3. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Rivoj topayotgan Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishdan ko’ra ko’proq ularni sotish muammosi oldingi o’ringa chiqadi. Korxonalar erkin faoliyat yurituvchi sub’ektlar sifatida oldi-sotdi munosabatlarini ham mustaqil belgilaydilar. Mahsulot, ish va xizmatlarni oldi-sotdi jarayonlari bozor munosabatlarining negizida turadi. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish mulkiy munosabatlardan kelib chiqqan holda o’zaro shartnomaviy kelishuvlarga tayanadi. Respublikamizdagi soliq qonunchiligiga asosan mahsulot ortib jo’natilgan va hisob hujjatlari qarshi tomonga (xaridor va buyurtmachilarga) taqdim etilgan bo’lsa, mahsulot sotilgan deb hisoblanadi. Mahsulotlarga egalik huquqi ular ortib jo’natilgan paytdanoq korxonadan chetlanadi va qarshi tomonga o’tadi. Ular bo’yicha hisob-kitoblar tomonlarning o’zaro kelishuvida hal etiladi.
Mahsulotlarni sotilgan deb hisoblashning odatda ikki sharti, ya’ni ular ortib jo’natilgan va korxona hisob raqamiga puli kelib tushishini xarakterlovchi “kassali usul” hamda ortib jo’natilgan va hisob hujjatlari taqdim etilgan paytdanoq sotilgan hisoblanuvchi “hisobga olish usul»i xarakterlanadi. Mulkga egalikning yangi huquqiy aspektlarida asosan ikkinchi usul tarkiblanadi. Shuningdek, butun butun hisob-kitoblar tizimi ham ushbu qonuniyat asosida tuziladi. Oldi-sotdi munosabatlarida yagona belgi shuki, ortib jo’natilgan yoki sotilgan mahsulotlar bo’yicha Mablag’larni undirib olish bevosita mulk egasining muammosidir.
Shartnomaviy munosabatlarda uning sub’ektlari o’zaro kelishuvining huquqiy aspektlari ifodalanadi, mahsulotlarni sotuvchi va sotib oluvchilar, ularning majburiyatlari, hisob-kitoblarning shakli, davri va shartlari, ularning buzilishida qo’llaniladigan choralar, ularning tartibga solinishi aks ettiriladi. Mahsulotlarni sotish ulgurji va chakana narxlarda amalga oshiriladi. Korxona tomonidan qo’llaniladigan narxlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Tahlilda mahsulot, ish va xizmatlarni sotish rejasining bajarilishi va dinamikasi, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o’rganiladi. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi chizma va jadval misolida ko’rishimiz mumkin:
Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun tovar balansini tuzamiz. Tovar balansi ko’rsatkichlari Tayyor mahsulot xarakati nomli ma’lumotnomadan olinadi. Bu hisobot shaklida tayyor mahsulotning yil boshiga, yil oxiriga bo’lgan qoldig’i, ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hamda sotilgan mahsulot ulgurji bahoda va ishlab chiqarish tannarxida ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |