Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги


-bob O'qish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



Download 53,12 Kb.
bet7/11
Sana06.07.2021
Hajmi53,12 Kb.
#109842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xayrullayeva Nilufa malaka ish

2-bob O'qish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

2.1. O'qish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

O'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirish ona tili ta'limda muhim

ahamiyatga ega. Chunki og'zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o'quvchi barcha

fanlarni oson va to'liq o'zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish

tobora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o'quvchilar nutqini o'stirishga

muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Matn ustida ishlash orqali

o'quvchilar nutqini o'stirish eng maqbul usullardan bo'lib, bu jarayonda quyidagi

ko'nikma va malakalar hosil qilinadi:

a) bilim olish;

b) to'g'ri, ravon va ifodali o'qish;

c) ijodiy va mustaqil fikrlash;

d) tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish;

e) odob-axloqli bo'lish;

f) nutq madaniyatini egallash.

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga

harakat qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o'sishi hamda

takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar matni ustida ishlashda ham bu

talablarga amal qilinadi.

Boshlang'ich sinf o'qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining

tarkibiy qismi bo’lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matni

ustida ishlash orqali ham og'zaki, ham yozma nutq o'stirishni o'qish darslarida

o'rganiladigan matnlar misolida ko'rsatish mumkin:

1. Lug'at ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda o'quvchilar matnni o'qib

bo'lgach, undagi notanish so'zlami aniqlaydilar va o'qituvchi yordamida ularni

tushunib oladilar. Masalan, 2-sinf “O'qish kitobi”da keltirilgan “Sumalak” 11

(rivoyat) matni ustida quyidagicha lug'at ishi o'tkazish mumkin:

Urug'lik –ekish uchun olib qo'yilgan don.

Ivitish – suvga solmoq

Nish urmoq – o'sa boshlamoq

Qiymalash – mayda qilib to'g'rash

Azonda – erta tongda

Tatib ko'rmoq – yeb ko'rmoq

Lazzatli ne’mat – shirin ovqat

Bardam bo’lish – sog'lom bo'lish

2. Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o'stirish. Mazkur turda

o'quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o'zgartirib, o'z

fikilarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi

so'zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. “Sumalak” rivoyatini qayta

hikoyalashda o'quvchilar asosiy o'rinlarni ajratishi, lug'at ustida ishlash orqali

o'rgangan so'zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo'lishi

mumkin:

“Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug'likka olib

qo'ygan donini suvga solib qo'yibdi. Ob-havo yomon bo'lib, ivitilgan bug’doy nish

urib o'sa boshlabdi. Dehqonning bola-chaqasi och ekan. Shuning uchun bug'doy

uvol bo'lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon

qiymalagan bug'doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o'chib, qozondan

xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog'iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib

ko’rsa, juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o'sha taomdan

yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo'lgan ekan. Sumalak

xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne’matiga aylanibdi. Sumalak har yil

(11T. Fafforova, Sh. Nurullaeva, Z. Mirzahakimova. O’qish kitobi. Umumiy o’rta

ta’limmaktablarining 2-sinfi uchun darslik. Toshkent. 2016. 132-bet.) Navro'z

bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning sog'ligini tiklashga va

bardam bo'lishga yordam beradi”.

3. Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda faqat

darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda

o'quvchilarni o'ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va

o'quvchilar hukmiga havola etish lozim. “Sumalak” matniga oid quyidagicha yangi

savollar tuzish mumkin:

1. Dehqon nima uchun bug'doyni ivitib qo’yadi?

2. Dehqon nimani o'ylaydi?

3. Kampir pishirgan taomni ta'riflash uchun qanday so'zlar ishlatgan?

4. Rivoyatdagi “mo'l-kо'l” so'zini qanday tushunasiz?

5. Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qo’yadigan bo'lishibdi?

6. Dehqonning bolalari xush ko'radigan taom nima deb atalibdi?

7. Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan?

4. Test topshiriqlari ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bu usul o'quvchilarni

har tomonlama o’ylashga, matn mazmunini chuqurroq o'zlashtirishga, matndagi

har bir so'zga alohida ahamiyat berishga o’rgatadi. Test usuli o'quvchilar uchun

qiziqarli bo'lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.

“Sumalak” rivoyatiga oid quyidagicha test topshiriqlarini tuzish mumkin:

1.“Sumalak” rivoyati qahramonlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?

a) dehqon, hunarmand.

b) kampir, kenja botir.

c) to'g'ri javob yo'q.

2.“Sumalak” haqidagi rivoyatda nima uchun bug'doy nish urib o'sa boshlabdi?

a) suvga solib qo'yilganligi uchun.

b) ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun.

c) a va b.

3. Sumalakni qanday usulda pishirishadi?

a) qaynatish usuli bilan.

b) qovurish usuli bilan.

c) olovda toblash bilan qovurib olinadi.

4.“Sumalak” matnida “suvga solmoq” birikmasining ma'nosiga teng bo'lgan

ma'nodosh so'zni toping.

a) bardam.

b) ivitish.

c) bo'ktirish.

5.“Sumalak” rivoyatida nima tasvirlangan?

a) sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi.

b) dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab

qolganligi.

c) a va b.

Yuqoridagi usullardan o'rinli va unumli foydalanish yaxshi samara beradi.

Matn ustida ishlash orqali o'quvchilarning lug'at boyligi har jihatdan boyib

boradi.



Download 53,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish