Boshqaruvchi buyruqlar
RKM multiport DSE larda tashqil topgan. Har xil portlarni qabul qiluvchi va uzatuvchilari orasida kommutatsiya qilish uchun boshqarish qurilmasi bor. Bu BK kommutatsiya jarayonini bajarish uchun boshqaruvchi buyruqlarni olishi kerak. Bu buyruqlar boshqaruv qurilmasi multiportiga ulangan IKM traktlarning kirish kanallaridan tushadi. Boshqaruvchi buyruqlar manbai modullarning boshqaruv qurilmalari TSE (ACE) hisoblanadi. Kommutatsiya maydoni orqali to‘rt simli
ulash traktlarining kommutatsiyasida bir – biri bilan ulanadigan ikkita modul qatnashadi.
Shunday qilib, ikkita modullar orasida qabul qilish va uzatish trakti hosil qilish kerak. Bu traktlar ikkita qabulga kommutatsiya qilinadi. To‘gri yo‘nalishda ulash-o‘rnatishni chaqirayotgan modulning boshqaruv elementi SE (TSE yoki ASE) boshqaradi. Teskari yo‘nalishda ulash o‘rnatilayotganda chaqirilayotgan modulni SE boshqaradi. Ikkita modullar orasida kommutatsiya natijasida ikki yo‘nalishli (dupleksli) 4 simli ulash trakt o‘rnatiladi. Kommutatsiya jarayonida SE dan buyruqlar portlar qabul qiluvchilarining boshqaruv qurilmalariga tushadi. Buyruq bitta multiportning qabul qiluvchisi va uzatuvchisi orasidagi kommutatsiyani boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Kommutatsiya jarayonida bir necha ketma-ket ulangan multiportlar katnashishi mumkin. Shuning uchun chaqirilayotgan modulning boshqaruv elemen-ti SE bir necha buyruqlarni berishi kerak. Demak, bitta ulashdagi buyruqlar soni kommutatsiya maydonida nechta zveno ishlatilganiga boglik. Xar bir buyruq RKE (DSE) ning qabul qiluvchi portiga tushadi va ishlovdan o‘tadi. Buning uchun to‘g‘ri axborot olib beruvchi buyruqlarning aniq maydoni tahlil qilinadi. Kanal so‘zi 16 bit axborotga ega. Buyruq so‘zi to‘rt qismga (maydonga) bo‘lingan. Kanal so‘zining turini aniqlash uchun kanal ikkita boshqaruv biti bor. Kanal axboroti tahlil qilinayotganda, boshqaruv bitlarni tahlil qiladi. Bu uzatiladigan axborot turini aniqlash uchun bajariladi.
01-bayonnoma (tanlash) multiportning qabul qiluvchi va uzatuvchisi orasida ulash o‘rnatish lozimligini ko‘rsatadi.
11-bayonnoma (SPATA–Speech and Data) - kanal so‘zlash signali yoki ma’lumotga ega.
10-bayonnoma (ESCAPE) – kanalda protsessorlararo xabar bor.
00-bayonnoma (bo‘sh, bo‘shatish)-kanal bo‘sh bo‘lishi kerak yoki kanal bo‘shligini indikatsiya qilish, yuklanish yo‘q).
Shunday qilib, bayonnoma bitlari so‘zdagi boshqa bitlar bilan qanday operatsiyani bajarishini ko‘rsatadi.
1.1.11 - rasmda «Tanlash» ulash - o‘rnatish buyrug‘ining formati ko‘rsatilgan.
Boshqarish
bitlarini
tanlash
Erkin qidirish
Free Search
Yunalgan
qidirish
Directed
Search
Chiqish porti
|
|
Funktsiya
|
raqami n
|
|
|
|
|
|
|
|
8 dan 11 gacha xoxlagan port,
xoxlagan kanal
8 dan 15 gacha xoxlagan port,
xoxlagan kanal
n yki n+4 port, xoxlagan kanal
n port, xoxlagan kanal
n port, m kanal
Kanal raqami m
1.1.11-rasm. Boshqaruv buyruqlarining turi
Erkin izlash bo‘lsa, buyruqda ulash o‘rnata oladigan portlar ro‘yxatini aniqqlovchi axborot yozilgan bo‘ladi. Istalgan bo‘sh kanal tanlanadi. Yo‘naltirilgan izlash bo‘lsa, buyruqda chiqish portining raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi va shu port bilan bog‘langan IKM traktidan istalgan kanalni qidirishga ko‘rsatma beriladi. Texnik xizmat ko‘rsatilayotganda, buyruqda kerakli port va kerakli kanal raqami beriladi.
Chaqirilayotgan modulning boshqarish elementi SE har xil izlash bos-qichi qabul qiluvchisiga ketma – ket uzatayotgan «Tanlash» buyrug‘i asosida kommutatsiya maydoni orqali ulash o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |