Baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi fazilatli jamoadir.
Baxtga erishish maksadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu
tartibda barcha xalqlar baxtga erishmoq uchun bir-birlariga yordam bersalar,
Hap bir inson o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashashi, oliy
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lishi uchun insonlar
salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloq-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan
O‘sha davrdagi eng mashhur ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bag‘dodda
ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan. Xalifa Al-Ma‘mun (813-833 yillar), Al-Mutasim
(833-842) va Al-Vosiq (842-847) davrlarida Sharqning dastlabki akademiyasi -
«Bayt-ul hikma»da Xorazmiy rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari
65
bilan bir qatorda Axmad Farg‘oniy, Axmad ibn Abdulloh, Marvaziy kabi O‘rta
Osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar.
Xorazmiy o‘zining tabiiy fanlar sohalaridagi ilmiy faoliyati bilan ilg‘op
ijtimoiy-falsafiy tafakkurga yo‘l ochdi. U «algebra» va «arifmetika»larning
muallifidir. Matematikada abstraksiya tushunchasini kengaytirdi, induksiya yo‘li
bilan umumiy yechish usullarini hal qildi. «Algoritm» iborasi ham uning taxallusi
bilan bog‘liq.
Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlaridan biri— «Aljabr val-
muqobala» risolasidir.
«Kitob surat al-arz» («Yerning surati») nomli geografiyaga oid noyob
asarida yuzlab muhim joylar va tog‘larning geografik tafsiloti berilgan, daryolar,
dengizlar va ummonlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim
belgi jihatlari bayon qilingan.
Xorazmiy Bag‘dod rasadxonasida o‘tkazgan kuzatishlari asosida yangi
«Astronomik jadvallar» tuzgan, bu asar XII asrda lotin tiliga tarjima qilinib, bir
necha asr davomida undan foydalanilgan.
827 yili Xorazmiy rahbarligida Yer kurrasining hajmini aniqlash maqsadida
Yer meridianining bir gradusi o‘lchab chiqilgan.
Xorazmiyning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari to‘g‘risida
risola», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi» kabi asarlar yozgani ham ma‘lum.
XIX asrning mashhur matematigi va tarixshunosi, fransuz olimi P. Tanneri
shunday deb yozgan: «Xorazmiy asarlari... g‘arbda matematika sohasidagi
ko‘pgina kashfiyotlarning manbai bo‘lib xizmat qildi. Shuning uchun ham
Xorazmiy nomi Ovrupoda abadiylashib qoldi»
33
.
Yuqorida aytganimizdek, Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi tufayli bu
yerda juda ko‘p mahalliy Islom olimlari-hadisshunos (muhaddis), Qur‘on
tafsirshunoslari (mufassir) va Islom dini qonun-qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari bilan
shug‘ullanuvchi yuzlab mashhur, Islom dunyosi tan olgan olimlar yetishib
33
Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 158-bet.
66
chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o‘zlarining ulkan hissalarini
qo‘shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki xalqi shu
dinni qabul qilgan davlatlardagi diniy madrasa va institutlarda asosiy qo‘llanma
sifatida o‘qitilib kelmoqsa. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon dunyosi
miqyosiga ko‘targan mashhur olimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: