80
Demak, budjet iqtisodiy mohiyati nuqtai-nazaridan mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida
ko‘rib o‘tiladigan bo‘lsa, davlatning moliyaviy asosini, qonuniy o‘rnatilishi nuqtai-nazaridan esa,
davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Bizning fikrimizcha, birinchidan, budjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
sifatida davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi o‘rtasidagi imperativ xarakterga ega
bo‘lgan pul munosabatlari hisoblanishidir. Ikkinchidan, budjet munosabatlari moliyaviy
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil qilish va undan
foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Xo‘jalik mexanizmining tarkibiy
elementi hisoblangan budjet mexanizmidagi yuqorida ta’kidlangan 2 xususiyatli sifat belgilari
budjetning moliyadan V. Rodionova ta’kidlagan 4 asosiy farqli jihatlariga ega bo‘lish
imkoniyatlarini shakllantiradi.
Qonunlar, monografiyalar, darsliklar, ilmiy maqolalar kabi iqtisodiy adabiyotlarda “budjet”
terminini qo‘llashga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining „Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida budjetga
quyidagicha ta’rif berilgan:
”Davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Professor L.A. Drobozina “pul mablag‘larining asosiy markazlashtirilgan fondi”-deb
ta’kidlaydi. Professor A.Yu. Kazak esa “…asosiy moliyaviy reja sifatida… muhim moliyaviy
to‘g‘rilovchi sifatida… pul munosabatlarining… majmuasidir”- deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizning iqtisodchi olimlaridan prof. M.Yo‘ldoshev va Y. Tursunovlar esa,
byujetga quyidagicha ta’rif berganlar: „Budjet – bu, turli darajadagi markazlashgan pul mablag‘lari
fondini vujudga keltirish, taqsimlash va foydalanishga oid asosiy moliyaviy reja bo‘lib, u tegishli
davlat yoki mahalliy idora tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan yuridik hujjatdan
iborat”
1
.
Shuningdek, iqtisodchilar Z.X. Srojiddinova, A.V. Vahobov va J.R. Sidiqovlar ham davlat
budjetining mohiyatini ochib berish uchun qator ta’riflar keltirganlar. Ularda: „Davlat budjeti –
davlatning pul mablag‘larini markazlashgan fondi (davlat maqsadli fondlari mablag‘lari bilan
birgalikda) bo‘lib, moliya yili davomidagi daromadlar manbalari va aniq maqsadlarga ajratiluvchi
mablag‘lar hajmlarini nazarda tutadi”. „Davlat budjeti – davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib,
moliyaviy rejalar tizimida muhim rol o‘ynaydi”
2
.
Iqtisodchi U.A. Burxanov esa: „Davlat budjeti – umumjamiyat xarajatlarini moliyalashtirish
maqsadida tuziladigan, hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan tasdiqlanadigan
davlatning markazlashtirilgan pul fondidir” – deb ta’rif beradi
3
.
Yuqoridagi olimlarning davlat budjetiga bergan ta’riflarini o‘rganish, solishtirish va tahlil
qilish natijasida biz bu kategoriyaga quyidagicha ta’rif berishni ma’qul, deb topdik:
«Davlat budjeti
– bu tegishli darajadagi (markaziy yoki mahalliy) davlat boshqaruv organi tomonidan ishlab
chiqiladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja bo‘lib, unda davlatning o‘z funksiyalaridan kelib
chiqib amalga oshiradigan asosiy xarajatlari hamda ularni moliyalashtirish uchun zarur
daromadlari o‘z aksini topadi».
Budjetning qaysi darajada ekanligidan qat’i nazar unga uch jihatdan yondashish mumkin
4
:
•
iqtisodiy kategoriya sifatida;
•
moddiy ma’noda;
•
huquqiy kategoriya sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida
budjet obyektiv xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari
tizimi sifatida qaraladi.
1
Yo‘ldoshev M., Tursunov Y. Moliya huquqi.-T.: «Mehnat». 1999., 52-b.
2
Срожиддинова З.Х., Вахобов А.В., Сидиков Ж.Р. Государственный бюджет Республики Узбекистан. Учебное
пособие.-Т.:ТФИ, 2001., 4-5-b.
Do'stlaringiz bilan baham: