O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Akademik yozuv fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:810-20 guruh talabasi
Shaymatov Dilmurod
Tekshirdi:
Muqaddas Axmedova
Toshkent 2021
1-topshiriq. ‘’Tushunchalar asosida matn tuzish’’ bo’yicha matn tuzish.
To’g’ri burchakli uchburchakning tug’ri burchagini tashkil qilgan tomonlari katet
deyiladi.To’g’ri burchakli uchburchakda katetlari o’zaro perpendikulyar bo’lib,
gipotenuzasidan har doim kichik bo’ladi.Pifagor teoremasi to’g’ri burchakli
uchburchak ifodalanib, katetlari kvadratlarining yig’indis gipotenuza kvadratining
kvadratiga tengdir.
2-topshiriq.
Fan rivojiga katta hissa qo'shgan taniqli o'zbek olimlari haqida yozma
ma’lumot yozing.
Hozirgi kunda insoniyat tamadduni jarayonida ilm-fan taraqqiyotiga Markaziy
Osiyo, xususan O‘zbekistonda yetishib chiqqan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy,
Ibn Kasir al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Rayhon al-
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy kabi buyuk allomalar ulkan
hissa qo‘shganlari butun jahon ahli tomonidan e’tirof etilib, ularning ilmiy merosi
har tomonlama chuqur o‘rganilmoqda va undan keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
Ushbu buyuk allomalar sirasida Toshkent shahri va uning tarkibiga kiruvchi
mintaqalarda tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan olimu fuzalolar ham o‘rta asrlarda
Markaziy Osiyo hududidagi ilmiy an’analarini davom ettirib, ilm-fanning barcha
jabhalari taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganliklarini alohida ta’kidlash lozim.
Bu borada o‘rta asrlarda (X – XX asrlar) toshkentlik olimlar o‘z davrining ilmlari –
hadis, fiqh kalom, tafsir, arab tili grammatikasi, she’riyat, tibb, falsafa, riyoziyot,
tarix, xattotlik va boshqa sohalarda samarali faoliyat olib borganlarini qayd etish
darkor.
Ilm-fanning qaysi sohasini olib ko‘rmaylik, ularning har birida toshkentlik
olimlarning muvaffaqiyatli faoliyat olib borganlarini guvohi bo‘lamiz.
O‘rganilayotgan davr olimlari bir vaqtning o‘zida bir necha ilmlarni egallab,
ularning rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Biz ushbu maqolada toshkentlik
olimlarning barcha sohalar emas, balki ba’zilari – she’riyat, fiqh, tarixnavislik, tibb
va xattotlikdagi faoliyatlarini ilmiy asosda yoritish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti fondida saqlanayotgan mazkur sohalarga taalluqli qo‘lyozma asarlar asosida
bayon etishni lozim topdik.
3-topshiriq. Uslubiy annatatsiya namunasidan foydalanib biron-bir fan bo’yicha
darslik yoki qo’llanma annatatsiya yozing.
Annatatsiya.
Qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligini O’rta
maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan aniq ba tabiiy fanlar
yo’nalishidagi akademik litseylar uchun fizikadan o’quv dasturi asosida yozildi.
Qo’llanma fizika kursining mexanika bo’limining kinematika, dinamika, statika
hamda, suyuqlik va gazlar mexanikasi, molekulyar fizika bolimining molekulyar
kinetik nazariyasi asoslari, termodinamika asoslari, suyuqlik va gazlarning o’zaro
aylanishi , suyuqliklarda sirt taranglik va qattiq jismlar fizikasi dasturga mos
ravishda iloji boricha to’la yoratishga harakat qilindi.