II-Bob:Arab-musulmon madaniyatining jahon tarixida tutgan o’rni
2.1.Arab-musulmon madaniyatining vujudga kelishi, madaniyatning
ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni
XII-XIII asrlarda Movarounnahr, Xuroson va Eronga olamshumul va
keng qamrovli madaniyat, ilm-fan, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, badiiy fikrning
rivojlanishi, yuksak darajada ko‘tarilishi uchun bir qancha kulay tarixiy va
ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar mavjud edi. Bir tomondan, ma‘lumki xalifa
davrida markazda aql va idrok tarafdorlari, kadariylar, mutaziliylar,
tabiatshunoslar, erkin fikrlovchi olimlar, faylasuflar, bidьatchi mazxablar
tarafdorlari rasmiy diniy mafkuraning ta‘qibiga uchragan edilar. Mutavakkilning
maxsus buyrug‘i bilan avval Qur‘on nurrisidagi har qanday bahslarga chek
qo‘yilgan bo‘lsa, keyinchalik Qur‘onni yaratilgan deyishga jur‘at etadigan har
qanday kishi kofir va o‘limga mahkum deb e‘lon qilingan edi. Arastu falsafasiga
tabiatshunoslik fanlari va mantiqni o‘rganishga qarshi qaratilgan edi. Bu fanlar
ilohiyotchilar fikricha mutaziliylar, tabiatshunos olimlar va faylasuflarning diniy
mavqeyidan turib talqin qilishlarining va erkin fikrlilikning kuchayishining bosh
sababchilari edi. Shuning uchun ham ular Arastu va uning musulmon
izdoshlarining falsafa, mantiqqa doir asarlarini, sharh va tadqiqotlarini yig‘ishtirib
oldilar, omma oldida namoyishkorona yengdirdilar, ularning o‘zlarini ta‘qib va
quvg‘in qildilar, zindonlarga tashladilar. Diniy mazhablar, falsafiy ta‘limotlar
bilimdoni Shaxrizuriy bunday deb yozadi: "Falsafa - bu buzilish va
aqlsizlik manbaidir, oqyalik va adashishiiing asosidir, dindan chiqaradigan va
bid‘atga yuz to‘tiladigan joydir. Mantiq esa falsafa ostonasidir, yomonlik
ostonasi yomonlikdir
14
. Shuning uchun ham uni o‘rganish va undan ta‘lim
berishga qozikalom tomonidan ruxsat yo‘q. Mantiq so‘zlaridan shariat asoslarini
o‘rganishda foydalanish esa kechirib bo‘lmaydigan qabihlikdir... Sulton
musulmonlarni bu shaytonlarning yomonligidan himoya qilishi, ularni
14
Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 13-bet.
31
maktablardan chetlashtirishi, surgun qilishi, ularning hunari bilan kimki
shug‘ullansa, ja‘zolanishi kerak, agarda kimda-kim faylasuflar aqidalariga
ochiqdan-ochiq e‘tiqod qilsa, ularni o‘ldirish yoki bo‘ysinishga majbur qilish
kerak, toki ularning fanlaridan asar qolmasin". Shu davrlardan boshlab, xalifalik
markaziy nohiyalaridagi madaniyat, ilm-fan, falsafa, dunyoviy adabiyot va san‘at
ahli, me‘morlar, muhandislar, hattotlar, hunarmandlar tohiriylar, safforiylar,
somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr, Xuroson va Eronga ko‘cha
boshladilar.
Boshqa tomondan esa, nisbatan mustaqil siyosat yurgazayotgan tohiriylar,
saffariylar va somoniylar ba‘zi tushunarli siyosiy va mafkuraviy mulohazalar bilan
madaniyat, ilm-fan, falsafani rivojlantirish, hind, Yunon fani, falsafasidan
tarjimalar qilish, qo‘lyozmalar ko‘chirtirish, ularga oid tadqiqotlar yozish,
rasadxona va xastaxonalarda, kimyogarlarning tadqiqotlar va tajribalar
o‘tkazishlari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berish, bu ishlar bilan
shug‘ullanadigan kishilarni har tomonlama pag‘batlantirishga imkon berdilar. Ular
diniy-falsafiy, bidьatcha maslahatlar, mazhablar va oqimlarga nisbatan sabr-
toqatlilik, betaraflik, keng fikrlilik, kelishuvchilik va hatto xayroxohlikdan iborat
"ma‘rifatparvar hokimi mutlaq" siyosatini yurgizar edilar.
Tohiriylar sulolasining asoschisi Xalifalik markaziy armiyasining Bosh
qo‘mondoni Amir Tohir ibn al-Husayn o‘z o‘g‘li mamlakati, davlati va xalqi
farovonligi, madaniyati, ma‘rifati, ravnaqi yo‘lida ilm-fan, falsafa bilan
shug‘ullanish ma‘lumot olishning barcha eshiklarini barchaga barobar qilib ochib
qo‘yishni maslahat beradi. "Olimlar bilan ko‘prok birga bo‘l, ular bilan
maslahatlashib tur va doimiy muloqotda bo‘l- deb yozadi Tohir o‘z o‘g‘liga.
Umuman mazkur vasiyatnoma arab-musulmon madaniyatining o‘ziga xosligini,
bu madaniyatning ijtimoiy zaminlari aholining juda keng qatlamlari, tabaqalari
hayoti, turmush tarzi va ruxiy olamini qamrab olganligini, uni aks ettirishi, undan
kelib chiqishi, unga bog‘liqligi, ratsionalizm va insonparvarlikning eng oliyjanob
ezgu, ma‘naviy qadriyatlar sifatida yuksak nufuzga ega ekanligini, ilm-fan va
32
insonning erkin irodasi va aqliga sig‘inish bilan, maktab, madrasa tahsilining
nihoyatda dunyoviy va demokratiik ma‘rifatparvarlik, insonparvarlik
yo‘nalishiga ega ekanligi, yuksak nazariy va metodik darajada tashkil
etilganligini yaqqrl ko‘rsatadigan daqiq bir tarixiy hujjatdir.
Amir Tohir o‘z o‘g‘li Abdullohga samimiy bir mo‘min musulmon
bo‘lishini, Olloh ta‘lo Qur‘onda va Rasul akram Muhammad s. a. v. ning
Hadislardagi ko‘rsatmalariga sidqidillik bilan ri‘oyat qilishni uqdiradi. Va ayni
paytda podshoman deb kekkayish", - "menga hokimi mutlaqlik ato qilingan,
mening amrim vojib, xohlaganimni qilaman" - deb o‘zingdan ketishdan o‘zingni
saqla degan o‘gitni beradi. "Ayniqsa beva-bechoralar, haksiz soliqlar borasida o‘z
arz-dodini senga yetkazsh yo‘lini topa olmaydiganlar, ojizu-notavon, zabunlar,
o‘z haqin qanday ajratib olishni bilmay yurganlar xolidan xabardor bo‘l...
Baxtsizlikka duchor bo‘lgan yetim-yesir, bevalar haqida g‘amxo‘rlik qil, ularga
davlat xazinasidan maosh tayin qil. Kasallarga ular orasida Qur‘onni yaxshi
biladigan, uning ko‘p poralarini yod olganlarga davlat xazinasidan nafaqa puli
ber. Og‘ir xastalikka duchor bo‘lgan musulmonlarga alohida boshpana uylar
bergin. Ularga qarab turadigan kishilarni va ularning kasallarini davolaydigan
ularning barcha injiqliklarini ko‘taradigan va ado qila oladigan tabiblarni tayinla,
zero bu ishlar davlat xazinasini sovurish va isrof bo‘lishiga ol yezovtaliklar
keltiradi, uning tinchligi, oromi va osoyishtaligining buzilishiga olib keladi. Biroq
bu dunyoda xayrli ish qilish burchini unutmagan, va buning uchun u dunyoda
qanday-savob kuta olishni yaxshi bilganligi tufayli adolatni amalda ro‘yobga
chiqaruvchi bilan faqat taqvodorlik qilayotgan va shu bilan Olloh ta‘olo ib
kelmaydi
15
.
Demak, Amir Tohir, eng xudojuy ish taqvodorlik, uzlatga ketish zmas, balki
jamiyatda adolat o‘rnatish, xalqqa g‘amxo‘rlik qilish, yer yuzidagi hayotning
mohiyatini insonparvarlik nuqtai-nazaridan tushunishni hamma narsadan yuqori
qo‘yadi. Shunisi xayratli va ibratomuzki, Amir Tohir o‘zining arab
15
Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 15-bet.
33
xalifaligining markaziy hokimiyatga qarshi zimdan olib borgach qarshi siyosatini
yurgizishda o‘z xalqi unga qanday madad berganligini doimo yodda
chiqarmagan. Shuning uchun ham u xalqning ahvolini qisman yengillatish bilan
cheklanmasdan jamiyat, davlatning ravnaqi xalqning naqadar emin-erkin
yashashida boyib-kuchayib, gullab-yashashi uchun sharoit yaratib berishida,
uning malumot darajasini ko‘tarishida, maktab, madrasa, ilm-fan, ma‘rifat
eshiklarini aholining barcha tabaqa, qatlamlari uchun lang ochib qo‘yishidadir,
degan uzoqni ko‘zlagan xulosaga keladi.,, Ilm-fan eshiklarini xoslarga ham,
omilarga ham birdek ochib qo‘yish lozim, ilm fanning o‘zi johillar qo‘lida
qolmagay - degan edi ma‘rifatparvar amir.
Amir Tohir vasiyatnomasi podshozodalar uchun istisno xolni ifodalamay,
o‘sha davr jamiyatida ma‘rifat, bilim olish ilm-fan bilan shug‘ullanishga intilish
jamiyatning ancha-muncha keng qatlamlari uchun hayotiy zaruriyatga
aylanganligini,hatto aholining anchayin nochor, masalan beva-bechoralar ham ilm
olishga intilganliklari va eng muhimi o‘sha davr jamiyati sharoitlarida bunga
moddiy va boshqa imkoniyatlar topa olganligini ham ifodalaydi. Akademik V. V.
Bartolьd o‘zining "Mo‘g‘illar bosqini davridagi Turkiston" nomli mashhur asarida
yuqoridagi masalaga o‘rta asr manbalari asosida batafsil to‘xtalib, qishloqda
yashovchi bir bevaning ikki o‘g‘lini Samarkand madrasalariga o‘qishga yuborib,
ularning butun Madrasa tahsili davomida o‘qishini o‘zining tikuvchilk kasbidan
tushgan daromadi bilan ta‘minlab tura olganligi to‘g‘risida xabar beradi.
O‘rta asr mualliflari qoldirgan ko‘pgina manba‘larda xalifalik markaziga
ketib qolgan ko‘pgina Movarounnahr va Xurosonlik olim, faylasuflarning
tohiriylar, somoniylar va keyinroq xorazmshohlar tomonidan maxsus chaqirib
olib kelinganliklari va ularning o‘z vatanlaridagi islomdan oldingi madaniyat, ilm-
fan va falsafa ravnaqini va mahaliy ilmiy-falsafiy an‘analar, maktablarni qaytadan
tiklashda qatnashganliklari, jonbozlik ko‘rsatganliklari to‘g‘risida xabarlar
beriladi. Xususan Nizomiy Aruziy Samarqandiy(XP) ,Roziy va Forobiy tohiriylar
va somoniylar tomonidan chaqirib olib kelinganliklari, o‘z yurtlarida ilm-
34
fanni, falsafani o‘rganishni kuchaytirishda, islomdan oldingi mahaliy ilmiy-
falsafiy va madaniy an‘analar, maktablarni qaytadan tiklash va ravnaf
toptirishida favqulodda rolь o‘ynaganliklari haqida xabar beradi . Beruniy va Ibn
Sino kabi mutafakkirlar butun hayotlari davomida Movarounnahr, Xuroson va
Eron xududida yashab, o‘z ilmiy va falsafiy maktablarini yaratdilar
16
.
Somoniylar "Sharq Arastusi" - O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining arab-
musulmon madaniyati, fani va falsafasiing asoschilaridan biri Turkistonlik buyuk
faylasuf Abu Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn O‘zlag al-
Forobiy at-Turkiy(873-950yy. )ni ham Damashqlikdalik paytida chaqirtirib olib
kelganliklari to‘g‘risida ba‘zi ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Mazkur
ma‘lumotlarga ko‘ra qadim inson falsafasidan qilingan ko‘pgina tarjimalar, ularga
yozilgan sharhlar nihoyatda qiyin tushuniladigan va o‘zaro ziddiyatliklari tufayli,
ularni maxsus tahrir kilib, muayyan nuqtai-nazardan talqin qilib berish uchun
somoniy amirlardan biri Forobiyni Buxoroga taklif etgan. Forobiy ana shu tahrir
jarayonida dunyoga mashhur " Ikkinchi ustod"(al-muallim-us-sani-ya‘ni
Arastudan so‘ng insoniyatning ikkinchi ustozi) ta‘limi "at-Ta‘lim -us-sani"
("Ikkinchi ustod ta‘lim")ni qadimgi Yunon, Arastu falsafasining eng to‘g‘ri,
muxtasar bayonini yozgan
17
.
Agarda biz, mazkur voqe‘adan qariyib 70-80 yillar o‘tgach, ash-Shayx-ur-
Rais Ibn Sinoning Arastuning eng Fundamental shoh asari "Mo ba‘ad at-
tabiyya"(ya‘ni "Tabiatdan so‘ng keladigan narsa haqida" - "Meta-fizika)ni
Forobiyning "At-Ta‘lim-us-sani" asari yordamidagina tushuna olganligi
to‘g‘risidagi o‘z tarjimai-holidagi ochiq e‘tirofiga diqqat qilsak, Forobiyning
ilmiy, madaniy, falsafiy qarashlari ayniqsa uning Fozil shahar (al-Madinat-ul-
Fozila), Komil inson (al insani Kamil)to‘g‘risidagi siyosat madaniyatiga oid
ta‘limotlarining butun o‘rta asr Turkiston jahon fani falsafasi, madaniyati va
16
Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 17-bet.
17
O‘sha joyda.
35
san‘ati taraqqiyotiga qanchalik kuchli, sezilarli ta‘sir ko‘rsatganligini tasavvur qila
olamiz.
Albatta tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar-xorazmshohlar va bosh
hukmdorlar o‘zlarining "marifatparvar hokimi mutlaq" siyosatlarini
yurgizishda eng avvalo o‘zlarining sinfiy-tabaqaviy manfaatlarini o‘z
hukmronliklarini har tomonlama mustahkamlash, ko‘klarga ko‘tarib maqtash, o‘z
kudratlarini boshqalarga namoyon qilish, keng xalq ommasini bu
qudratdan qo‘rqish hayiqib turishiga o‘rgatishni ko‘zlaganlar. VSh-XIII asrlarda,
yuqorida ta‘kidlab o‘tilgandek, rivojlangan feodal jamiyat, yirik shaharlar,
savdo markazlari vujudga kelib, ular dunyoviy madaniyat, ilm-fan falsafiy fikr
san‘atu-xalq hunarmandchiligi va amaliy san‘ati keng ko‘lamda rivojlanishi
uchun imkoniyat beradigan ijtimoiy va ma‘naviy taraqqiyot o‘choqlariga
aylangan edilar. Ana shunday o‘ziga xos markazlar Xalab, Harron, Kufa, Basra,
Damashq va Bag‘dodda ham Buvayxiy va Kakvayxiylada xukum surgan Balx,
Hamadon, Seiston, Mozandaronda ham , Jurjon, Ray, Nishopur, Tus, Marv,
Omulda ham, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz, Shosh, O‘tror,
Farob, Axsikat, O‘zgan, Taroz, Bolosog‘un, Korashahar, Qopaqurum va
umuman Qoshg‘arning eng uzoq va chekka joylarida ham paydo bo‘lgan edi .
Yagona din, til, madaniyat, turmush tarzi, tafakkur usuli, umuminsoniy, axloqiy
qadriyatlar juda keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, jonli va harakatchan
arab-musulmon jamiyati asosan mana shu biz qarab chiqayotgan YIII-XIII asrlar
oralig‘ida vujudga kelgan edi. Bularga Xitoy, Hindistonning ichkarisiga va
dengiz sohillaridagi port shaharlarida vujudga kela boshlagan musulmon
savdo va ma‘rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi koloniyalarni, janubiy Afriqo
bo‘ylarida Yashil Burun, Tajan qabilalarni, Kordova, Sevilьya, g‘arbiy
Fransiya, Portugaliya, Sitsiliya, Kipr, Bolqon va Qrimdagi, Qipchoq dashtlari,
Kavkaz, Oltin O‘rdadagi Saroy va boshqa Sibirь savdo sotiq markazlarini,
nihoyatda avj olib ketgan dengiz sayohatchiligi, umuman dengizchilik ishlari,
kemalar qurish san‘ati, texnikasini qo‘shadigan bo‘lsak YIII-XIII asrlardagi arab-
36
musulmon madaniyati va sivilizatsiyasini yuzaki bo‘lsada tasavvur qilish
imkoniyatiga zga bo‘lamiz. Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot,
madaniyat, sivilizatsiya taraqqiyotining jug‘rofiy etnik yoki ijtimoiy asoslarini
kengaytirib qolmay, bu madaniyatni g‘oyaviy-nazariy jihatdan yangicha
bosqichga ko‘tarilishiga, tamomila yangicha sof ilmiy-texnik maqsad va
qiziishlarga sig‘inadigan, bunday qadriyatlarni tushunadigan va ulardan bahra
oladigan ancha-muncha ozod, erkin va keng fikrlaydigan, fan, falsafa,
badiiyat va madaniyat- san‘at qudrati, kuchini soxta qadriyatlar uchun emas,
balki Inson manfaatlari va maqsadlari yulida, uning sha‘ni va aqlu-zakovotiga
to‘g‘ri keladigan qilib foydalana oladigan kishilarni tarbiyalash zaruratiga olib
keldi
18
.
IX asr oxirlarida Nishopur, Marv, Rayda, X asr boshlarida Buxoro va
Samarqand kabi shaharlarda o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib o‘rta-maxsus va
Oliy ta‘limniig eng dastlabki shakli, K. Marks iborasi bilan aytilganda "o‘rta
asrlarning dorilfununlari" bo‘lmish madrasalar (diniy, dunyoviy, shaxsiy)
vujudga keldi. Madrasalarning masjidlardan farqi o‘zining ko‘pincha dunyoviy
va uzoqni ko‘zlab qo‘yilgan maqsadlarga - maxsus oliy malakali
mutaxasislarni tayyorlashni ko‘zda tutib qurilganligi bilan bilinar zdi. Bundan
tashqari har qanday o‘rta darajadagi Madrasa ilmiy, diniy-axloqiy, huquqiy va
boshqa ijtimoiy masalalarni erkin, johillikdan xoli yuksak nazariy darajada
muhokama, tahlil qilishni mazkur masalalar yuzasidan boshqa diniy
mazxablar, ilmiy-falsafiy maktablar vakillari bilan ochiq munozaralar olib bora
olish yuksak malakali ustodlardan aniq va har taraflama mukammal javob ola
bilishni ko‘zlab turli olim,fozillar, axloqshunoslar, diniy mazxablar, ilmiy,
falsafiy ta‘limotlar, olimlarning bilimdonlari, amaliyotchi siyosatdonlar,
savdo-sotiq tijorat ahli to‘plagan mutabar madaniy, kommunikativ,
jamoatchilik fikrini shaklantiradigan ma‘rifat-ziyo tarqatadigan maskan edi.
Ularda ustodlar, ularning xalfalari, toliblar, muhojir- musofirlar uchun
18
Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 20-bet.
37
xonalar(hujralar) kutubxonalar, tabiatshunoslik, xususan o‘simliklar, hayvonot
olami, tabiatni, bog‘dorchilik, umuman dehqonchilikni o‘rganishda tajribalar
o‘tkaziladigan sharoitlar, asbob-uskunalar, xodimlar, farroshlar, hatto
rasadxonalar va shifoxonalar ham bo‘lgan. Madrasaning masjiddan eng muhim
farqlaridan biri shunda ediki,bu yerga oila va ibtidoiy maktabda (qishloq, mahalla
maktablari) shuningdek hozirgi o‘rta-maxsus bilim yurtlariga to‘g‘ri keladigan,
muayyan shahar,tuman va hatto mamlakatda ancha-muncha dong‘i ketgan
maktabdorlar qo‘lida tahsil ko‘rgan ma‘lumoti yetarli, diniy-axloqiy, ilmiy-
falsafiy masalalar yuzasidan mustaqil fikr yurita oladigan diniy yoki ilmiy
qiziqishlari kuchli, o‘z darajasini chuqurlashtirish niyatidagi ilm-fan
fidoyilari kelar edilar. Madrasada diniy bilimlar - Qur‘on, hadis, tafsir,
shariyat ilmlari ( Kalom, Fiqh), diniy ilmiy falsafiy mazhab, tariqat va ta‘limotlar
tarixi, ayniqsa diniy marosimchilik o‘rganilib qolmasdan, qadimgi va mumtoz
arab tilining barcha muammolari, arab va boshqa xalqlar adabiyoti, tarixi,
jug‘rofiyasi, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, tibbiyot, alkimyo, ma‘danshunoslik
kabi fanlar quruq (tadris), balki chuqurlashtirilgan va maxsuslashtirilgan shaklda
bahslashuv uzoq va surunkali ma‘ruzalar, mudarrislar, ko‘pincha maxsus taklif
etiladigan mutaxassislarning chuqur tushuntirib berishi tarzida tashkil etilar edi.
Tarixiy manbalarda Imom Buxoriyning Bag‘dod madrasalaridan birida tashkil
etgan ana shunday davrasini 20 000 tolib, Abul Hasan al-Ash‘ariyning 3-4ming,
Abul-Nosim Samarqandiyning 6-8 ming, Abu Mansur Moturudiy
Samarqandiyning (har ikkisi Buxoro, Samarqand madrasalarida), Imom
G‘azzoliyniig Nishopur va Bag‘dodda 8 mingacha tolibni birlashtirgan
davralari bo‘lganligi haqidagi xabarlar bizgacha yetib kelgan. Basra, Kufa,
Xalab, Damashq, Bag‘doddagi madrasalarda davralargina emas, Xorazmiy,
Farg‘oniylar yetakchilik kilgan akademiya tipidagi uyushmalar doimiy ishlab
turgan. Ta‘lim va tahsilning bunday yuksak talab va darajada, ko‘lamda
olib borilishi ijtimoiy taraqqiyotning, davrning talabi edi albatta, Bunday
talablarga maktab yoki masjid ta‘limi va tahsili javob bera olmas edi.
38
Ilmiy,falsafiy va boshqa, shuningdek din, shariatga oid munozara talab
masalalarni masjidda muhokama qilib bo‘lmas edi, bu uning funksiyasiga ham
kirmas edi. Xolbuki VSh-IX asrlarning faol ijtimoiy ma‘naьiy taraqqiyoti arab-
musulmon dunyosini mafkuraviy sabr toqatlilik, bag‘ri kenglik, ya‘ni plyuralizm
madaniyatining yetilganligi muhim ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy,
huquqiy masalalarni muhokama qilishi, dunyoviy, ilmiy falsafiy fikrlashni kun
tartibiga qo‘ymokda edi. Madrasalar va akademiyalar tipidagi "Doril-Hikma",
"Sivan-ul-Hikma", "Doril- Ilm", "Dor-ut-Tibb" va h. k. larni yuqoridagi tarixiy
zarurat talabi natijasida paydo bo‘ldilar. Tez orada ular Qoshg‘ordan to
Mag‘ribgacha bo‘lgan eng Ma‘mura dunyoga yoyilib ketdi va arab-musulmon
madaniyati va sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi
19
.
Tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, buvayhiy,
hamdoniylar, xorazmoshohlar saroylarida yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa
"donolik uylari" nomli ilm-fan, falsafa, madaniyat ma‘rifat ahillarining
maxsus akademiya tipidagi hamkorligi vujudga kelgan edi. Xususan
Nishopur shahri qozisi Ibn Xibbon (vafoti 965-yil) aholiga ana shunday donolik
uyini vasiyat qilib, uni kutubxona, muhojir talabalar, ustozlar va olimlar uchun
turar joylar, xodimlar, farroshlar bilan hamda nafaqa bilan ta‘minlagan. Bunday
donolik uylari Rayda o‘rta asrlarning ulug‘ ma‘rifatparvariSohib ibn Abbod (X
asr),Nishopurda Ibn Amidlar tomonidan Buxoroda somoniylar, Xorazmda
Ma‘mun (XI asr)tomonidan bunyod etilgan, Ularda o‘z davrining eng mashhur
olim va faylasuflari,siyosatchilari, axloqshuioslari, munajjimlari, kimyogarlari,
ma‘danshunoslar, javohirshunoslar, musiqachilar, san‘atkorlar, shoir va
adiblar,tabiblar,riyoziyochilar, me‘morlar, muxandislar, kosiblar to‘planar edilar.
Mazkur donolik uylari faqat bahs-munozarlar, fikr almashiladigan joy
bo‘lib qolmasdan, qadimgi hind, yunon fani, falsafasining eng nodir
namunalarini tarjima qilish bilan maxsus shug‘ullanadigan tarjimonlar ishlab
turardi,ularga sharHlar yozilardi va yangidan-yangi ilmiy, falsafiy yoki
19
Qarang: O‘sha kitob. 24-bet.
39
badiiykashfiyotlar, texnikaviy yangiliklar amalga oshirilar, original ilmiy, tarixiy,
jug‘rofiy va boshqa asarlar yozilardi, tibbiyotga oid kuzatishlar alkimyoviy
tajribalar, falakiyotga doir tadqiqotlar olib borilar edi. Masalan, Abu Bakr
Zakariyyo ar-Roziyga Ray va Bag‘dod shaharlarida, Shayxur- Rais Ibn Sinoga
Buxoroda maxsus shifoxonalar, Abu Maxmud Xo‘jandiyga Nishopurda Faxr
sekstantiga ega bo‘lgan rasadxona qurib berilgan, Al-Xorazmiy al-Farg‘oniy,
al- Fazoriy, Abu Komil, Beruniylar uchun esa Vizantiya, Misr, Hindistonga
tabiatshunoslik tadqiqotlari uchun maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan,
mablag‘ bilan ta‘minlangan.
Xalifalar Mansur (754-776),
Horun ar-Rashid (786-809) va Ma‘mun (813-833) davrida tibbiyot,
riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, xandasa, hisob va boshqa fanlar sohalari
bo‘yicha hind, paxlaviy, suryoniy, sobiy, yunon tillaridan tarjima qilish
nixoyatda avj olib ketgan edi va bu jarayon markazida ham, cheka o‘lkalarda
ham masalan Movarounnahr, Xuroson, Misr va boshqa joylarda ham juda katta
sur‘atlarga, ko‘lamda, umumiy jo‘shqinlik bilan olib boriladi.
Eng buyuk tarjimon, sharhchilar va tabiatshunoslar sifatida arablardan
ham ko‘prok yahg‘udiylar, nestoriy nasorolar, forslar, Movarounnahr va
Xurosonliklar - Xuneyn Ibn Is‘hoq, Jirjis Ibn Jibrail ibn Buxtiyashi, Sobit ibn
Qurra, Qusta ibn Luka, Feofil, al-Batik, Sinna ibn Sabit Qurra, Yax‘yo ibn Adi,
Is‘hoq ad-Dimishqi, Masrajuveyx, Naubaxt, Ibn al-Xasan ibn Saxl, Ibn al-
Mukaffo, Ibn Manka, Kanka, Ibn Daxn,Ibn Vaxishiya, al-Fazoriy, al-
Marvaziy, Yuxanna ibn Jaylon, Bishr ibn Matta va boshqalar mashhur
bo‘lishgan. Movaruonnaxr, Xuroson va Eronda yunon,hind va boshqa tillardan
ilmiy-falsafiy diniy, axloqiy, siyosatga oid asarlarni tarjima qilish X-XP1 asrlar
bo‘yicha davom etdi. Xucycan Beruniy, Abul-fatx al-Bustiy,, Al-Xammor va
boshqalar hind, qadimgi yunon, Xorazm, Sug‘d matematikasi- astronomiyasi,
tarixi, farmatsevtikasiga oid asarlarni ko‘plab tarjima qilganlar, sharhlaganlar.
Bu davr qadimgi Hindiston, Yunoniston va boshqa xalqlarning klassik
fanlarining eng muhim obidalari bir necha martalab, qayta-qayta tahrirdan
40
o‘tkazilib tarjima va sharh qilindi, masalan, Aflotunning "Qonunlari", Timey",
Arastuning "Siyosat", "Iboralar", "Analitikalar", "Kavn va Fasod", "Jon haqida
"Axloq", Teofrast, Prokl, Aleksandr Afrodisiy, Porfiriy, Dioskorid asarlari,
Buqrotning "Og‘ir kasallar", "Pulьs va kasallarni davolash", "Inson tabiati",
Joliniusning
tibbiyotga
oid
asarlari,
Iqlidusning
"Xandasa
asoslari","Balandliklar",Batlimusning, "Almagest", Arximedning "Shar va silindr
haqida", "Doira sathini uch va yetti qismlarga ajratish " asarlari, "Kalila va
Dimna, "Shahrizoda va Parviz", "Xudoynoma", "Hindiston dorilari va dorivor
o‘simliklarining nomlari", "Sasrad", "Siddhond"( zijj), Nabatiy ziroatchiligi,
''Aynnoma", "Mazdak " va boshqa ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy va siyosatga
oid asarlar tarjima qilindi, sharhlab berildi.
Turkistonlik olimlar,mutafakkirlar tarjimachilik tadqiqotlar yozishga,
kuzatishlar, tajribalar o‘tkazishga berilib ketdilar. Masalan, al-Xorazmiy "Hind
hisobi to‘g‘risida" degan mashhur asarini, Farg‘oniy "Kitab o‘z- harakat -us-
samaviyya va javomi ilm-nujum‖ Jobir ibn al-Xiyon o‘ziiing tabiyotga oid
asarlarini Roziy, "Kitab-ul-Hoviy" sini, Ibn Sino "Kitab al-Qonun fit-tibb"ni,
Beruniy esa "Al-Qonun-al-Mas‘udiy",'"Mineralogiya", "Geodeziya", "Kitabus-
Saydana fit- Tibb" kabi fan taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan
tadqiqotlarni qoldirgan. Bundan tashkari,al-Farg‘oniy at-Turkiy va uning o‘g‘li
Ali ilmi nujumga oid,As-So‘fiy, Abu Komil, Abu Maxmud Xo‘jandiy, Abu-l-
Xasan an-Nasaviy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, aziniy, Durjoniy, Maxmud
Chagminiy, Jalol Buxoriy, Hububiy, Sijavandiy, Qutbiddin She‘roziy,
Shamsiddin Samarqandiy, Naysoburiy kabi, son-sanoqsiz tabiatshunos olimlar
tibbiyot, falakiyot, riyoziyot, alkimyo va boshqa fanlarga oid tadqiqotlarni X-XI
asrlarda ham, XP va mo‘g‘il istilolari davri XIV asrlar boshlarida davom
ettirganlar.
Bu davrlarda Marv, Nshvopur, Ray, Balx,Hamadon, Tus, Buxoro,
Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida
o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p
41
minglab nodir qo‘lyozmalar - Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Buqrot, Jolinus,
Arximed, qadimgi Hind, Pahlaviy, So‘g‘d va Xorazmlik olim mutafakkirlarning
asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan, o‘rganilgan, sharhlangan.
Kutubxonachilik va umuman dunyoviy ta‘lim va tahsilning ko‘lami keng va
chuqur, o‘zining ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra hozirgi zamondagi kutubxonachilik,
informatsiya bo‘limini eslatadigan darajaga o‘sib yetgan, sifat jihatidan o‘sha
davrdagi Ovropa yoki dunyoning boshqa ma‘muralaridagidan benihoya ustun
edi, Masalan, Ovrupaning XII asrdagi eng mashhur kutubxonalari barmoq
bilan sanarli bo‘lgani holda, ularda ham eng ko‘pi bilan bir necha o‘nlab jilddan,
150-2000, juda istisno hollardagina nari borsa 500 nusxadan kitob bo‘lgani
holda. O‘rta va Yaqin Sharqning o‘rtamiyona shaharlari - Marv, Nishopur,
Sherozga o‘xshagan joylarda ham har bir shaharning o‘zidan o‘nlab davlat,
vaqf va shaxsiy kutubxonalari mavjud bo‘lib, ular davrlaridayoq o‘zining ijtimoiy-
kommunikativ va ilmiy-texnikaviy informativ funksiyalarini bajaradigan darajada
faoliyat ko‘rsatardilar, madaniyat taraqqiyotining yangi bosqichga
ko‘tarilishini ta‘minlar edilar. Masalan, birgina Bag‘doddagi "Xizant-ul-Ilm "
da Qur‘oni Karimning 100 lab nusxasi... 10400 dan ortiq turli mutafakkirlar
asarlarining eng nodir, asl nusxalari saqlanar edi. Samarqand, Buxoro, Balx,
Hamadon, Qohira va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab yetti iqlimga dong‘i
ketgan kutubxonalari kechayu-kunduz ishlab turar zdilar.
Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroylarda
tashkil etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha
kattalashtirilgan, tartibga solingan, maxsus va malakali, ilmiy maslahatchini
eslatadigan xodimlar biriktirilgan, farroshlar, qorovullar, oziq-ovqati, yeyish-
ichishi, supurish-sidirishdan xabar olib turadigan xizmatchilarga ega bo‘lgan,
to‘la moliyaviy taьminlangan.. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘ziga,
shuningdek ma‘lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qishi mumkin
bo‘lgan. O‘rta asrlarning mashhur tarixchisi, jug‘rofi, sayohatchisi Yoqut
Hamaviy har birida 12000 dan kitoblari bo‘lgan 12 ta Marv
42
kutubxonalari to‘g‘risida xabar berar ekan, o‘zi 200 dan ortiq kitoblarni hech
narsa to‘lamasdan olib, uzoq vaqt undan foydalanganligi haqida yozadi va Marv
kutubxonalari sha‘niga qasida-madhlar bag‘ishlangan. Ibn Sino ham o‘z
tarjimai-holida Buxoro somoniy amirlari saroyidagi "Sivan al-Hikma"
kutubxonasida juda boy bo‘lganligini, uning qat‘iy va tartibli ishlashi, kitoblarning
kataloglashtirilganligini, xodimlari va ta‘minoti borligi haqida so‘zlab, men bu
yerda qadimgi faylasuf-olimlar, mutafakkirlarning shunday asarlarini ko‘rdimgi
va mutoala qilishga muyassar bo‘ldimki, ularni hech kim ko‘rmagan, hatto
nomlarini ham eshitmagan va keyin ham men bunday kitoblarni
uchratmaganman deb yozgan edi
20
.
Mahalliy hukumdorlar saroylarida to‘plangan tarixchi, jug‘rofiy olimlar,
shoir, muxandis va me‘mor o‘z asarlarida hukumron sulolalarning siyosiy
barqarorligini va qudratini madh etishgan, ayni paytda ular o‘z xalqlarining
islomgacha bo‘lgan madaniyatini, e‘tiqodlarini ham saqlab qolishga, me‘morchilik
an‘analarini yanada rivojlantirishga, qaytadan jonlantirishga uringanlar.
Bu tarixiy shart-sharoitlar va ma‘rifatchilik ma‘naviy muhiti ilm-fanga,
falsafaga, dunyoviy madaniyatga qiziqishni va ijtimoiy faollikni kuchaytirar edi,
albatta. Aql va fan, mantiq dalillarini, dunyoviy qadriyatlarning birinchi o‘ringa
qo‘yishi o‘rta asr diniy mutassibligi, aqidachiligidan chetlashuvchi
dunyoqarashni, diniy aqida, talab va taqiqlarga shubha qarash munosabatini, hatto
diniy masalalarda befarqlik, ularni tanqid qilish unsurlarini tug‘dirar edi.
Arastu ta‘limotining olamniig abadiyligi, uning qonunlarining ob‘yektiv
ekanligi, narsa va hodisalar, qonuniyatlarni inson o‘z aqli, fan va mantiq
yordamida bila olishga tamomila qodir ekanligi to‘g‘risidagi sodda, hayotbaxsh
dunyoqarash, tabiat va insonni ulug‘lovchi g‘oyalar, undagi sensualizm,
ratsionalizm, empirizm, tajribaga asoslangan bilimlarni yuksak qadrlash
mayllari VIII-XIII asrlardagi O‘rta va Yaqin Sharq madaniyatining markazida
turar edi.
20
Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 31 bet.
43
Arastu haqiqiy donolik, bilimdonlik timsoli, har qanday haqiqatning
Qur‘on va Hadislardan keyingi eng mu‘tabar oliy ifodasi edi. Yunon
falsafasining ta‘siri, mutafakkirlarining aniq fanlar sohalarida olib jahonshumul
tadqiqotlari ularni Diniy mutassiblik asoslari doirasidan chetga chiqib
ketadigan umumbashariy ahamiyatga molik ilg‘or g‘oyalarni ilgari surishga,
hukmron mafkura va mavjud ijtimoiy tuzum, munosabatlariga nisbatan norozi va
tanqidiy munosabatlarda bo‘lishga majbur etardi. Bu esa arab-musulmon
madaniyatida dunyoviylikning yanada kuchayishiga, ijtimoiy-falsafiy fikrda
insonparvarlik adolat va ratsionalizm mayllarini pantenstik va deistik ta‘limotlar
doirasida namoyon bo‘lishga olib keldi.
Turkistonda qaralayotgan davrda shakllangan madaniyatida nominalizm
va realizm o‘rtasida borgan g‘oyaviy raqobat endigina mayllar sifatida kaytadan
shakllanib kelayotgan sodda materializm, tajribaviy fanning idealizm va diniy
mutassibchilik, aqidachillikka qarshi kurashni ifodalar edi. Albatta, bu hayotbaxsh
madaniyat, dunyoqarash, panteizm va deizm doirasida ifodalangan sodda
materialistik, ratsionalizm va iksonparvarlik g‘oyalari hukmron sinflar mutassib
mafkura qarashligiga uchramay qolmadi. Xususan, islom diniy mutassiblaridan
Abu Xotam ar-Roziy ulug‘ tabiatshunost va daxriy Abu Bakr Zakariyo ar-
Roziyning ta‘limoti, uning olam, tabiat va inson haqidagi dahriyona fikrlari uchun
uni kofir, majusiy va manixeylar ta‘limotlari tarafdori deb ayblaganlar, ularni
rad qilish uchun maxsus asarlar yozganlar. Bunga albatta Abu Bakr Roziyning
diniy mutassiblik va aqidachilik asoslariga bolta uruvchi ilmiy qarashlari, ilmiy
tadqiqotlari, sodda materialistik yo‘nalishga ega bo‘lgan ta‘limoti, uning johil,
yulg‘ich va mutassib ruhoniylarni ustalik bilan tanqid qilish, dinlar, shu jumladan
islom ham Muso, Iso va Muhammadning xalqni o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida
aldashi natijasida vujudga kelgan degan qarashlari asosiy sabab bo‘lgan. Abu
Bakir ar-Roviy o‘lgandan keyin ham u dahriylik, hurfikrlilik, dunyoviy
madaniyat, ma‘rifatlilik ramzi bo‘lib qolavergan va hatto o‘rta asrlardagi eng
izchil, ilmiy xolis mavqe‘ida mutafakkirlar Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Umar
44
Xayyom, Nasriddin Tusiy kabi mutafakkirlar ham diniy mutassiblar g‘azabi va
ta‘qibidan qo‘rqib, Roziyning nomini o‘z asarlarida ehtiyotkorlik bilan,
yoqlamayotgandek qilib tilga olib o‘tganlar.
Beruniyning o‘zi Maxmud G‘aznaviy tomonidan, uning bosqinchilik
yurishlari, mustabidlik siyosatini, aksilislomiy chiqishlarni ayovsiz bostirish,
boshqa dinga va bid‘atchi taьlimotlar, mazhablar tarafdorini ming-minglab
o‘ldirib, o‘tda yoqib yuborganligini oqlash, uning qudratini maqtash uchun
majbur qilingan edi. Beruniy bunda kattol siyosatni oqlash u yoqda tursin,
umirining oxirigacha ilm-fan, falsafa, tabiatshunoslik, ratsionalizm va
insonparvarlik g‘oyalariga sodik qoldi. Rivoyatlarga ko‘ra Beruniy ana shu
sabablarga ko‘ra G‘aznaviy tomonidan bir necha marotaba o‘limga hukm
kilingan. G‘aznaviyning mustabidiligi jahon fani va falsafasining dahosi ash-
Shayx-ur-Rais Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy ijodi gullagan davrida mamlakatdan
chiqib ketishga, sarson-sargardonlikda o‘lib ketishga majbur qildi. "Agarda Ibn
Sino o‘lmay qolib, yashashni davom ettirganda edi, - deb yozadi «sharqshunos A.
Yu. Yakubovskiy,- u (ya‘ni Ibn Sino) nafaqat O‘rta Osiyoda, shuningdek Eronda
ham o‘ziga joy topa olmay qolgan bo‘lur edi"
21
.
Islom mutassibchiligi Roziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa
mutafakkirlarni ta‘qib va quvg‘in qilibgina qolmasdan, o‘zining mashhur
aqoidlaridan imom Abu Homid al-G‘azzoliy, uning "Taxofut-ul-falo-sifa" (ya‘ni
"Faylasuflarning noizchilliklari"' asari timsolida dunyoviy madaniyat, ilm-fan va
falsafiy ijod erkinligiga olib boruvchi qarashlarini "nazariy" rad qilishga ham
uringan.
21
Qarang: ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 33-bet.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |