bo‘lgan 

hayvondir.  Tuyakashlik  nihoyatda  rivojlangan  bo‘lsa  ham,  tuya  harbiy  ishlarda 

qo‘llanilmagan  edi.  O‘n  olti  asr  davomida  mahalliy  badaviylar  yarimorolda 

o‘zlarining  hech  qanday  yirik  davlatlarini  tuzmadilar.  Yarimorol  chegarasida 

paydo  bo‘lgan  Nabatiylar  davlati  (106  y.  Rim  imperiyasiga  qo‘shib  olingan), 

Palmira  shaqar-davlati  (uning  gullagan  davri  260  yil  bo‘lgan,  270—273  yillari 

Avrelian tomonidan vayron qilingan) badaviylar tomonidan asoslanmagan. IV—V 

asrlarda rumlar (vizantiyaliklar), eronliklar va yamanliklar asos solgan yana uchta 

davlat  bo‘lgan:  1)  g‘assoniylar,  III  asrda  Janubiy  Yamanda  tashkil  topib  Huron, 



 

11 


Iordaniyaning sharqi, Finikiya, Livan va Falastinni o‘z ichiga olgan, poytaxti Hira 

shaqri  bo‘lgan,  rumliklarga  xizmat  qilgan;  2)  laxmiylar  (602  yilgacha)  ichki 

Arabistonda  vujudga  kelgan;  3)  kindiylar  davlati,  poytaxti  Hazramavt  shahri 

bo‘lgan. 

Arab qabilalari juda ko‘p mablag‘larini o‘zaro urushlarga sarflagan edilar. 

Bu  ularni  nihoyatda  kuchsizlantirib  qo‘ygan  va  Islom  g‘oyasi  tez  tarqalishiga 

imkon tug‘dirgan edi. 

Badaviy  arablarning  moddiy  ahvoli  nochor  bo‘lgan.  Ular  tabiat 

injiqliklariga qarshi kurashishda ojiz bo‘lganlar. Ko‘plab chorva hayvonlariga ega 

bo‘lsalar  ham,  turmush  tarzi  bu  hayvonlarni  uzoq  ushlashga  imkon  bermagan. 

Ba‘zi kuchli qabilalar o‘z yerlaridan o‘tgan savdogarlardan boj olib ham turganlar, 

ba‘zi  badaviylar  esa  Rum  (Vizantiya)  va  Eronga  muhojir  bo‘lib  ketib,  ularning 

qo‘shinida  yollanib  askarlik  qilib  yashaganlar.  Badaviylarcha  yashashning  eng 

yaxshi  yo‘llaridan  biri  o‘troq  dehqonlarni  talash  yoki  boshqa  ko‘chmanchilarga 

hujum  qilish  bo‘lgan.  Bu  holda  chorva  mollari  qo‘ldan-qo‘lga  o‘tib  tursa  ham, 

qabilalar boyligi ko‘paymagan. Buning ustiga tabiat ofatlari ham bo‘lib turgan. 

Adabiyotlarda  yozilishicha,  eramizning  birinchi  ming  yilligida  Arab 

yarimorolida  yog‘ingarchilik  sekin-asta  ko‘payib  borgan.  Bundan  tashqari, 

sahroda  yashovchilar  hokimiyati  kuchsizlanib  qolgan,  madaniy  taraqqiy  etgan 

joylarga  kirib  borish  bilan  ham  o‘z  modsiy  ahvolini  yaxshilashlari  mumkin  edi. 

Boshqacha  aytganda,  aholi  hayotida  iqlim  sharoiti  va  moddiy  sabablarga 

qaraganda  siyosiy  sabablar  katta  rolь  o‘ynagan.  Arab  yarim  orolining  g‘arbida 

Qizil  dengiz  sohillari  bo‘ylab  cho‘zilgan  Hijoz  viloyati  bu  davrda  iqtisodiy 

jihatdan  bir  muncha  rivojlangan  edi.  Bu  yerdan  o‘tadigan  karvon  yo‘li  IV  asr 

o‘rtalarida  janubda  Yaman  orqali  Habashiston  va  Hindistonni,  shimolda  Suriya 

orqali Misr, Vizantiya (Rum) va Eronni bog‘lagan edi. 

Ma‘lumki,  yahudiylik  dini  (iudaizm)  miloddan  avval  bir  minginchi  yillar 

boshlarida  Falastin  (Quddus)da  vujudga  kelgan.  Arabiston  yarimorolida  ko‘chib 

yurgan  yahudiy  qabilalari  miloddan  avvalgi  XIII  asrda  Falastinni  bosib  olib, 



 

12 


yahudiy  davlatini  tuzganlar.  Yahudiylik  ana  shu  qabilalarning  diniy  urf-odati  va 

Falastin  xalklarining  ayrim  e‘tiqodlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  dindir. 

Keyinchalik bu din dunyoning bir qancha davlatlariga tarqalib, hozirgacha yashab 

kelmoqda. 

Nasoro  (xristian)  dini  esa  I  asrning  ikkinchi  yarmida  Rim  imperiyasining 

sharqiy  qismida  yashovchi  yahudiylar  o‘rtasida  paydo  bo‘lgan  va  birinchi  o‘n 

yilliqdayoq boshqa etnik guruhlar orasida tarqalgan. Nasorolikning tez yoyilishiga 

sabab,  u  qullarning,  umuman  ezilgan  ommaning  mavjud  tartib  va  quldorlik 

tuzumiga  qarshi  noroziligani  ifodalagan.  Nasoro  dinining  shakllanishida 

yahudiylikning  ko‘p  g‘oyalari,  qadimgi  sharq  dinlariga  xos  ayrim  tasavvurlar, 

xususan,  sadaqa  berib,  gunohdan  xalos  bo‘lish,  ilohiy  xaloskorlar  haqidagi 

tasavvurlar asos bo‘lgan. 

Bu din Arab yarimoroli xalqlari orasida ham keng tarqalgan edi. Yahudiylik 

Yaman  arablari  o‘rtasida  keng  tarqalgan  bo‘lib,  yahudiylikka  e‘tiqod  qiluvchi 

qabilalar Markaziy va G‘arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham bor edi. 

Nasoro  dini  esa,  asosan,  Arab  yarimorolining  shimoliy  qismida  Suriya, 

Falastin,  al-Jazira  (Mesopatamiya  —  ikki  daryo:  Furot  va  Dajla  oralig‘i)da 

yashaydigan arab qabilalarining ayrimlari o‘rtasida tarqalgan edi. 

Shunday  qilib,  yahudiy  va  nasoro  dinlari  ularning  ayrim  mazhab  va 

oqimlari Islomdan oddin arab qabilalari orasida tarqalgan va yetarli mavqeiga ega 

bo‘lgan. 

Arab  qabilalarini  birlashtirish,  yagona  davlat  tuzish  uchun  ko‘pxudolikni, 

sanamlarga  sig‘inishni  tugatish  va  yakkaxudolik  e‘tiqodi  lozim  edi.  Islomdan 

oldin  hanifalar  (yakka  Xudoga  ibodat  qilishni  targ‘ib  qiluvchilar)  paydo  bo‘lib, 

har  xil  qabila  xudolariga,  but-sanamlarga  emas,  yagona  Xudoga  (Allohga) 

ishonish,  unga  ibodat  qilishga  da‘vat  etgan  edilar.  Qur‘on  va  boshqa  diniy 

asarlarda  Islomdan  avvalgi  davr  «johiliya»  (nodonlik,  johillik)  deb  ataladi.  U 

davrdagi  sanamlardan  bizgacha  yodgorliklar  yetib  kelmagan.  Islomgacha 

makkaliklarning eng muqaddas tavof qiladigan joyi Ka‘ba bo‘lgan. Uning atrofiga 



 

13 


ko‘pchilik  arab  xudolarining  sanamlari  o‘rnatilgan  va  bu  Ka‘bani  umumarab 

muqaddas joyiga aylantirgan. Islomdan keyin uning atrofidagi sanamlar yo‘q qilib 

tashlangan  va  u  musulmonlarning  yagona  tavof  qiladigan  va  unga  qarab  namoz 

o‘qiydigan muqaddas joyiga aylantirilgan. 

Arab yarimorolida taraqqiyot Eron va Yunon — Rim madaniyatiga nisbatan 

ancha  orqada  bo‘lgan,  bunga  qarama-qarshi  o‘laroq,  Misr,  Suriya  va  Iroq  ancha 

taraqqiy  etgan  o‘lkalar  bo‘lgan.  Ammo  qadimgi  Yamanning  taraqqiyot  darajasi 

ancha yuqori turgan, hatto u o‘zining yozuviga ham ega bo‘lgan. 

Islomgacha  bo‘lgan  arablarda  san‘at  obidalari  deyarli  yo‘q  desa  bo‘ladi. 

Ammo she‘riyat keng quloch yoyganligi ma‘lum. Qasida, hajv, vasfiy she‘rlardan 

juda  ko‘p  namunalar  saqlanib  qolgan.  Qasida  arab  she‘riyatida  Muhammad 

(s.a.v)dan  150  yillar  ilgari  paydo  bo‘lgan.  Qasidalarda  qabila  boshliqlari 

maqtalgan,  har  bir  shoir  o‘z  qabilasining  shuhratini  oshirishga  harakat  qilgan. 

Dushman  qabila  boshliqlarini  hajv  tig‘iga  olgan,  ba‘zan  o‘z  qabilasi  va  uning 

boshlig‘ini  ham  qattiq  hajv  qilib,  boshqa  qabilalarga  sotilib  ketgan  shoirlar  ham 

bo‘lgan.  Manbalarda  ko‘rsatilishicha,  Islomgacha  bo‘lgan  she‘riyatning  yirik  bir 

vakili  arab  alifbosining  har  bir  harfiga  qofiyalangan  mingtadan  —  jami  28  ming 

qasidani yod bilgan. Ikkinchi bir kishi hammasining ismi Amr bo‘lgan yuzta shoir 

qasidasini yod bilgan. Arab shoirlari o‘z qasidalarini yozishda san‘at va mahorat 

ko‘rsatganlar. Masalan, arab alifbosining har bir harfiga qofiyalanadigan alohida-

alohida qasida yozish, nuqtasiz harflardan iborat qasida yozish kabilar. 

Albatta,  ko‘chmanchilik  hayoti  madaniy  taraqqiyotga  imkon  bermas  edi. 

Buning  uchun  o‘troq  yashashga  o‘tish  yoki  o‘troq  hayot  kechiruvchi,  taraqqiy 

etgan xalqlar g‘oyasini qabul etish kerak edi. Badaviylar hayotida qatьiy intizom 

yo‘qligi  va  ularda  uzoqqa  mo‘ljallangan  tadbirlarni  ishlab  chiqish  qobiliyati 

yo‘qiigi yarimorolning yangi o‘zgarishlarga o‘tishiga to‘sqinlik qilardi. 

Islomgacha bo‘lgan arablarda qabilalar o‘rtasida o‘zaro to‘xtovsiz urushlar, 

erkaklarning  qirilib  ketishi  natijasida  oiladagi  qashshoqlik,  qiz  tug‘ilsa,  tiriklay 




 

14 


ko‘mib  yuborish,  ichkilikbozlik,  qimor,  qaroqchilik  va  boshqa  juda  ko‘p  yomon 

odatlar avj olgan edi. 

Xuddi mana shunday bir sharoitda, bir qoloq mamlakat - Arab yarimorolida 

Islom  dinining  vujudga  kelishi  va  uni  dunyodagi  siyosiy,  iqgisodiy  jihatdan 

arablarga nisbatan bir qancha ustun turgan davlatlar xalqlari tomonidan tez vaqtda 

qabul etilib, tarqalib ketishi haqiqatan mo‘jiza edi

5



VI asrning oxiri va VII asr boshlarida, ya'ni islom dinining vujudga kelishi 



arafasida  Somiy  qavmiga  mansub  arab  qabilalari  o'rtasidagi  mavjud  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  siyosiy  taraqqiyot  darajasi  bir  xil  emas  edi.  Yamanda  savdo-sotiq 

rivojlanib,  ilk  davlatchilik  belgilari  shakllanayotgan  bir  paytda,  yarimorolning 

shimoliy qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi saqlanib 

qolgan  edi.  Sahrolarda  ko'chmanchi  chorvachilik  bilan  hayot  kechirayotgan  arab 

qabilalari  esa,  hatto  patriarxal  urug'chi-lik  tuzumining  ilk  bora  yemirilish 

bosqichida  turardilar.  Aytmoqchimizki,  Arabiston  yarimorolida  yashagan 

qabilalarning  asosiy  ko'pchiligi  ularga  qo'shni  yashagan  Misr,  Vizantiya,  Eron, 

Mesopotamiya  kabi  qadimiy  madaniyat  markazlariga  qaraganda  tarixiy 

taraqqiyotning ancha quyi bosqichida bo'lib, orqada qolgan edi

6



Arabiston  yarimorolining  g'arbiy  qismida,  Qizil  dengiz  sohillarida, 



geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom olgan tuman bu davrda 

iqtisodiy  taraqqiyotda  birmuncha  ilgarilab  ketgandi.  Karvon  savdo  yo'llari  bu 

hududni  janubda  Yaman  orqali  Habashiston  va  Hindiston,  shimolda  Shom  yurti 

(Suriya) orqali Misr, Vizantiya va sosoniylar Eroni bilan bog'lar edi. O'z davrida 

katta,  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  bu  hududning  markazi  Makka  shahri 

bo'lib,  bu  yerda  yoz  va  qish  fasllarida  katta  karvonlar  tashkil  etilgan  (tarixchi 

Tabariy  bergan  ma'lumotlarga  qaraganda  ba'zan  bu  karvonlar  2000  tuyagacha 

yetgan).  Bu  karvonlarning  shimolga  va  janubga  yuborilib  turgani  haqida  Qur'oni 

Karimning  106-«Quraysh»  surasida  qayd  etiladi

1

.  Savdo  karvoni  yo'lida 



                                                 

5

 Хожи Исматуллох Абдуллоҳ. Марказий Осиёда ислом маданияти. Т., ―Шарқ‖, 2005. 



6

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 127-bet. 




 

15 


joylashgan  Makkadan  tashqari  yana  Yasrib  (keyinchalik  Madina),  Toif,  Xaybar 

kabi shaharlar ham rivojlanib, kengayib, ahamiyati oshib  bordi  va  VI  asrlarga  

kelib      gavjum    savdo    markazlariga  aylandilar.  Albatta bu  davrda  Makka  shahri 

bilan biror-bir sohada bo'lsin raqobatlashadigan savdo markazi hali yo'q edi. Arab 

qabilalari  o'rtasida  Makkaning  diniy  markaz  sifatida  ham  o'rni  ancha  yuqori 

bo'lgan. Islomshunos olim A.Hasanov o'z kitobida «Makkadagi Zam-zam qudug'i 

qadim zamonlardan beri atrofdagi ko'chmanchi qabilalar va o'tkinchi savdogarlar 

e'tiborini  qozongan.  Nihoyat,  rivoyatlarga  qaraganda,  Makkada  qurilgan  birinchi 

bino—  Ka'ba  bora-bora  arablarning  muqaddas  joyiga  aylanganini  hisobga  olsak, 

Makkaning  shuhrat  qozonishi  uchun  omillar  yetarli  bo'lganini  ko'ramiz»,  deydi. 

Qur'onning  108-«Alkavsar»  (chashma,  buloq)  surasida  arablarning  Ka'ba 

ziyoratiga kelib, qurbonlik so'yish odatlari (526-bet) o'z ifodasini topgan.  Xullas, 

Makka shahri arab qabilalarini birlashtirishda markaziy o'rinni tuta bordi. Chunki 

V-VI asrlarda arab qabilalari ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlashar, goh 

tarqalib, parchalanib ketar, qabilalar o'rtasida tez-tez nizolar kelib chiqardi va shu 

asnoda  urushlar  bo'lib  turardi.  Negaki,  har  bir  urug',  qabila  turli  dinlarga  — 

xristianlik,  otashparastlik  kabilarga  sig'inar,  ularning  har  birining  o'z  xudosi,  o'z 

payg'ambari  bo'lardi.  Ko'pxudolilik  va  ko'ppayg'ambarlilik  negizida  tez-tez  kelib 

chiqadigan  va  sodir  bo'ladigan  urug'lar  va  qabilalar  o'rtasidagi  urushlar  xalq 

ommasining  noroziligini  kuchaytirib  borar,  arab  qabilalari  o'rtasida  borgan  sayin 

birlashishga  intilish  ishtiyoqi  kuchayardi.  Kuchli  urug'  jamoalar  ibodatxonasi  va 

ular sig'inadigan, topinadigan qadamjolarning ahamiyati osha borardi. Ojiz urug'-

qabilalar  topinishi  va  xudolari  haqidagi ta'limotlar  tobora  o'rtadan  surib  chiqarila 

boradi. 


Muhammad  alayhissalom  g'oyaviy  ta'limotining  asosini  tashkil  etgan 

yakkaxudolilik islom diniga qadar ham bo'lgan. Muhammad alayhissalom davrida 

ham bu g'oyani bayroq qilib kurashganlar bor edi. Jumladan, A. Hasanov «Makka 

va  Madina  tarixi»i  kitobida  payg'ambarlikni  da'vo  qilganlar  jumlasiga: 

«Yamomada — MusaylimaYamanda — AsvadMarkaziy Arabistonda — Sajjoh 



 

16 


ismli  bir  ayol  vaTulayxa,  Madina  (Yasrib)da  Ibn  Sayyod  kiritadi.  Muhammad 

alayhissalom yo'li g'alaba qozongach, faqat uning nabiyligi (payg'ambarligi) e'tirof 

etilib,  boshqalari  esa  musulmon  tarixchiligida,  mutanabbiylar  (ya'ni  soxta 

payg'ambarlar)  deb  nom  oladilar.  Islom  dinida  payg'ambar  hisoblangan 

Muhammad  alayhissalom  570-yil  27-avgustda  Makka  shahrida  Quraysh 

qabilasining  Hoshimiylar  xonadonida  dunyoga  keladilar

7

.  Hoshimiylar  xonadoni 



Quraysh 

qabilasining 

nufuzli 

oilalaridan 

biri 

bo'lgan. 



Muhammad 

alayhissalomning  bobolari  Abdulmutallib  Makkadagi  Ka'ba  ibodatxonasi 

kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo'lgan. Ota-onalaridan juda yosh yetim qolgan 

Muhammad  alayhissalom  dastlab  bobolari,  so'ng  amakilari  Abu  Tolib  qo'lida 

tarbiya oladilar. Amakilarining maslahatiga ko'ra badavlat savdogar ayol Xadicha 

binti  Xuvaylidning  savdo  ishlariga  boshchilik  qiladilar  va  25  yoshlarida  unga 

uylanadilar, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar

8



Muhammad  alayhissalom  bir  necha  yillar  mobaynida  diniy  tafakkur  va 

ibodat  bilan  muttasil  shug'ullanganlar,  taqvodorlik  bilan  hayot  kechirganlar.  U 

kishi  har  doim  Makka  yaqinidagi  Xiro  g'origa  borib  ibodat  qilganlar,  oziq-ovqat 

va  suv  olib  ketib,  g'orda  bir  necha  kunlar  qolib,  ibodat  qilish  odatlari  bo'lgan. 

Diniy  manbalarda  ta'kidlanishicha  Muhammad  alayhissalomga  payg'ambarlik  40 

yoshga  to'lganda  nasib  etadi.  Bu  610-yilga  to'g'ri  keladi.  Vahiyning  boshlanishi 

to'g'risida  «Sirat  ur-Rasululloh»  asarida  keltirilgan  rivoyatga  qaraganda, 

Muhammad alayhissalom Xiro tog'ida tunab qolgan kechalaridan birida osmondan 

nido  kelgan.  Farishta  Jabroil  «O'qi»  deb  buyurgan.  «Men  o'qishni  bilmayman», 

deb javob berganlar Muhammad alayhissalom. Jabroil u kishini ko'tarib bir siqib 

qo'yadi-da,  yana  «O'qi»,  deydi.  Hech  joyda  ta'lim  olmagan  Muhammad 

alayhissalom «Men o'qishni bilmayman», deb yana javob qaytaradilar. Shu holat 

uchinchi marta takrorlangach, Jabroil alayhissalom unga ko'rsatib turgan «Alaq» 

surasi  avalidagi  bir  necha  oyatlarini  o'qib  unga  eshittiradi  va  bu  oyatlar 

                                                 

7

 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 128-bet. 



8

 O‘sha joyda. 




 

17 


Muhammad alayhissalom qalbida o'rnashib yod bo'lib qoladi. Bu holatdan qo'rqib 

vahimaga  tushgan  Muhammad  alayhissalom  titragan  holda  ayollari  Xadicha 

oldiga  keladilar  va  bo'lgan  voqeani  bayon  etadilar.  Xadicha  u  kishini  yupatib, 

taskin beradi: «Sizni hech qachon Alloh xor etmaydi.  Chunki siz qarindoshlarga 

mehribon,  kambag'alga  yordam  beruvchi,  odamlar  mashaqqitini  oson  qilguvchi 

kishisiz».  deydi.  U  kishi  Muhammad  alayhissalomni  Injil  ilmini  yaxshi  bilgan 

nasroniy  dinidagi  amakisining  o'g'li  keksa  Varaqa  ibn  Navfal  huzuriga  boshlab 

boradi.  Bo'lgan  voqeani  unga  bayon  etadilar.  Shunda  Varaqa  xursand  bo'lib,  bu 

Muso alayhissalomga kelgan farishta ekanligini aytadi. 

Muhammad  alayhissalom  hayotida  birinchi  ro'y  bergan  vahiy  hodisasining 

vaqti  haqida  barcha  ilk  islom  manbalaridagi  ma'lumotlar  Qur'onning  97-«Qadr 

surasi»dagi  ma'lumotga  asoslangan.  U  «Laylatulqadr»  kechasi  deb  ataladi. 

Tarixda  bu  kecha  hijratdan  12  yil  ilgari,  ramazon  oyining  26-sidan  27-siga  o'tar 

kechasi  —  milodiy  hisob  bilan  610-yil  15-dan  16-avgustga  o'tar  kechaga  to'g'ri 

keladi. Dunyodagi barcha  musulmonlar bu  kechani toat-ibodat bilan  o'tkazadilar. 

Muhammad  alayhissalom  yakkaxudolikka  asoslangan  islom  dini  g'oyasini  xalq 

o'rtasida  tashviqot  va  targ'ibot  qilishni  boshlaganda  juda  katta  qarshiliklarga  va 

to'siqlarga  duch  kelgan.  Uning  targ'ibotiga  ishonib  islomni  birinchilar  qatorida 

qabul qilganlardan Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-Rahmon ibn 

Avf,  Zubayr  ibn  Avom,  Amir  Hamza,  Usmon  ibn  Affon  va  boshqalardir. 

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom ta'limotiga qurayshlarning ummaviylar 

xonadoniga  mansub  bo'lgan  va  Makkada  siyosiy  hokimiyat  tepasida  turgan 

zodagonlar  qattiq  qarshilik  ko'rsatganlar.  Ikki  o'rtada  ziddiyat  g'oyat  darajada 

keskinlashgach,  ma'lum  davrlardan  beri  Muhammad  alayhissalom  diniga 

sodiqlikda  boigan  va  Makka  hukmronlari  bilan  raqobatlashib  kelgan  Yasribdagi 

Avs va Hazraj qabilalari bilan muzokaralar olib borgan Muhammad alayhissalom 

u  yerga  ko'chib  boradilar.  Hijrat  (arabcha  ko‘chish)  deb  atalgan  mazkur  voqea 

622-yil  24-sentabrda  yuz  bergan.  Makkadan  Yasribga  ko'chib  borganlar  islom 

tarixida  «muhojirlar»  (ko'chib  kelganlar),  islomni  qabul  qilgan  yasribliklar  esa 



 

18 


«ansorlar» (yordamchilar) deb nom oladilar. Shu davrdan e'tiboran Yasrib shahri 

Madina  (payg'ambar  shahri)  nomi  bilan  ataladigan  bo'ldi.  Musulmon  yil  taqvimi 

ham ana shu sanadan boshlanadi. Keyinchalik islom adabiyotda Makka va Madina 

islomning  muqaddas  markazlari  sifatida  «Makkayi  Mukarrama»  va  «Madinayi 

Munavara»  deb  ataladigan  bo'ldi.  623-630-yillarda  Muhammad  alayhissalom 

Makka  shahri  uchun  bir  necha  bor  o'z  raqiblariga  qarshi  urushlar  olib  bordi. 

Nihoyat 630-yilda Makkaga 10 ming kishilik qo'shin bilan bosib borildi va Makka 

sardori  Abu  Sufyon  nochorlikdan  taslim  bo'lib,  islom  dinini  qabul  qildi.  Uning 

o'gli  Muoviya  Payg'ambarning  noiblaridan  bin  bo'ldi.  630-yilda  Muhammad 

Arabistonning  ayrim  mintaqalarida  paydo  bo'lgan,  soxta  payg'ambarlar  ustiga 

yurishlar qilib, butun  boshli  Arabiston  yarimorolini  egallab, kuchli davlatga  asos 

soladi


9

.  Bu  davlat  Yamandan  Sino  yarimoroligacha,  Qizil  dengiz  sohillaridan 

Markaziy  Qum  sahrosigacha  cho'zilgan  yerlarni  o'z  ichiga  olar  edi.  632-yil  25-

yanvarda  Makkayi  Mukarramaga  so'nggi  hajga  safar  qilgan  Muhammad 

alayhissalom haj safaridan so'ng qattiq betob bo'lib qoladilar. U kishi betobligida 

Ka'ba  masjidiga  imomlikni  o'tashni  qaynotalari  Abu  Bakrga  topshiradilar  (622-

yilda  Xadicha  vafotidan  so'ng  Abu  Bakraing  qizi  Oyshaga  uylangan  edilar). 

Muhammad alayhissalom o'limi oldidan quyidagilarni aytgan ekanlar: «Dunyoda 

barcha  insonlar  barobardir.  Nasab,  rang  yoki  irq  o'z-o'zicha  insonni  yaxshi  yoki 

yomon  etolmagay.  Men  sizga  uch  narsani  meros  qoldirdim:  bular  —  mening 

oilam,  Qur'oni  Karim  va  ko'rsatgan  ibratlarimdir.  Shularni  mahkam  tutsangiz, 

hech qachon kam bo'lmaysiz». 

 

                                                 



9

 Qarang: Vatan tarixi. 131-bet. 




 

19 



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish