Ўзбекистон республикаси фанлар академияси


XORIJIY MANBALARDA ETNOMADANIY IDENTIKLIK MASALASINING



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

 
XORIJIY MANBALARDA ETNOMADANIY IDENTIKLIK MASALASINING 
O‟RGANILISHI 
 
Эгамбердиева М., УрДУ таянч докторанти 
 
Etnomadaniy identiklik o‘ziga xos murakkab hodisa bo‘lib, insonning ma‘lum bir etnik 
jamoaga mansubligini anglash jarayoni sanaladi. Bu mavjud etnik aloqalardagi odamlarning 
ongiga qaratilgan g‘oyadir va etnonim shaklida o'zini namoyon qiladi. Bu shaxsni, boshqa bir 
guruh bilan taqqoslash, bir guruhni hissiy va kognitiv ravishda aniqlash, egallab olingan ijtimoiy 
mavqeliklarni lokallashtirish va muhim ijtimoiy vazifalarni rivojlantirish jarayonidir. 
Identifikatsiyani shaxsni shakllantirish, tadqiq qilish va rivojlantirish jarayoni sifatida ham 
tavsiflash mumkin. 
Etnik identifikatsiya etnik guruhning shakllanishini va rivojini, ta'minlaydigan etnik 
jamiyatning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda etnik o'ziga xoslik 
shaxsning ijtimoiy o'ziga xosliklaridan biri yoki uning ajralmas qismisi fatida ko'rib 
chiqiladi[Горбунова: 40]. 
Xorijiy mualliflar tomonidan to'plangan materiallarni tizimlashtirish va talqin qilish bizga 
etnik-madaniy o'ziga xoslikning mohiyati, funktsional xususiyatlari va tuzilishi haqida yaxlit, 
tizimli g'oyani sintez qilishga imkon beradi. Bu es uning genezisini kuzatish, tarixiy shakllarni 
ularning evolyutsiyasining eng umumiy tendentsiyalari kontekstida tahlil qilish imkonini beradi. 
Etnomadaniy o'ziga xoslik genezisi va uning evolyutsiyasini anglab yetish uchun bizga O. N. 
Astafiyeva, M. M. Baxtin, V. S. Bibler, V. P. Branskiy, V. I. Vernadskiy, M. S. Kagan va boshqa 
olimlarning ilmiy g'oyalari va nazariyalari yordam beradi[Малыгина: 9]. 
Xorijiy 
va 
mahalliy 
tadqiqotchilarning 
asarlari 
etnomadaniy 
identiklikning 
quyidagitarixiy shakllarini o'rganishga bag'ishlangan:
1) arxaik (qabilaviy) identiklik; 2) etnik identiklik; 3) milliy identiklik. 
Hozirda har bitta xalqning o‘z etnomadaniy identikligi mavjud. Lekin vaqt o‘tishi bilan 
insonlar bir e'tiqoddan boshqasiga o'tadi, xorijiy tillarni o'rganadi, yangi qadriyatlar va 
e'tiqodlarni qabul qiladi, o'zlarini yangi ramzlar bilan tanishtiradi, yangi turmush tarziga 
moslashadi. Yosh avlod madaniyati ko'pincha oldingi avlodlarning madaniyatidan tubdan farq 


166 
qiladi. ―Ba'zan jamiyatlar madaniyatida global o'zgarishlar yuz beradi. Madaniyatning o'ziga 
xosligi o'zgartirilishi mumkin, ammo shaxsiyat etnik o'zgarishlarga duchor bo'lmaydi. Shuning 
uchun ular o'rtasida aniq bir farq bo'lishi kerak[Хантингтон: 65]. ‖ 
Etnolog E. Smitning so'zlariga ko'ra: ―etnomadaniy identiklikning asosini uzoq vaqtdan 
beri, hech bo‘lmaganda ming yillar davomida Yevropada va Yaqin Sharqda mavjud bo'lgan 
millatlar tashkil etadi‖. Shu bilan birga, E. Smit tomonidan taklif qilingan millatlarning ta'rifi 
fanda qabul qilingan, ilmiy adabiyotlarda berilgan etnos tushunchasiga juda yaqin. Bular 
"ma'lum hududga va birdamlik tuyg'usiga ega bo'lgan kelib chiqishi, tarixi va madaniyati 
haqidagi umumiy afsonalarga ega bo'lgan odamlarning nomlaridir[Smith: 32]". Muallifning 
fikrida asos bor. Sababi har bitta xalqning o‘ziga xosligi uning yashash muhiti va davr bilan ham 
bog‘liqdir. 
Ayrim mualliflar o‘ziga xoslik masalasiga salbiy jihatdan yondashadi. Leon Vizeltir bu 
g'oyani aniq qolipga keltirib, shaxsiyat kishining o‘ziga bog‘liq emasligini ta'kidlaydi: biz unga 
qancha qarshilik qilmasak ham, undan qochib qutula olmaymiz. Nemis faylasufi va sotsiologi 
Kurt Xubner ―ma'lum bir millatga o'xshashlik iroda yoki erkin qaror emas. Bu taqdir[Greenberg: 
14]‖-deya ta‘kidlaydi. Menimcha, bir хalq yoki millatning boshqa bir хalq yoki millatga 
o‘хshashligini quyidagicha izohlash mumkin: 1) bu хalq yoki millat o‘ziga o‘хshash хalq yoki 
millat bilan qo‘shni hududda yashagan, qon-qardoshlik rishtalari bilan bo‘g‘langan bo‘lishi; 2) 
ko‘p sonli хalq yoki millat tomonidan okkupatsiyaga uchragan bo‘lishi; 3) shu хalq yoki 
millatning bir qismi (urug‘i, qabilasi) bo‘lganu, ammo ma‘lum bir sabablar tufayli boshqa 
hududga ko‘chib ketgan bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, etnomadaniy o'ziga xoslikni o'rganishni boshlagan holda, biz turli 
mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlar tufayli bir-biridan farqlanuvchi ko‘plab g'oyalar va 
kontseptsiyalarga tayanamiz, bu o'rganilayotgan hodisani tushunish jarayonini ancha 
murakkablashtiradi. Hozirgi kundamillatlararo munosabatlar yuksalib, yangi bosqichga qadam 
qo‘ydi, yer yuzidagi jamiki millatlar yakdil bo‘lib, hamjihatlikda ravnaq topishini anglab 
yetmoqdalar ya‘ni etnik ong yuksalmoqda. Dunyoda faqat etnomadaniy identiklikni saqlab 
qolgan millatlargina yuksalishga erishmoqda. Bu esa tarixchilarimizdan ushbu masalaga ko‘proq 
e‘tibor qaratishni hamda talab qilmoqda. 
 
Adabiyotlar: 
1. Горбунова А.А., Максимова С.Г. — Этническая идентичность в оценках населения 
регионов России // Социодинамика. – 2017. – № 8. 
2. Малыгина И.В.Этнокультурная идентичность: Онтология, Морфология, Динамика. 
Москва – 2005.
3. Хантингтон С. Кто мы?: Вызовы американской национальной идентичности. – М., 
2004.
4. Smith A.D., The Ethnic Origins of Nations. (Цит. по Дж. Бройи // Нацииинационализм). 
5. Greenberg S.Race and State in Capitalist Development: Comparative Perspectives. New 
Haven, 1980. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish