Moskva fonologik maktabi asrimizning 30-yillarida A.A.Reformatskiy ta`biri
bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (DARS nomi bu ilmiy
harflaridan olingan). Peterburg fonologak maktabidan farqli ravishda MFM da
fonema ma`lum avtonomlikka ega bo`lgan, so`z va morfemaning tovush kobig`iga
bog`liq bo`lmagan mustaqil birlik emas, balki so`z va morfemaning tarkibiy elementi
hisoblanadi. PFM va MFM da fonemaga bunday ikki xil nuqtai - nazar bir fonetik
qurshovdaga ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin qilishga olib keladi. Masalan,
"angla" so`zidagi birinchi tovush A. SHcherba kontseptsiyasi bo`yicha "a"
fonemasining varianti, chunki fonetik qurshovda "a" fonemasidan boshqa barcha
fonemalar ottenkasi bilan qarama-qarshi munosabatda bo`la oladi. Moskva fonologik
maktabi kontseptsiyasiga ko`ra bu fonema "o" fonemasining varianti, chunki o`zak
44
tarkibida kuchli pozitsiyada (urg`u ostida)) "o" holida talaffuz qilinadi.
Moskva fonologik maktabi kontseptsiyasining katta yutug`i shundaki, ular so`z
shaklining tovush tomonini farqlash darajasiga ko`ra uning ikki pozitsiyasi-maksimal
farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi, (kuchsiz
pozitsiyaga) ajratadi.
Qurshovdagi tovushlarning ta`siriga kam berilgan pertseptiv tomondan
maksimal differentsial poziiiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. Rus tili
unlilari uchun bunday pozitsiya urg`u osti pozitsiyasi, undoshlar uchun esa unli oldi
pozitsiyasi hisoblanadi. O`zbek tili unlilari uchun so`zning faqat bir unlidan tashkil
topgan so`zning birinchi bo`g`ini pozitsiyasi kuchli pozitsiyadir.
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasnif qilar ekan, ma`lum bir
fonemaning bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaning boshqa belgisi uchun
kuchsiz pozitsiya bo`lishi mumkinligini aytadi. SHuning uchun u pozitsiyalarni
quyidagi to`rt gruppaga bo`ladi:
1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun
ham kuchli pozitsiya.
2. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun
kuchsiz pozitsiya.
3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi
uchun kuchsiz pozitsiya.
4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini ham
ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarni ikkiga-pertseptiv
kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan)
pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchi fonema variatsiyalarini, ikkinchisi esa
variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga "a" ning turli ottenkalari: "mat",
"mat’", "myat", "myat’"; ikkinchisiga so`zning oxirgi, pozitsiyasi - prud va prut
kiritiladi.
MFM ning yana bir yutug`i bir belgisi asosida oppozitsiyaga kiritgan
fonemalarning bir belgisi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo`qolishi, ya`ni
45
ikki fonemani bir variantga muvofiqlashuvi-neytralizatsiyasi haqidagi ta`limotdir.
Masalan, yod va yot. MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va
so`zning ichida uning elementi sifatida o`rganganligidan, morfonologiyaning vujudga
kelishiga qulay sharoit yaratdi.
MFM pozitsiya tushunchasi bilan bog`liq giperfonema tushunchasini ham
tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg`uli bo`g`in oldida kelgan "o" va "a" unlilari rus
tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, baran. Bu so`zdagi birinchi a tovushi o
fonemasining ham, a fonemasining ham varianti bo`lishi mumkin; ammo qaysi
fonemani varianti ekanligini isbotlash kiyin. Bu variant a-o gruppasidagi
fonemalardan birining varianti hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo`yicha ana
shunday fonemalar gruppasi giperfonema hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: