Zilzila oqibatlarini bartaraf еtishda kо‘ngilli qutqaruvchilarning roli
t.f.n.Shamansurov S.S., Urmanov I.R.
(Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti),
Ramazonov Sh.M.
(Fuqaro muhofazasi instituti)
Insonni turli xavf-xatardan muhofaza qilish muammosi uzoq ajdodlarimiz yer
yuzida paydo bо‘lishlari bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Hozirgi kunda ham bu
muammo insoniyat oldida keskin bо‘lib turibdi.
Dunyoda biror bir mamlakat yо‘qki, yirik favqulodda vaziyatlar yuz bergan
damda, kerakli vaqtda va kerakli joyda zarur bо‘lgan miqdordagi vrachlar,
hamshiralar, qidiruv-qutqaruv kuchlari, о‘t о‘chiruvchilarga ega emas. Mamlakat
qanchalik qudratli bо‘lmasin, bunday kо‘p sonli kuchni ushlab turish unga iqtisodiy
tomondan salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Respublikamizda favqulodda vaziyatlarda tabiiy tusdagi holatlarning oldini
olish, xavfsizlik omillarini aniqlash va muhofaza mexanizmlarini yaratishga doir
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.
Mirziyoyevning «2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi»
1
dasturida favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish borasida ham
aniq ustivor vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 1 iyundagi PF-5066-son «Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi
Farmoni, 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3190-son “О‘zbekiston Respublikasi hududi
hamda aholining seysmik havfsizligi, qurilish zilzilabardoshligi va seysmologiya
sohasida ilmiy tadqiqotlar о‘tkazishni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi,
Vazirlar Mahkamasining qarorlaridagi 2007 yil 3 apreldagi 71-son «Favqulodda
holatlarni prognoz qilish va oldini olish bо‘yicha Davlat dasturi», Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli
favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona
tizimini tashkil etish tо‘g‘risida»gi 1027-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bо‘lgandan sо‘ng keng kо‘lamli yong‘in chiqishi,
jarohatlanganlar soni haddan ortiq bо‘lishi, kо‘plab binolar shikast topishi mumkin.
Bunday hollarda yо‘llar, hayotiy ta’minot tarmoqlari ishdan chiqadi. О‘t
о‘chiruvchilar voqea joyiga nimada borish, suvni qayerdan olish, eng xavfli joy qayer
ekanligini aniqlash kabi muammolar oldida qolishadi. Tibbiyot xodimlari barcha
jarohatlanganlarga birdaniga yordam bera olishmaydi. Qidiruv-qutqaruv kuchlari
barcha jabrlanganlarga yordam berishga tayyorlar, ammo har bir komanda faqat bitta
binoda ish olib bora oladi, xolos. Barcha vayrona uyumlari orasidan jabrlanganlarni
izlash, qutqarib olishning birdaniga imkoni yо‘q. Qanchalik harakat qilishmasin va
istashmasin, baribir ular bir vaqtning о‘zida hamma joyni qamrab ololmaydilar.
148
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish, vayrona uyumlarini tozalash, ular ostidan
jabrlanganlarni chiqarib olish uchun katta kuch kerak bо‘ladi. Bu ishlarni oz
fursatlarda eplab olish nihoyatda qiyin. Shu sababli zilzila oqibatlarini bartaraf
etishda qutqaruv ishlarini olib borishda aholi orasidan kо‘p sonli kо‘ngillilar faol
ishtirok etadi.
Yirik kо‘lamli favqulodda vaziyat, xususan, kuchli zilzila rо‘y berganida bunday
holat har bir mamlakatda yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, 1948 yilgi Ashxobod,
1995 yilgi Kobe, 2001 yildagi Hindiston, 2004 yildagi Janubiy-Sharqiy Osiyo, 2010
yildagi Gaiti, Xitoyning Sinchuanidagi zilzilalar fikrimizning isbotidir.
Xо‘sh, shunday ekan, nima qilish kerak? Kо‘p millionli qutqaruv kuchlarini
tayyorlab qо‘yishimiz kerakmi yoki boshqa yо‘li bormikan?
Mutaxassislar bergan ma’lumotlarga kо‘ra, har yili yer yuzida 3,5 millionga
yaqin zilzila rо‘y beradi, ulardan taxminan 1000000 tasini seysmik stansiyalar qayd
qiladi. Taxminan 34000 zilzila sezilarli hisoblanadi. Dunyo bо‘yicha 800 atrofidagi
о‘rtacha kuchli zilzila binolarga shikast yetkaza olsa, 120 ga yaqini katta moddiy
talafotlarga sabab bо‘ladi. Har yili taxminan 18 ta katta vayronagarchiliklarga sabab
bо‘luvchi zilzila rо‘y beradi.
Tabiiy ofat yuz berganidan sо‘ng vayrona uyumlari ostida qolib ketganlarning
taxminan 50% qо‘ni-qо‘shnilari va qarindosh-urug‘lari tomonidan qutqarib olinadi.
Favqulodda vaziyat yuz berganidan keyingi dastlabki 30 daqiqa ichida vayrona
ostidan chiqarib olinganlarning 93% tirik qoladi, bir kundan sо‘ng bu kо‘rsatkich
41%, 2 kundan sо‘ng esa 36% ga tushadi. Kundan kunga tirik qolish ehtimolligi
kamayib borib, 5 kundan sо‘ng 2% ni tashkil etadi. Vayrona uyumlari ostida qolib
ketganlarni uzog‘i bilan 5-7 kun ichida tirik holda qutqarib olish mumkinligi statistik
ma’lumotlardan ma’lum. Zilziladan keyingi dastlabki 24 soatni odatda “Oltin kun”
deb atashadi. Afsuski, hamma jabrlanuvchilarni ham “Oltin kunda” qutqarib
olishning imkoni bо‘lavermaydi.
Shu sababli, xorij mamlakatlarida kо‘ngilli qutqaruvchilar kо‘magiga katta о‘rin
beriladi. Xususan, rossiyalik mutaxassis G.V.Fedulov ma’lumotlariga e’tibor
qaratadigan bо‘lsak, AQSH, Buyuk Britaniya va Kanadada aholi fuqaro mudofaasi
tuzilmalarida xizmat qilishga kо‘ngilli ravishda jalb qilinadi.
Shveysariya fuqaro mudofaasi tizimining muhim xususiyatlaridan biri
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga aholining keng kо‘lamda kо‘ngilli
va beg‘araz jalb qilinishidir. Shveysariyada professional qutqaruvchilar soni kо‘p
emas. Shu sababli barcha aholi sapyor-о‘t о‘chirish va tibbiyot tuzilmalariga,
shuningdek о‘zaro hamkorlik rejalariga asosan favqulodda vaziyatlarda aholi va
milliy qadriyatlar muhofazasi ishlariga jalb qilinuvchi harbiy qismlarga biriktirib
qо‘yilgan. Yuqorida keltirilgan tuzilmalarga biriktirilganlar favqulodda vaziyat yuz
berganidan sо‘ng yig‘ilish signali berilgach, mustaqil ravishda halokat sodir bо‘lgan
joyga yetib keladilar va barcha ishlarda beg‘araz ravishda professional о‘t
о‘chiruvchilar, tibbiyot xodimlari, harbiylar va politsiyaga yordam beradilar.
Fransiyada favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tezkor yordam berish
tizimida kо‘ngilli qutqaruvchilar tuzilmalari muhim rol о‘ynaydi.
Germaniyada 1950 yili tashkil etilgan Texnik kо‘mak tashkiloti (THW) faoliyat
yuritadi. Tashkilot referenti bergan ma’lumotga asosan, ushbu qudratli tashkilot
149
tarkibida 666 ta bо‘lim mavjud bо‘lib, 75000 qutqaruvchi jamoatchilik asosida ish
olib boradi. Ularning asl kasblari muhandis, shifokor, talaba, о‘quvchi va h.k.
Kо‘ngilli qutqaruvchilar asosiy ishidan bо‘sh vaqtlarida qutqaruvchilik bilan
shug‘ullanishadi. Bavariyada kо‘ngilli о‘t о‘chirish komandalari mavjud.
Rossiyada talaba-qutqaruvchilar korpusi tashkil etilgan. Korpusning birgina
Moskva hududiy bо‘limi 23 ta о‘quv yurtining 1500 dan ortiq talabasini о‘zida
jamlagan. Ularning 300 nafari attestatsiyadan о‘tib, qidiruv-qutqaruv ishlarida
ishtirok etish huquqini qо‘lga kiritgan talabalardir.
Kо‘ngillilarga shunchalik katta ahamiyat berilarkan, ular qanday ishlarni bajara
oladilar? degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Favqulodda vaziyat sodir bо‘lgan dastlabki daqiqalarda ishni kо‘ngillilar
boshlashlari va zudlik bilan qо‘ni-qо‘shnilari orasida surishtiruv ishlari о‘tkazib,
kerakli ma’lumotlarni tо‘plashlari mumkin. Masalan, binoda nechta odam bor edi?
Hozir ular qayerda bо‘lishlari mumkin? Nechta odam binodan tashqariga chiqib
ulgurdi? va h.k.
Axborotlarni olgach, vayron bо‘lgan binolarning holatini baholashga о‘tish va
yengil shikastlangan binolar ichiga kirib, jarohatlanganlarni qutqarish ishlarini
boshlash mumkin. Bundan tashqari kо‘ngillilar halokatga uchraganlarga tibbiy va
ruhiy yordam berishlari, ularni qо‘llab-quvvatlashlari ham zarur.
Murakkab, maxsus qutqaruv vositalari talab etiladigan qutqaruv ishlarini esa
professional qutqaruvchilar olib boradilar.
Respublikamizda ham favqulodda vaziyatlarning sodir bо‘lish ehtimolligi yо‘q
emas. Demak, keng kо‘lamli favqulodda vaziyat sodir bо‘lsa, bizda ham kо‘ngilli
qutqaruvchilarga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2011 yil 19 iyul kuni qabul qilingan “Aholini zilzilalar oqibatida
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga
tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 208-sonli qarorining 9-
bandida о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh
qutqaruvchilar” kо‘ngillilar klublarini tashkil etish, ularni tegishli ravishda
tayyorlashni tashkil etish vazifasi qо‘yilgani ham bejiz emas. Ishlab chiqarishda band
bо‘lmagan aholi о‘rtasida, ya’ni mahallalarda ham kо‘ngillilar guruhlarini tashkil
etish favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini samarali olib borishga о‘z xissasini
qо‘shishi tabiiy.
Kо‘ngilli qutqaruvchilarni tayyorlash respublikamizda qator tadbirlarni amalga
oshirishni talab etadi:
1. “Yosh qutqaruvchilar” kо‘ngillilar klublarini tashkil qilish bilan bir qatorda
aholini, ayniqsa ishlab chiqarishda band bо‘lmagan aholi guruhlarini kо‘ngilli
qutqaruvchi sifatida tayyorlash uchun mavjud о‘quv dasturlariga tegishli
о‘zgartirishlarni kiritish, ulardan yengil qutqaruv ishlarini olib borish malakasini
hosil qilishga yо‘naltirilgan mavzular, amaliy mashg‘ulotlar о‘rin olishi zarur.
2. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishda talaba-
qutqaruvchilar professional qidiruv-qutqaruv otryadlari uchun zaxira kuch rolini
о‘ynashlari mumkinligini hisobga olgan holda, Germaniya yoki Rossiyadagi kabi
“Talaba-qutqaruvchilar otryadlari”ni tashkil etish.
150
3. Aholini, jumladan kо‘ngilli qutqaruvchilarni amaliy tayyorlash uchun, amaliy
mashg‘ulotlar о‘tkazish maydonchalari tashkil etilishi lozim.
4. Aholi tayyorgarligini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalari rolini
yanada yuqori kо‘tarish va ularda uslubiy materiallarni keng yoritib borishga erishish
zarur.
Xavf-xatar Yer yuzidagi har bir insonning hayotiy faoliyatiga ta’sir kо‘rsata olar
ekan, demak, xavfsizlik bо‘yicha bilimlar ham har bir insonga berilishi, ya’ni о‘qitish
tizimi barcha aholi qatlamlamlarini qamrab olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |