2. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar samarasi
Hozirgi kunda insonning kun bo’yi qabul qiladigan axborotlari shunchalik ko’pki, ularni saqlab qolish juda mushkul. Shu sababli axborotni tasavvur qilgan holda qabul qilish xotirada saqlanishini osonlashtiradi. Elektron o’quv kursi esa inson xotirasida axborotlarni yaxshi saqlanuvchi, vizual ko’rinishda uzatadi. Bir qancha soha uchun multimediali o’quv kursi ishlab chiqilgan. Ularning sifati pastligi, muayyan tartib – qoidaga asoslanmaganligi sababli foydalanish keng miqyosda emas yoki tezda yaroqsiz holatga keladi. Elektron o’quv majmuaini tayyorlashda ulardan foydalanish davomiyligini hisobga olish zarur.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etmasdan ta’lim tizimini taraqqiy ettirib bo’lmaydi. Bu borada zamonaviy oliy ta’lim tizimi axborot-kommunikasiya texnologiyalarini bo’lajak mutaxassislar kasbiy faoliyatining muhim vositasi sifatida qo’llash bo’yicha vazifalarni ilgari surmoqda. Ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning afzal va qulay imkoniyatlarni shart-sharoitlarini yaratish va o’quv jarayoni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar yaratish, multimediali o’quv qo’llanmali, metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv-tarbiya jarayonida elektron ta’lim resursi(ETR) ning o‘rni haqida gapirganda, turli ta’lim shakllari, shu jumladan, aralash ta’lim shakllari yonma-yon boradigan, ta’lim tizimi hozirgi holatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur, ular uchun esa, mustaqil ish tegishlicha metodik ta’minlanishi juda muhim. Bularga ko‘ra, o‘quv-metodik materiallarni elektron ko‘rinishda taqdim etishning strukturasi va usuli, ulardan foydalanishning aniq bir shakliga bog‘liq holda o‘zgarib turishi kerak. Pirovardida, o‘quv-metodik resurslarning katta hajmidan, ko‘p sonli foydalanuvchilar foydalana olishini, shuningdek, individual yondashuv, o‘qitishning faol metodlari va teskari aloqa qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash zarur.
Pedagogik faoliyat amaliyotiga,
o‘quv va ish dasturlari;
leksiyalar va amaliy mashg‘ulotlarning grafik-rejalari;
ensiklopediya va lug‘atlar;
kartalar, sxemalar, illyustratsiyalar;
masalalar va mashqlar to‘plamlari, ularni bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar;
insholar, referatlar mavzulari va shuningdek o‘zini o‘zi tekshirish uchun savollar va testlar;
kompyuter eksperimentlarini va amaliy o‘yinlarni o‘tkazish uchun modellashtiruvchi dasturlar (ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish mumkin bo‘lgan holda);
o‘qitish sifati va ta’lim olayotganlar rivojlanishi nazorat qilinishini olib borish dasturlari
kabi turli elektron o‘quv materiallaridan foydalanish keng kirib bormoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan elektron materiallarni, tegishlicha metodik va texnologik tizimlashtirish, mohiyatan, bosqichma-bosqich, o‘zida avtomatlashtirilgan ta’lim va nazorat tizimlari, modellashtiruvchi dasturlar va o‘qitishning axborot texnologiyalari (O‘AT) boshqa dasturiy vositalari funksiyalarini jamlovchi ETR shakllanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |