shakllantiradigan va ularning ma`nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa
mayda bo`lakka bo`linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. Fonemalar haqidagi
ta`limot fonologiyadir. Fonologiya ma`lum bir tildagi fonemalar sistemasini, ularning
farqli belgilarini o`rganadi. Fonema termini xozirgi tilshunosliqda qat`iy o`rin olgan
bo`lsa ham, ammo uning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning
eng kichik tovush birligi ekanliga haqidagi dastlabki ma`lumot I.A.Boduen de
Kurtenega mansubdir. Lekin bungacha sharq tilshunosligida garchi fonema termini
bilan nomlamagan bo`lsa ham, ma`no farqlash uchun xizmat qadigan eng kichik
tushunchaga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher
ahamiyat berganlar. Fonema termini tilshunoslikka eve, Boduenlar tomonidan
kiritilgan. Boduen 1870 yildagi “XIX asrgacha bo`lgan qadimga polyak tili haqida”
40
nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik -
morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi bu
kontseptsiyasi ayni holda uning shogirdi N. V. Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi
I.A.Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o`zgarib bordi. Xususan,
"Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo`limlari" (1981 y) asarida
fonemani, bir tomondan "so`zning fonetik bo`linmas qismi" hisoblasa, ikkinchi
tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o`zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan
holda, boshqa mayda bo`lakka bo`linmaydigan tovushlargina emas, balki morfema
yoki so`zning tarkibida bo`lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq
tovushlar ham fonema bo`lishi mumkinligani ko`rsatadi. Masalan, vrahat’, vorotit’
so`zlaridagi "ra" va "oro" tovushlari bir morfema doirasida bir butun holda
almashinadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik
sifatida qarashini namoyish etdi. SHu bilan birga «xuddi shu erning o`zida
fonemaning quyidagi ikki farqli tomoni borligani ham ko`rsatadi: 1)antropofonik
(ya`ni akustik-artikulyatsion) xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning
xarakatlanuvchi komponenti va ma`lum morfologik kategoriya belgisi. SHunday
qilib, Boduen de Kurtene fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan
antropofonetik aspekti ham borligini e`tirof etdi. Keyinchalik esa u o`zining fonema
haqidagi tushunchasini o`zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi.
Xususan, "Tilshunoslikka kirish" (1917) asarida "Inson psixikasidagi tovush haqidagi
tasavvur" fonema hisoblanadi.
Hozirgi kunda uchta yirik fonologik maktab mavjud. Har uch maktab vakillari
Boduen de Kurtene fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: