Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 4,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/125
Sana11.08.2021
Hajmi4,84 Mb.
#145092
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125
Bog'liq
malumot bazasi UMK 2016

3 amaliy ish. Jadvallar ustida so„rovlar.  (SELECT, INSERT, DELETE, 
UPDATE) 
Ishdan maqsad: Select, insert, update va delete lardan foydalanib oddiy 
so‟rovlarni MySQL da yozishni o`rganish. 
Uslubiy ko`rsatma: SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan 
so`rov tili deyilib, u ma‟lumotlar bazasi bilan a‟loqa o`rnatish uchun xizmat qiladi. 


SQL  tili  70  yillar  oxirida  IBM  firmasi  tomonidan  Sytem  r  nomli  ma‟lumotlar 
bazasini  boshqarish  tizimining  tajribaviy  loyihasini  ishlab  chiqish  doirasida 
yaratildi.  Keyinchalik  IBM  firmasi  tomonidan  Sytem  r  ga  yaqin  bo`lgan  yana 
ikkita  sistema  -  SQLG‟DS  i  DB2  sistemalari  ishlab  chiqildi.  Bu  tilning  xalqoro 
standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin 
uning  to`liq  xalqaro  standarti  1992  yil  qabul  qilindi.  1995  yilga  kelib  SQL92 
standarti  yangi  komponentalar  bilan  to`ldirildi.  Birinchi  bo`lib  SQL  dan 
foydalanish  Oracle  MBBTda  ishlatildi.  Hozirgi  kunda  ko`pgina  ishlab  chiqilgan 
relyatsion  ma‟lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  (MBBT)  SQL92  standartini 
ishlatmoqda. Hozirgi kunda bu standart ham kengaytirilib SQL:2003, SQL:1999  - 
standartlari  ishlatilmoqda.  Bu  standart  tillari  ancha  murakkab  bo`lib,  u  «asosiy» 
(entry),  «oralik»  (intermediate)  va  «tulik»  (full)  pogonalariga  bo`linadi.SQL 
quyidagi  komponentalarni  o`z  ichiga  oladi:  -adminstrativ  ma‟lumotlar  vositasi;  -
tranzaksiyalar  balan  boshqarish  vositasi;  -DLL  (Data  Definition  Language) 
ma‟lumotlarni  aniqlash  tili;  -DML  (Data  Manipulation  Language)  ma‟lumotlar 
ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili; -DQL (Data Query 
Language)  ma‟lumotlar  bazasiga  so`rovlar  tili.  Adminstrativ  ma‟lumotlar  - 
ma‟lumotlar  bazasini  yaratish,  unga  kirishga  ruxsat  berish  va  parollarni 
o`zgartirishda  kerak  bo`ladi.  Tranzaksiya  -  bu  ma‟lumotlar  bilan  monipulyatsiya 
qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta‟sir etishdir. Tranzaksiya yoki 
to`liq  bajariladi  va  ma‟lumotlar  bazasini  bir  butun  holatdan  ikkinchi  bir  butun 
holatga  o`tkazadi,  yoki  agar  ma‟lum  sababga  ko`ra  tranzaksiyaning  biror  holati 
bajarilmaydigan bo`lsa yoki sistemada biror xatolik yuz bersa, ma‟lumotlar bazasi 
boshlang`ich  holatiga  qaytadi.  Ma‟lumotlarni  aniqlash  tili  -  ma‟lumotlar  bazasi 
jadvalini tuzish, o`zgartirish yoki o`chirish, indeks tashkil qilish (ma‟lumotlarni tez 
izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqa 
kabilarni  amalga  oshiradi.  Ma‟lumotlar  ustida  manipulyatsiya  qilish  tili  - 
ma‟lumotlar bazasiga yozuvni qo`shish, o`chirish yoki yangilash imkonini beradi. 
So`rovlar  tili  -  foydalanuvchi  tamonidan  berilgan  kriteriyalar  asosida  kerakli 
ma‟lumotlarni  ma‟lumotlar  bazasidan  tanlab  olishni  tashkil  etib  beradi.  SQL-  bu 
relyatsion  bazalardagi  ma‟lumotlarni  shakillantirish  va  ularni  qo`llab-  quvvatlash 
uchun maxsus yaratilgan tildir. SQL umum  yo`nalishga mo`ljallangan dasturiy til 
emas, lekin ayrim kuchli vositalar uning tarkibida mujassamlashgan. 
Ushbu  amaliy  ishda MySQL  da  “polka” nomli  jadval hosil qilamiz. Select, 
insert, update va delete operatorlari bilan ishlashni o‟rganamiz. 
Avval SQL so‟rovi orqali ma‟lumotlar bazasini hosil qilib olamiz: 


     
 
 
 
 
Hosil bo‟lgan jadvalimizning strukturaviy ko‟rinishi: 
 

Download 4,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish