Lingvistik belginiig moddiyligi
Har qanday lingvistik belgi akustik xossaga ega. Uning akustik xossasi,
kishilar xotirasida saqlanadi va nutq jarayonida ma`lum chiziqlikdagi tovush to`lqini
sifatida namoyon bo`ladi. Uning moddiy mavjudligi tovush to`lqinining cho`ziqligiga
teng. Kipshlar xotirasida mavjud bo`lgan u yoki bu belgidan foydalanish jarayonida
har qaysi belgi so`zlovchi tomonidan xar safar yangidan hosil qilinadi. So`zlovchi
xotirasida ma`lum belgi akustik xossasi haqida oldindan ma`lumotning mavjudligi va
so`zlovchi uni talaffuz qilish ko`nikmasita ega bo`lishi bu belgining xar safar hosil
qilish imkoniyatini yaratadi, shuning uchun ham har bir belgi bir necha “nusxa”da
namoyon bo`lish xususiyatiga ega. Til belgisining “ko`p nusxaliligi” alohida
"nusxalar"ni (konkret belgilarni) shu belgining variantlari deb qarashga imkon beradi.
Bu belgining umumlashgan obrazi har qaysi variantlarda, albatta, takrorlanadigan
umumiy xususiyatlarni aks ettiruvchi invariant sifatida gavdalanadi. Lingvistik belgi
invarianti ideal predmet, "aqliy narsa", mohiyatidir. U shu belgining mavhum shakli
hisoblanishi mumkin. Masalan, o`zbek tilida q-a-l-a-m tovush qatori yozish quroli
haqida ma`lumot beruvchi belgidir. Bu belgi turli shaxslar tomonidan nutq tempi va
balandligi, so`zlovchi nutq aparatining o`ziga xosligiga ko`ra turli sharoitda talaffus
qilinganda, uning tovush qiyofasi muayyan chegaragacha turli darajada o`zgarishga
uchraydi. Lekin so`zlashuvchilar talaffuzning har qaysi holatida ham ularning bir
belgi ekanligini anglaydilar. Buning sababi so`zlovchilarda shu belgining
umumlashgan obrazi haqida oldindan ko`nikmaning mavjud bo`lishidir.
Ko`pchilik lingvistik adabiyotlarda mavhum belgi til birligi, konkret belgilar,
yoki mavxum belgilarning "turli nusxalari", variantlari nutq birligi sifatida talqin
27
qilinadi. Mavhum va kenkret birliklar o`rtasida gavdalantirish va namoyon bo`lish
munosabati borligi aytiladi. Kenkret birliklar mavxum birlikni namoyon qiladi.
Mavhum birliklar konkret birliklarni gavdalantiradi.
V. M. Solntsev lingvistik belgani mavhum va konkret belgilarga ajratishga
tanqidiy munosabatda bo`ladi. Uning fikricha mavhum belgi quruqdir. CHunki uning
yordamida aloqa qilish mumkin emas. SHuning uchun ham agar til mavhum
birliklarni o`z ichiga oladi deb hisoblansa, u vaqtda tilga aloqa vositasi sifatida qarab
bo`lmaydi.
Nutq aloqa jarayoni sanaladi. Doimo til vositalari yordamida nutqni hosil
qilamiz. YA`ni gap hosil qilishda bizga ma`lum bo`lgan so`z, konstruktsiya,
qoidalarlardan foydalanamiz. SHuning uchun ham nutq harakatdagi, amaldagi tildir,
til mohiyat, nutq hodisa deyish mumkin. V. M. Solntsev ta`kidlaganidek, til va nutq
munosabati vosita va bu vositaning qo`llanish munosabatidir. SHuning uchun ham
aloqa jarayonida yaratiladigan (talaffuz qilinadigan) konkret moddiy belgi real aloqa
vositasi sanalib, bir vaqtning o`zida belgining moddiy sistemasi sifatidagi tilga ham
taalluqli bo`ladi.
Til belgisida uzluksiz makon va zamonda mavjud bo`lish xususiyatining
yo`qligi uning "saqlanishi" ga qulaylik tug`diradi. Biz xotiramizda sezgi a`zolarimiz
bilan sezadigan moddiy belgining o`zini emas, balki bu belgining umumlashgan ideal
obrazini hamda bu belgini zarur vaqtda "hosil qilish" ko`nikma va malakasini
saqlaymiz.
Boshqacha aytganda, real belgilarning o`zini emas, uning mavhum shaklini, u
haqdagi bilimimizni xotirada saqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |