Bitiruv malakaviy ishning mazmuni:
Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish , 3ta bob, 6ta paragraf, Xulosa hamda
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
9
I-Bob:Arab xalifaligining tashkil topishi
1.1.Arab xalifaligining tashkil topishi
Islom dini nasorolik va buddiy din bilan bir qatorda dunyoda eng ko‘p
tarqalgan dinlardan biridir. Hozir yer yuzida musulmonlar, bir milliard 400
million kishidan iborat. Nasorolar esa ikki milliard 200 mln. Demak, Islom
dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan yirik dindir. Jahonning 172 mamlakatida
musulmonlar bor. Xorijiy Osiyo mamlakatlarida 510 mln. musulmon bo‘lib, bu
yer yuzidagi musulmonlarning 67,7 foizini tashkil etadi. Shulardan 26,8 foizi
G‘arbiy Osiyoda, 46,3 foizi Janubiy Osiyo, 27,2 foizi Janubiy-G‘arbiy Osiyoda,
2,7 foizi Sharqiy Osiyoda yashaydi. Musulmonlarning eng ko‘pi Indoneziya,
Hindiston, Pokiston va Bangladeshda yashaydi. Musulmonlar Ovro‘po davlatlari,
Amerika qit‘asida, Yaponiyada, Avstraliya va Fiji orollarida ham yashaydi.
Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida Islom davlat dini deb qabul qilingan. Islom
so‘zi arabcha «Allohga o‘zini taslim qilish, topshirish, itoat etish, bo‘ysunish,
hamda «Islom dini» ma‘nolarini bildiradi. Shuning uchun bu dinga
ishonuvchilarni arabchada «muslim» (ko‘pligi- «muslimun»), eronliklarda-
«musalmon», o‘zbeklarda - «musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda - «musurmon»
kabi nomlar bilan atalib kelmoqsa. Kishi: «Lo iloha illallohu Muhammad ur-
rasululloh» («Allohdan boshqa ma‘bud yo‘q, Muhammad uning payg‘ambaridir»)
iborasini aytgandagini musulmon sanaladi.
Islom faqat diniy ta‘limot emas, u ma‘lum hayot tarzi, hayotiy qonun-qoida
na faqat musulmonlar, balki dinga befarq qaraydigan kishilar hayotiga ham singib
ketgan diniy urf-odatlar majmuasidir. Odamlar ular haqiqatan Islom qonun-
qoidalariga to‘la rioya qilganlari uchun musulmon deb atalmaydi, balki ular Islom
tarqalgan davlatlarda tug‘ilib o‘sganlari, o‘sha mamlakatlarning madaniy va
tarixiy o‘tmishi Islom bilan bog‘langanligi, oilaviy va ijtimoiy hayotda yuz
berayotgan ko‘plab voqealar Islom diniy qonun-qoidalari asosida olib borilishi
tufayli musulmon deb ataladi.
10
Shunday buyuk dinning asosiy xalqi qoloq, badaviy, butparast bo‘lgan
Markaziy va Shimoliy Arabistonda vujudga kelishi har bir musulmon, hatto,
musulmon bo‘lmagan kishi uchun ham aql bovar qilmaydigan bir mo‘jizadir.
Janubiy Arabistondagi Yaman davlati dengiz va quruqlikdagi savdo-sotiq
ishlarida rivojlangan, Qizil dengiz va Hind okeani bo‘ylab o‘tadigan kemalar
to‘xtaydigan, Suriya va Misrdan karvon yo‘llari kelib taqaladigan markaz, suv
inshootlari rivojlangan, yakkahokimlik hukm surgan mamlakat edi. Shunga
qaramasdan, Islom Janubiy Arabistonda emas, Markaziy, G‘arbiy va Shimoliy
Arabistonda vujudga keldi.
Ko‘chmanchi arablar sahrolarda chodir qurib, shaharliklar faqat savdo-sotiq
va haj qiluvchilardan tushgan daromad bilan yashaganlar.
Yarimorolning o‘troq xalkdari orasida qabilachilik tuzumi saqlanib qolgan
edi. Qabilalar mustaqil bo‘lib, ba‘zan qo‘shilib ittifoq bo‘lishar, ba‘zan tezda
ajralib ketishardi.
«Arab» so‘zini «sahroyi» yoki «ko‘chmanchi» deb tushunish mumkin.
Tuyakash-badaviy (sahrolik) arablar turmush tarzi juda ibtidoiy bo‘lib, ular Arab
yarim-orolida taxminan eramizdan oldingi XI asrda paydo bo‘lganlar, shuning
uchun bu yer Arab yarimoroli deyiladi.
Sahrodan faqat tuya orqali o‘tish mumkin bo‘lgan. U 250—300 kg qadar
yukni ko‘tarish qobiliyatiga ega, bir kunda 160 kmga qadar yo‘l bosa olgan, bu
57° gacha bo‘lgan issiqqa besh kungacha suvsiz yurishi mumkin bo‘lgan
hayvondir. Tuyakashlik nihoyatda rivojlangan bo‘lsa ham, tuya harbiy ishlarda
qo‘llanilmagan edi. O‘n olti asr davomida mahalliy badaviylar yarimorolda
o‘zlarining hech qanday yirik davlatlarini tuzmadilar. Yarimorol chegarasida
paydo bo‘lgan Nabatiylar davlati (106 y. Rim imperiyasiga qo‘shib olingan),
Palmira shaqar-davlati (uning gullagan davri 260 yil bo‘lgan, 270—273 yillari
Avrelian tomonidan vayron qilingan) badaviylar tomonidan asoslanmagan. IV—V
asrlarda rumlar (vizantiyaliklar), eronliklar va yamanliklar asos solgan yana uchta
davlat bo‘lgan: 1) g‘assoniylar, III asrda Janubiy Yamanda tashkil topib Huron,
11
Iordaniyaning sharqi, Finikiya, Livan va Falastinni o‘z ichiga olgan, poytaxti Hira
shaqri bo‘lgan, rumliklarga xizmat qilgan; 2) laxmiylar (602 yilgacha) ichki
Arabistonda vujudga kelgan; 3) kindiylar davlati, poytaxti Hazramavt shahri
bo‘lgan.
Arab qabilalari juda ko‘p mablag‘larini o‘zaro urushlarga sarflagan edilar.
Bu ularni nihoyatda kuchsizlantirib qo‘ygan va Islom g‘oyasi tez tarqalishiga
imkon tug‘dirgan edi.
Badaviy arablarning moddiy ahvoli nochor bo‘lgan. Ular tabiat
injiqliklariga qarshi kurashishda ojiz bo‘lganlar. Ko‘plab chorva hayvonlariga ega
bo‘lsalar ham, turmush tarzi bu hayvonlarni uzoq ushlashga imkon bermagan.
Ba‘zi kuchli qabilalar o‘z yerlaridan o‘tgan savdogarlardan boj olib ham turganlar,
ba‘zi badaviylar esa Rum (Vizantiya) va Eronga muhojir bo‘lib ketib, ularning
qo‘shinida yollanib askarlik qilib yashaganlar. Badaviylarcha yashashning eng
yaxshi yo‘llaridan biri o‘troq dehqonlarni talash yoki boshqa ko‘chmanchilarga
hujum qilish bo‘lgan. Bu holda chorva mollari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib tursa ham,
qabilalar boyligi ko‘paymagan. Buning ustiga tabiat ofatlari ham bo‘lib turgan.
Adabiyotlarda yozilishicha, eramizning birinchi ming yilligida Arab
yarimorolida yog‘ingarchilik sekin-asta ko‘payib borgan. Bundan tashqari,
sahroda yashovchilar hokimiyati kuchsizlanib qolgan, madaniy taraqqiy etgan
joylarga kirib borish bilan ham o‘z modsiy ahvolini yaxshilashlari mumkin edi.
Boshqacha aytganda, aholi hayotida iqlim sharoiti va moddiy sabablarga
qaraganda siyosiy sabablar katta rolь o‘ynagan. Arab yarim orolining g‘arbida
Qizil dengiz sohillari bo‘ylab cho‘zilgan Hijoz viloyati bu davrda iqtisodiy
jihatdan bir muncha rivojlangan edi. Bu yerdan o‘tadigan karvon yo‘li IV asr
o‘rtalarida janubda Yaman orqali Habashiston va Hindistonni, shimolda Suriya
orqali Misr, Vizantiya (Rum) va Eronni bog‘lagan edi.
Ma‘lumki, yahudiylik dini (iudaizm) miloddan avval bir minginchi yillar
boshlarida Falastin (Quddus)da vujudga kelgan. Arabiston yarimorolida ko‘chib
yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastinni bosib olib,
12
yahudiy davlatini tuzganlar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odati va
Falastin xalklarining ayrim e‘tiqodlarini o‘zida mujassamlashtirgan dindir.
Keyinchalik bu din dunyoning bir qancha davlatlariga tarqalib, hozirgacha yashab
kelmoqda.
Nasoro (xristian) dini esa I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining
sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o‘rtasida paydo bo‘lgan va birinchi o‘n
yilliqdayoq boshqa etnik guruhlar orasida tarqalgan. Nasorolikning tez yoyilishiga
sabab, u qullarning, umuman ezilgan ommaning mavjud tartib va quldorlik
tuzumiga qarshi noroziligani ifodalagan. Nasoro dinining shakllanishida
yahudiylikning ko‘p g‘oyalari, qadimgi sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar,
xususan, sadaqa berib, gunohdan xalos bo‘lish, ilohiy xaloskorlar haqidagi
tasavvurlar asos bo‘lgan.
Bu din Arab yarimoroli xalqlari orasida ham keng tarqalgan edi. Yahudiylik
Yaman arablari o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, yahudiylikka e‘tiqod qiluvchi
qabilalar Markaziy va G‘arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham bor edi.
Nasoro dini esa, asosan, Arab yarimorolining shimoliy qismida Suriya,
Falastin, al-Jazira (Mesopatamiya — ikki daryo: Furot va Dajla oralig‘i)da
yashaydigan arab qabilalarining ayrimlari o‘rtasida tarqalgan edi.
Shunday qilib, yahudiy va nasoro dinlari ularning ayrim mazhab va
oqimlari Islomdan oddin arab qabilalari orasida tarqalgan va yetarli mavqeiga ega
bo‘lgan.
Arab qabilalarini birlashtirish, yagona davlat tuzish uchun ko‘pxudolikni,
sanamlarga sig‘inishni tugatish va yakkaxudolik e‘tiqodi lozim edi. Islomdan
oldin hanifalar (yakka Xudoga ibodat qilishni targ‘ib qiluvchilar) paydo bo‘lib,
har xil qabila xudolariga, but-sanamlarga emas, yagona Xudoga (Allohga)
ishonish, unga ibodat qilishga da‘vat etgan edilar. Qur‘on va boshqa diniy
asarlarda Islomdan avvalgi davr «johiliya» (nodonlik, johillik) deb ataladi. U
davrdagi sanamlardan bizgacha yodgorliklar yetib kelmagan. Islomgacha
makkaliklarning eng muqaddas tavof qiladigan joyi Ka‘ba bo‘lgan. Uning atrofiga
13
ko‘pchilik arab xudolarining sanamlari o‘rnatilgan va bu Ka‘bani umumarab
muqaddas joyiga aylantirgan. Islomdan keyin uning atrofidagi sanamlar yo‘q qilib
tashlangan va u musulmonlarning yagona tavof qiladigan va unga qarab namoz
o‘qiydigan muqaddas joyiga aylantirilgan.
Arab yarimorolida taraqqiyot Eron va Yunon — Rim madaniyatiga nisbatan
ancha orqada bo‘lgan, bunga qarama-qarshi o‘laroq, Misr, Suriya va Iroq ancha
taraqqiy etgan o‘lkalar bo‘lgan. Ammo qadimgi Yamanning taraqqiyot darajasi
ancha yuqori turgan, hatto u o‘zining yozuviga ham ega bo‘lgan.
Islomgacha bo‘lgan arablarda san‘at obidalari deyarli yo‘q desa bo‘ladi.
Ammo she‘riyat keng quloch yoyganligi ma‘lum. Qasida, hajv, vasfiy she‘rlardan
juda ko‘p namunalar saqlanib qolgan. Qasida arab she‘riyatida Muhammad
(s.a.v)dan 150 yillar ilgari paydo bo‘lgan. Qasidalarda qabila boshliqlari
maqtalgan, har bir shoir o‘z qabilasining shuhratini oshirishga harakat qilgan.
Dushman qabila boshliqlarini hajv tig‘iga olgan, ba‘zan o‘z qabilasi va uning
boshlig‘ini ham qattiq hajv qilib, boshqa qabilalarga sotilib ketgan shoirlar ham
bo‘lgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Islomgacha bo‘lgan she‘riyatning yirik bir
vakili arab alifbosining har bir harfiga qofiyalangan mingtadan — jami 28 ming
qasidani yod bilgan. Ikkinchi bir kishi hammasining ismi Amr bo‘lgan yuzta shoir
qasidasini yod bilgan. Arab shoirlari o‘z qasidalarini yozishda san‘at va mahorat
ko‘rsatganlar. Masalan, arab alifbosining har bir harfiga qofiyalanadigan alohida-
alohida qasida yozish, nuqtasiz harflardan iborat qasida yozish kabilar.
Albatta, ko‘chmanchilik hayoti madaniy taraqqiyotga imkon bermas edi.
Buning uchun o‘troq yashashga o‘tish yoki o‘troq hayot kechiruvchi, taraqqiy
etgan xalqlar g‘oyasini qabul etish kerak edi. Badaviylar hayotida qatьiy intizom
yo‘qligi va ularda uzoqqa mo‘ljallangan tadbirlarni ishlab chiqish qobiliyati
yo‘qiigi yarimorolning yangi o‘zgarishlarga o‘tishiga to‘sqinlik qilardi.
Islomgacha bo‘lgan arablarda qabilalar o‘rtasida o‘zaro to‘xtovsiz urushlar,
erkaklarning qirilib ketishi natijasida oiladagi qashshoqlik, qiz tug‘ilsa, tiriklay
14
ko‘mib yuborish, ichkilikbozlik, qimor, qaroqchilik va boshqa juda ko‘p yomon
odatlar avj olgan edi.
Xuddi mana shunday bir sharoitda, bir qoloq mamlakat - Arab yarimorolida
Islom dinining vujudga kelishi va uni dunyodagi siyosiy, iqgisodiy jihatdan
arablarga nisbatan bir qancha ustun turgan davlatlar xalqlari tomonidan tez vaqtda
qabul etilib, tarqalib ketishi haqiqatan mo‘jiza edi
5
.
VI asrning oxiri va VII asr boshlarida, ya'ni islom dinining vujudga kelishi
arafasida Somiy qavmiga mansub arab qabilalari o'rtasidagi mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Yamanda savdo-sotiq
rivojlanib, ilk davlatchilik belgilari shakllanayotgan bir paytda, yarimorolning
shimoliy qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi saqlanib
qolgan edi. Sahrolarda ko'chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirayotgan arab
qabilalari esa, hatto patriarxal urug'chi-lik tuzumining ilk bora yemirilish
bosqichida turardilar. Aytmoqchimizki, Arabiston yarimorolida yashagan
qabilalarning asosiy ko'pchiligi ularga qo'shni yashagan Misr, Vizantiya, Eron,
Mesopotamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga qaraganda tarixiy
taraqqiyotning ancha quyi bosqichida bo'lib, orqada qolgan edi
6
.
Arabiston yarimorolining g'arbiy qismida, Qizil dengiz sohillarida,
geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom olgan tuman bu davrda
iqtisodiy taraqqiyotda birmuncha ilgarilab ketgandi. Karvon savdo yo'llari bu
hududni janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Shom yurti
(Suriya) orqali Misr, Vizantiya va sosoniylar Eroni bilan bog'lar edi. O'z davrida
katta, iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan bu hududning markazi Makka shahri
bo'lib, bu yerda yoz va qish fasllarida katta karvonlar tashkil etilgan (tarixchi
Tabariy bergan ma'lumotlarga qaraganda ba'zan bu karvonlar 2000 tuyagacha
yetgan). Bu karvonlarning shimolga va janubga yuborilib turgani haqida Qur'oni
Karimning 106-«Quraysh» surasida qayd etiladi
1
. Savdo karvoni yo'lida
5
Хожи Исматуллох Абдуллоҳ. Марказий Осиёда ислом маданияти. Т., ―Шарқ‖, 2005.
6
R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 127-bet.
15
joylashgan Makkadan tashqari yana Yasrib (keyinchalik Madina), Toif, Xaybar
kabi shaharlar ham rivojlanib, kengayib, ahamiyati oshib bordi va VI asrlarga
kelib gavjum savdo markazlariga aylandilar. Albatta bu davrda Makka shahri
bilan biror-bir sohada bo'lsin raqobatlashadigan savdo markazi hali yo'q edi. Arab
qabilalari o'rtasida Makkaning diniy markaz sifatida ham o'rni ancha yuqori
bo'lgan. Islomshunos olim A.Hasanov o'z kitobida «Makkadagi Zam-zam qudug'i
qadim zamonlardan beri atrofdagi ko'chmanchi qabilalar va o'tkinchi savdogarlar
e'tiborini qozongan. Nihoyat, rivoyatlarga qaraganda, Makkada qurilgan birinchi
bino— Ka'ba bora-bora arablarning muqaddas joyiga aylanganini hisobga olsak,
Makkaning shuhrat qozonishi uchun omillar yetarli bo'lganini ko'ramiz», deydi.
Qur'onning 108-«Alkavsar» (chashma, buloq) surasida arablarning Ka'ba
ziyoratiga kelib, qurbonlik so'yish odatlari (526-bet) o'z ifodasini topgan. Xullas,
Makka shahri arab qabilalarini birlashtirishda markaziy o'rinni tuta bordi. Chunki
V-VI asrlarda arab qabilalari ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlashar, goh
tarqalib, parchalanib ketar, qabilalar o'rtasida tez-tez nizolar kelib chiqardi va shu
asnoda urushlar bo'lib turardi. Negaki, har bir urug', qabila turli dinlarga —
xristianlik, otashparastlik kabilarga sig'inar, ularning har birining o'z xudosi, o'z
payg'ambari bo'lardi. Ko'pxudolilik va ko'ppayg'ambarlilik negizida tez-tez kelib
chiqadigan va sodir bo'ladigan urug'lar va qabilalar o'rtasidagi urushlar xalq
ommasining noroziligini kuchaytirib borar, arab qabilalari o'rtasida borgan sayin
birlashishga intilish ishtiyoqi kuchayardi. Kuchli urug' jamoalar ibodatxonasi va
ular sig'inadigan, topinadigan qadamjolarning ahamiyati osha borardi. Ojiz urug'-
qabilalar topinishi va xudolari haqidagi ta'limotlar tobora o'rtadan surib chiqarila
boradi.
Muhammad alayhissalom g'oyaviy ta'limotining asosini tashkil etgan
yakkaxudolilik islom diniga qadar ham bo'lgan. Muhammad alayhissalom davrida
ham bu g'oyani bayroq qilib kurashganlar bor edi. Jumladan, A. Hasanov «Makka
va Madina tarixi»i kitobida payg'ambarlikni da'vo qilganlar jumlasiga:
«Yamomada — Musaylima, Yamanda — Asvad, Markaziy Arabistonda — Sajjoh
16
ismli bir ayol vaTulayxa , Madina (Yasrib)da Ibn Sayyod kiritadi. Muhammad
alayhissalom yo'li g'alaba qozongach, faqat uning nabiyligi (payg'ambarligi) e'tirof
etilib, boshqalari esa musulmon tarixchiligida, mutanabbiylar (ya'ni soxta
payg'ambarlar) deb nom oladilar. Islom dinida payg'ambar hisoblangan
Muhammad alayhissalom 570-yil 27-avgustda Makka shahrida Quraysh
qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar
7
. Hoshimiylar xonadoni
Quraysh
qabilasining
nufuzli
oilalaridan
biri
bo'lgan.
Muhammad
alayhissalomning bobolari Abdulmutallib Makkadagi Ka'ba ibodatxonasi
kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo'lgan. Ota-onalaridan juda yosh yetim qolgan
Muhammad alayhissalom dastlab bobolari, so'ng amakilari Abu Tolib qo'lida
tarbiya oladilar. Amakilarining maslahatiga ko'ra badavlat savdogar ayol Xadicha
binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladilar va 25 yoshlarida unga
uylanadilar, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar
8
.
Muhammad alayhissalom bir necha yillar mobaynida diniy tafakkur va
ibodat bilan muttasil shug'ullanganlar, taqvodorlik bilan hayot kechirganlar. U
kishi har doim Makka yaqinidagi Xiro g'origa borib ibodat qilganlar, oziq-ovqat
va suv olib ketib, g'orda bir necha kunlar qolib, ibodat qilish odatlari bo'lgan.
Diniy manbalarda ta'kidlanishicha Muhammad alayhissalomga payg'ambarlik 40
yoshga to'lganda nasib etadi. Bu 610-yilga to'g'ri keladi. Vahiyning boshlanishi
to'g'risida «Sirat ur-Rasululloh» asarida keltirilgan rivoyatga qaraganda,
Muhammad alayhissalom Xiro tog'ida tunab qolgan kechalaridan birida osmondan
nido kelgan. Farishta Jabroil «O'qi» deb buyurgan. «Men o'qishni bilmayman»,
deb javob berganlar Muhammad alayhissalom. Jabroil u kishini ko'tarib bir siqib
qo'yadi-da, yana «O'qi», deydi. Hech joyda ta'lim olmagan Muhammad
alayhissalom «Men o'qishni bilmayman», deb yana javob qaytaradilar. Shu holat
uchinchi marta takrorlangach, Jabroil alayhissalom unga ko'rsatib turgan «Alaq»
surasi avalidagi bir necha oyatlarini o'qib unga eshittiradi va bu oyatlar
7
R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 128-bet.
8
O‘sha joyda.
17
Muhammad alayhissalom qalbida o'rnashib yod bo'lib qoladi. Bu holatdan qo'rqib
vahimaga tushgan Muhammad alayhissalom titragan holda ayollari Xadicha
oldiga keladilar va bo'lgan voqeani bayon etadilar. Xadicha u kishini yupatib,
taskin beradi: «Sizni hech qachon Alloh xor etmaydi. Chunki siz qarindoshlarga
mehribon, kambag'alga yordam beruvchi, odamlar mashaqqitini oson qilguvchi
kishisiz». deydi. U kishi Muhammad alayhissalomni Injil ilmini yaxshi bilgan
nasroniy dinidagi amakisining o'g'li keksa Varaqa ibn Navfal huzuriga boshlab
boradi. Bo'lgan voqeani unga bayon etadilar. Shunda Varaqa xursand bo'lib, bu
Muso alayhissalomga kelgan farishta ekanligini aytadi.
Muhammad alayhissalom hayotida birinchi ro'y bergan vahiy hodisasining
vaqti haqida barcha ilk islom manbalaridagi ma'lumotlar Qur'onning 97-«Qadr
surasi»dagi ma'lumotga asoslangan. U «Laylatulqadr» kechasi deb ataladi.
Tarixda bu kecha hijratdan 12 yil ilgari, ramazon oyining 26-sidan 27-siga o'tar
kechasi — milodiy hisob bilan 610-yil 15-dan 16-avgustga o'tar kechaga to'g'ri
keladi. Dunyodagi barcha musulmonlar bu kechani toat-ibodat bilan o'tkazadilar.
Muhammad alayhissalom yakkaxudolikka asoslangan islom dini g'oyasini xalq
o'rtasida tashviqot va targ'ibot qilishni boshlaganda juda katta qarshiliklarga va
to'siqlarga duch kelgan. Uning targ'ibotiga ishonib islomni birinchilar qatorida
qabul qilganlardan Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-Rahmon ibn
Avf, Zubayr ibn Avom, Amir Hamza, Usmon ibn Affon va boshqalardir.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom ta'limotiga qurayshlarning ummaviylar
xonadoniga mansub bo'lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan
zodagonlar qattiq qarshilik ko'rsatganlar. Ikki o'rtada ziddiyat g'oyat darajada
keskinlashgach, ma'lum davrlardan beri Muhammad alayhissalom diniga
sodiqlikda boigan va Makka hukmronlari bilan raqobatlashib kelgan Yasribdagi
Avs va Hazraj qabilalari bilan muzokaralar olib borgan Muhammad alayhissalom
u yerga ko'chib boradilar. Hijrat (arabcha ko‘chish) deb atalgan mazkur voqea
622-yil 24-sentabrda yuz bergan. Makkadan Yasribga ko'chib borganlar islom
tarixida «muhojirlar» (ko'chib kelganlar), islomni qabul qilgan yasribliklar esa
18
«ansorlar» (yordamchilar) deb nom oladilar. Shu davrdan e'tiboran Yasrib shahri
Madina (payg'ambar shahri) nomi bilan ataladigan bo'ldi. Musulmon yil taqvimi
ham ana shu sanadan boshlanadi. Keyinchalik islom adabiyotda Makka va Madina
islomning muqaddas markazlari sifatida «Makkayi Mukarrama» va «Madinayi
Munavara» deb ataladigan bo'ldi. 623-630-yillarda Muhammad alayhissalom
Makka shahri uchun bir necha bor o'z raqiblariga qarshi urushlar olib bordi.
Nihoyat 630-yilda Makkaga 10 ming kishilik qo'shin bilan bosib borildi va Makka
sardori Abu Sufyon nochorlikdan taslim bo'lib, islom dinini qabul qildi. Uning
o'gli Muoviya Payg'ambarning noiblaridan bin bo'ldi. 630-yilda Muhammad
Arabistonning ayrim mintaqalarida paydo bo'lgan, soxta payg'ambarlar ustiga
yurishlar qilib, butun boshli Arabiston yarimorolini egallab, kuchli davlatga asos
soladi
9
. Bu davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan
Markaziy Qum sahrosigacha cho'zilgan yerlarni o'z ichiga olar edi. 632-yil 25-
yanvarda Makkayi Mukarramaga so'nggi hajga safar qilgan Muhammad
alayhissalom haj safaridan so'ng qattiq betob bo'lib qoladilar. U kishi betobligida
Ka'ba masjidiga imomlikni o'tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar (622-
yilda Xadicha vafotidan so'ng Abu Bakraing qizi Oyshaga uylangan edilar).
Muhammad alayhissalom o'limi oldidan quyidagilarni aytgan ekanlar: «Dunyoda
barcha insonlar barobardir. Nasab, rang yoki irq o'z-o'zicha insonni yaxshi yoki
yomon etolmagay. Men sizga uch narsani meros qoldirdim: bular — mening
oilam, Qur'oni Karim va ko'rsatgan ibratlarimdir. Shularni mahkam tutsangiz,
hech qachon kam bo'lmaysiz».
9
Qarang: Vatan tarixi. 131-bet.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |