280
bag`ishlaydigan harakatli o`yinlar orqali, bola tevarak atrofdagi borliqni kuzatadi, o`zini qurshab
turgan olamni tushuna boshlaydi, unga turmush, hayot hodisalariga muayyan munosabat ma‘no
bo`ladi. Hozirgi kunlarda harakat tanqisligi biroz bo`lsada muаmmolarga duch kelmoqda.
Ibn Sino harakatsizlikning oldini olish haqida quyidagilarni ta‘kidlaydi: ―harakatlilik
tanada to`ldiruvchi narsalar to‘planishing oldini oluvchi kuchli omillardan bo`lib, shu bilan birga
tug`ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik beradi‖.
Ma‘lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama barkamol insonni tarbiyalashda
muhim vosita hisoblanadi. Allomaning fikricha, badantarbiya qilsangiz, sizga dori-darmonni
hojati yo`q deb yozadi. Toza havoda ko`proq bo`ling deb maslahat bergan. Har bir kishi sport
bilan shug`ullanish, harakatlar ehtiyojlarini qondirishi lozim. ―Bahorda badantarbiya uchun
uchun eng muvofiq vaqt tushga yaqin bo‘lib, o‘rtacha haroratli uyda qilinishi kerak. Yozda esa
badantarbiya ertaroqqa ko‘chiriladi. Qishga kelsak yozga nisbatan kechroq bajariladi‖.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlarda ham yoshlar salomatligiga juda katta
e‘tibor qaratilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori asosida tuzilgan dastur
doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, 2017-2021-yillarda
O‗zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
maqsadida jami 995,2 milliard so‗mdan ziyod mablag‗ sarflanishi nazarda tutilgan bo‗lib,
shundan 706,2 milliard so‗mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan,
90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash
hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‗naltiriladi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish inson organizmini mustahkamlaydi. Ish
qobiliyatini o`stiradi, sog‘lom hayot tarziga ehtiyojini tarbiyalaydi. Harakat faoliyati insonning
ruhiy faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. U salbiy, ruhiy ta‘sirlar, aqliy charchashni bartaraf etish
vositasi va yutuq faoliyati omili sifatida xizmat qiladi. Sog‘lom bolada jismoniy mashqlar
natijasida miya qon aylanishi yaxshilanadi. Jajjigina beshik ostonasida emaklay boshlayotgan
chaqaloq ota-onasining imo-ishoralari bilan harakatlana boshlaydi. Qay tomonga yo‘naltirilsa
qaysi va qaysi harakatni ko‘rsatsa shunga qarab takrorlaydi. Bolani kichik yoshidanoq hayotga
to‘g‘ri tarbiyalay olish, oila a‘zolarining kechiktirib bo‘lmas mas‘uliyatlari sanaladi. Zero
kelajak bugundan boshlanadi. Bolani shu yoshidan tarbiya masalasiga e‘tibor berilmasa kelajak
boy beriladi. Oilada bola tarbiyasi uning jismoniy va ma‘naviy sog‘lom bo‘lib yetishishini kun
jihatdan tarbiyaning o‘z vaqtida bosqichma-bosqich jarayonida berib borilishi maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: