Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


partiyalarning hisob-kitob varaqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва


partiyalarning hisob-kitob varaqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 


 
 
 
63
 
 
Moliya  yili uchun ajratilgan, lekin shu  yil mobaynida siyosiy partiya tomonidan 
foydalanilmagan davlat mablag‘lari moliya  yili tugaganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak. Siyosiy partiya davlat mablag‘larini olishdan voz 
kechishga haqli».  
Shuningdek, siyosiy partiyalarning daromadlari yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya 
mablag‘lari hisobidan ham shakllanishi mumkin. Siyosiy partiyalarga xayriya yordamlari 
berishning tartibi va umumiy jihatlari yuqoridagi qonunning III qismida keltirilgan. Unga ko‘ra 
siyosiy partiya xayriya yordamini faqat O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida hamda 
mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan 
faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xayriya yordami berish 
ixtiyoriy ravishda va ularning faqat o‘z mablag‘laridan amalga oshiriladi. 
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir yuridik shaxsidan bir yil mobaynida olgan 
xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan 
eng kam ish haqining besh ming baravaridan oshmasligi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari shaklidagi 
xayriya yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga yuridik shaxslar uchun 
naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalarida nazarda tutilgan rekvizitlarni ko‘rsatgan holda o‘tkazadi va 
to‘lov topshiriqnomasida xayriya yordami berishga cheklashlar yo‘qligi haqida belgi qo‘yadi. 
Xayriya yordami, agar u yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan 
e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish 
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. 
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir fuqarosidan bir yil mobaynida olgan 
xayriya yordami summasi xayriya yordami berilgan yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan 
eng kam ish haqining besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu cheklash siyosiy partiya 
a’zolari partiya ustaviga asosan to‘laydigan a’zolik badallariga tatbiq etilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi siyosiy partiyaga pul mablag‘lari shaklidagi xayriya 
yordamini berishda uni siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga shaxsan, pasporti yoki uning 
o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim etgan hamda to‘lov topshiriqnomasida yoxud pul jo‘natmasida 
familiyasi, ismi, otasining ismi va pasportiga oid ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda o‘z 
mablag‘laridan o‘tkazadi. 
Xayriya yordami, agar yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan 
e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya xayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish 
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. 
Siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar 
bajarish tariqasidagi (shu jumladan grantlar ajratish, texnik yordam ko‘rsatish, safarlar bilan, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o‘tkaziladigan treninglar, 
seminarlar, konferensiyalar bilan bog‘liq xarajatlarga haq to‘lash orqali) xayriya yordami 
quyidagilar tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: 

 
chet davlatlar; 

 
chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari; 

 
xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; 

 
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar; 

 
chet el fuqarolari; 

 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.  
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki 
faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklida, mol-
mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida xayriya yordami berilishiga ham yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Siyosiy partiyalar uchun boshlang‘ich partiya tashkilotlari va markaziy boshqaruv apparati 
mavjudligi sharoitida boshqarishning vertikal tarkibi xosdir. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy 
harakatlar moliyasini tashkil etish uchun yuqori va quyi partiya tashkilotlari o‘rtasidagi, jumladan, 
dotatsiya shaklidagi ichki partiyaviy moliyaviy munosabatlar ham xosdir.  


 
 
 
64
 
 
Siyosiy partiyalar odatda ma’lum mulkka egadirlarki, ularning miqdori uning rahbariyati 
o‘tkazayotgan siyosatniig ommabopligi hamda mamlakat ijtimoiy-siyosiy tizimida ushbu partiya 
egallagan mavqedan kelib chiqadi. Ijtimoiy harakatlar, aksincha hech qanday mulkka ega emas, 
ularning yo‘lboshchilari ko‘pincha jamoa asosida o‘z hisobidan faoliyat yuritadilar.  
Siyosiy partiyalar moliyaviy rejalarida daromadlar tarkibini to‘liqligini ko‘rish mumkinki, 
ular tarkibida tijorat hisobi asosida xo‘jalik yurituvchi tashkilotlardan tushum muhim o‘rin 
eggallaydi. Ijtimoiy harakatlarda moliyaviy reja sifatida yillar bo‘yicha farq qiladigan smeta 
maydonga chiqadi.  
Alohida siyosiy partiyalar xarajatlarining tarkibi ular faoliyatining ko‘lamiga bog‘liq. 
Mazkur xarajatlar siyosiy partiya nizom faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
- partiya rahbariyati va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi xarajatlari; 
- mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish xarajatlari; 
- ko‘rgazmali tashviqot bo‘yicha xarajatlar; 
- memorial uy-muzeylarni saqlashni joriy xarajatlari.  
Bundan tashqari bu xarajatlar tarkibida ma’muriy binolarni saqlash va yangilarini qurish 
xarajatlari va h. k. lar ham hisobga olinishi mumkin.  
Ijtimoiy harakatlar smetasida asosiy o‘rinni homiylarning va maxsus maqsadli badallar 
mablag‘larining harakatning faol qatnashchilari uchun qilinadigan xarajatlar egallaydi.  
 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish