87
Davlatning soliqsiz daromadlarini davlat soliqlaridan ajratib turuvchi xususiyatli belgilari
mavjud.
Birinchidan, ko‘plab soliqsiz to‘lovlar ikki yoqlama xarakterga ega, ya’ni ko‘plab soliqsiz
to‘lovlar to‘lash bo‘yicha huquqiy munosabatlarning subyektlari o‘zaro huquq va majburiyatlarga
ega. Huquqiy munosabatlarning zaruriy subyekti bo‘lgan davlat, soliqsiz to‘lovlarni undirar ekan,
uning to‘lovchilari foydasiga tegishli harakatlarni amalga oshirishi shart, misol uchun qandaydir
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish, bojxona chegarasidan tovarlarni olib o‘tish, qandaydir
xizmat ko‘rsatish va b. O‘z navbatida soliqsiz to‘lovlarning to‘lovchilari davlatdan o‘zlarining
foydasiga qandaydir harakatlar amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega.
Ikkinchidan, har doim majburiy to‘lov hisoblangan soliqlardan farqli o‘laroq soliqsiz
daromadlar majburiy va ixtiyoriy shaklga ega bo‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlarning katta qismi
majburiy to‘lovlar hisobiga shakllanadi. Ularning majburiyligi nazarda tutilgan hollarda
to‘lanmagan holatlarda o‘rnatilgan tartibda majburiy undirilishi bilan asoslanadi. Biroq, majburiy
soliqsiz va soliqli to‘lovlarni to‘lanishining asoslari bir xil emas: soliqlar soliqqa tortish obyekti
mavjud bo‘lganida to‘lanadi, majburiy soliqsiz to‘lovlarni to‘lanishining asosi esa vakolatli organlar
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga ma’lum harakatlarni amalga oshirilishi (u yoki
bu huquqlarning berilishi, ishlar, xizmatlar bajarilishi) hisoblanadi. Davlatning soliqsiz daromadlari
guruhiga kiruvchi ixtiyoriy to‘lovlar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli xohish-irodasiga
asoslanadi. Ixtiyoriylik tamoyillari bo‘yicha qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish usullari
qonunchilik bilan belgilanadi. Ularga davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va
tarqatish, davlat lotereyalarini o‘tkazish, hayriya faoliyatini amalga oshirish tartibidagi badallar va
boshqa qonuniy usullar.
Uchinchidan, soliqsiz to‘lovlarning xususiyatlaridan yana biri shuki, soliqlarga nisbatan ular
uchun tushumlarning maqsadlilik belgisi xarakterlidir. Davlatning soliqsiz daromadlarini
ishlatishning maqsadliligi soliqsiz to‘lovlar joriy qilinish paytida o‘rnatiladi va har qaysi to‘lovni
hisoblash va undirish tartibini belgilovchi huquqiy hujjatlar yordamida mustahkamlanadi.
Davlatning soliqsiz daromadlari, odatda, Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarda jamlanadi.
Biroq, ayrim soliqsiz daromadlardan tushumlar qonun bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tegishli
mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi uchun mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.
Davlatning soliqsiz daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin (19-rasm):
hududiy darajasi bo‘yicha – respublika daromadlari va mahalliy hokimiyat organlarining
daromadlari;
shakllantirish usullari bo‘yicha – majburiy xarakterga ega bo‘lgan daromadlar va yuridik
va jismoniy shaxslardan ixtiyoriy tushumlar;
ularni yig‘ish manbalari bo‘yicha – Davlat budjetida budjetdan tashqari fondlarda
jamlanadigan daromadlar;
to‘lovlarni undirishning asoslari bo‘yicha.
19-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: