2.2. C&C08 tizimining SM kommutatsiya moduli strukturasi va kommutatsiya maydon qurilish tamoyili
C&CO8 raqamli kommutatsiya tizimi modulli qurilishiga ega. U bitta boshqarish va aloqa moduli AM/SM dan, va bir necha kommutatsiya moduli SM, yoki bir necha xizmatga ishlov beruvchi modul SPM dan iborat bo‘lishi mumkin
(2.2.1-rasm).
AM(Admission module, ma’muriy modul) - asosan modullar orasidagi bog‘lanishni yaratishni boshqaradi markaziy kommutatordan va kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi holatining boshqarishni ochiq tizimini ta’minlaydi.
AM (Administration Module)- ma’muriy modul, asosan modullar orasidagi bog‘lanishlar yaratishni boshqaradi, markaziy kommutatordan va kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi holatining boshqarishni ochiq tizimini ta’minlaydi. AM asosiy boshqarish moduli FAM (Front AM) va yordamchi boshqarish moduli VAM (Back AM) dan iborat.
FAM quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Tizim modullari orasida bog‘lanish o‘rnatishni boshqaradi, ya’ni real
vaqtda kommutatsiyani boshqaruvchi FAM orasida xabar uzatish kerak bo‘lganda SM va SPM modullari orasida xohlagan bog‘lanish o‘rnatish uchun;
FAM global nomerlar joylashgan markaziy ma’lumotlar bazasini qo‘llaydi.
3. FAM ulash liniyalarini seriyali izlashni va resurslarni boshqarishni bajaradi. FAM stansiyaning bosh protsessori, eksplutatsiya va texnik xizmat terminali orasida interfeyslarni amalga oshiradi. Bu interfeyslar SM bilan SM birlashib FAM/SM deb ataladi.
VAM tizim va ochiq tarmoq tizimlari (mijoz/server rejimida) orasida hamkorligini ta’minlaydi. Bu FAM ga to‘g‘ri Enthernet interfeysi orqali ulash yuli bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, u C&CO8 stansiyasi va kompyuter tarmog‘ini ulash uchun markaziy element hisoblanadi. VAM NM markazi hamda tarifikatsiya markaziga ulanish uchun bir necha ishchi stansiya va V.24/V.35 interfeysiga ulanish imkoni uchun Enthernet interfeysini ta’minlaydi.
-
Internet
|
PRA
|
|
SPM/SRM
|
X.25, V.24, V35
|
|
|
|
|
|
CCS7
|
|
|
|
|
|
|
|
PSTN/ISDN /R2/R1.
|
AM/CM
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
PSPDN
|
PHI
|
|
FAM
|
Ethernet
|
VAM
|
LAN
|
|
|
CM
|
|
|
|
|
|
|
|
|
DDN
|
E1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
AN
|
V5
|
|
|
WS
|
WS
|
|
|
|
SDH
|
STM1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
SM
|
V 5.2
|
ONU
|
|
|
|
|
|
|
RIM
|
E1
|
|
|
E1
|
|
|
|
|
|
RSA
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
RSA
|
E1
|
|
|
|
|
|
|
|
SM
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ONU
|
RSM
|
E1
|
|
|
E1
|
|
|
|
|
RSA
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.2.1 - rasm. Apparat vositalar tuzilmasi
|
|
|
Texnik xizmatga mo‘ljallangan VAM NOST tizimni boshqaradi, qo‘llab-quvvatlaydi va nazorat qiladi.
VAM apparat vositalar tarkibida server hisoblanadi. VAM kommutatsiya tizimi C&CO8 dagi ekspluatatsiya va texnik xizmat yadrosi hisoblanadi. U terminal tizim dasturiy ta’minotini ishlatiladi va OS Windows NT asosida ishlaydi. U tizimni engil, qulay boshqarishi uchun GUI va MMI ekspluatatsiya interfeyslarini beradi.
CM (Communication Module) - aloqa moduli asosan markaziy KM va kommutatsiya interfeyslaridan iborat. SM nutq kanallari va mos modullarini signalizatsiya zvenolari orasida ulashni ta’minlaydi. SM/SPM modullari orasidagi
nutq kanallarining xohlagan ulanishni bog‘lash uchun markaziy KM orqali o‘tishi kerak. SM modullarini bog‘lash uchun ulash liniya E1/T1 interfeysi, STM-1 interfeysi, 40 mbit/s optik tolali interfeysi kabi tashqi interfeyslarni ta’minlaydi. SM hamma SM modullari orasidagi aloqani 40 Mbit/s interfeysi bilan ikkita juft optik liniya bilan ta’minlaydi. Bu izolyasiya va momaqaldiroq himoyasi muammosini echadi, hamda aloqa sifatini yaxshilaydi. Har bir juftlik zahiralash rejimida ishlaydi. Bundan tashqari SM boshqa stansiyalar bilan aloqani, SRS bayonnoma platasi va ET16 yoki STU interfeyslarini ishlatish bilan tashqil qiladi.
SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/SM stativida joylashgan. Bu modul AM/SM ning tashqi interfeyslarini va markaziy ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda SM kommutatsiya modulining taxminan hamma funksiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda ishlatadi. SHuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq unumdorlikka va integratsiya darajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta sig‘imli ulash liniyalar tarmog‘ini tashqil qilish rejimini qyllaydi va IKM qo‘llanishga tegishli xizmatga ishlov beradi. Misol uchun, 7 sonli UKS, SAS, V5, PRA/PHI signalizatsiyalari.
SRM VAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali to‘g‘ri bog‘lanishi mumkin. SPM - resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli SPM xizmatga ishlov berish moduli uchun kerak bo‘lgan hamma resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko‘p chastotali signalizatsiyali qabul qilgich-uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan abonent nomerini aks ettirish vositasi kiradi. Bu resurslardan stansiyaning SPM barcha modullari foydalanadi.
SM - kommutatsiya moduli SPM o‘xshash, va C&CO8 tizimining asosiy modullaridan hisoblanadi. U taqsimlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish, taqsimlangan resurslarni boshqarish, chaqiriqqa ishlov berish va texnik xizmat operatsiyalari kabi funksiyalarni ham bajaradi.
SM - apparat vositalarga nisbatan mustaqil tuzilishiga ega bo‘lib, modul ichida mustaqil ulash o‘rnatish va kommutatsiyaning hamma funksiyalarini bajarishi mumkin. SM modullari orasidagi kommutatsiya funksiyalarini AM/SM
modulidagi markaziy KM bilan birgalikda bajaradi.
SM modul 5472 abonent liniyalari /480 ulash liniyalari standart konfiguratsiyali mustaqil stansiya tarzida ishlatilishi mumkin. Bu holda boshqarish tizimi ulangan VAM moduli, to‘g‘ri SM da o‘rnatiladi. Bu kichik sig‘imli kommutatsiya tizimini yaratish uchun O&M funksiyasini bajarishni ta’minlaydi.
Agar bitta SM chegarasidan oshiq tizim sig‘imi talab qilinsa, tizimga boshqa SM modullari ulanadi. Ularni AM/SM orqali birlashtiriladi.
Abonent va ulash liniyalar konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda SM modullari quyidagi turlari bilan farqlanadilar:
abonent liniyalari kommutatsiya moduli USM (User Switching Module) 6688 ASL/3344 BRI;
- ulash liniyalari kommutatsiya moduli TSM (Trunk Switching Module). Sig‘imi 1440 DT (raqamni ulash liniyalari);
aralash, abonent/ulash liniyalari kommutatsiya moduli UTM (User Trunk Switching Module). Uni standart konfiguratsiyasi 4560 ASL/480 DT yoki 2280 BRI/480 DT.
Operator talabiga asosan moduldagi abonent va ulash liniyalar portlari sonini xohlagancha konfiguratsiyalash mumkin.
C&CO8 tizimining boshqarish qurilmasi - taqsimlangan boshqarishli ko‘p
protsessorli tizimga ega.
Dasturlash tili sifatida S tili olingan. Kodlarni generatsiyasida SDL tili va CASE aslahaviy vositalar ishlatiladi.
RSM - uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli, bu AM/SMdan katta masofaga o‘rnatilgan SM modulidir.
RSA - uzoqlashtirilgan abonent bloki modulidir. Bunda ISDN tuzilishi (30V+D/23B8+D) kichik sig‘imli abonent liniyalarning uzoqlashgan moduli ishlatilib, katta masofaga SM dagi AL javoni chiqariladi. RSA ga ulanish imkoni IKM tizimi, optik uzatish tizimi, yoki HDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniya) texnologiyasi ishlatilgan ikki juft telefon liniyasi orqali beriladi.
RIM - uzoqlashtirilgan integratsiyalangan modul. Bu modul kommutatsiya
zalidagi hamma kerak bo‘lgan:
sovutgich ventilyatorini;
akkumulyator batareyalarini;
elektr iste’mol manbalarini;
atrof-muhit monitoring blokini;
mikroavtomat qurilmasini (RIM tashqarida joylashgan varianti uchun).
SDH yoki PON uzatish qurilmalarini (kerak bo‘lganda) bitta stativga
birlashtiradi.
ONU (Optic Network Unit) – optik tarmoq bloki. Uzoqlashtirilgan modul sifatida HONET abonent imkoni tarmog‘ida ONU ishlatish mumkin. Buni farqi, SDH uzatish optik tarmog‘i orqali V5.2 interfeysi yordamida, uni ulash amalga oshiriladi. Buning uchun unda kiritish/chiqarish multi-pleksor bo‘ladi. Xuddi shunday multipleksor, u ulanishi kerak bo‘lgan SM yoki RSM da ham bo‘lishi kerak ONU ga to‘g‘ri vidiotasvir SATV uzatish bloki ulangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DDN ga ulanish mumkin. ISDN xizmat spektrini oshirish mumkin.
WS - ishchi stansiya. Stansiya operatorining ishchi joyi Windows operatsion tizim boshqarishi ostida ishlaydigan kompyuterdir. Stansiya ishi-ni boshqarish, yoki grafik interfeys orqali, yoki buyruq qatori yordamida bajariladi. Bunday kompyuter bilan ishlaganda tizim ko‘p sonli yordam belgilarini taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |