Yagona pul-kredit siyosati
davlat tomonidan amalga oshiriladigan ichki iqtisodiy
siyosatning yo‘nalishlaridan biri. Mamlakat miqyosida pul muomalasini samarali tartibga solish,
milliy pul birligi qadrini oshirish, ichki bozorni himoya qilish, kreditlardan yuksak samarali
foydalanishlikni ta’minlash, pul va kredit vositalarini iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida eng ko‘p foyda
beradigan tarzda ishga solishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Qarz
jismoniy yoki yuridik shaxsning shartnomada ko‘zda tutilgan yoki boshqa
asoslarga ko‘ra vujudga keluvchi majburiyati bo‘lib, unga muvofiq qarzdor pul yoki natura holidagi
muayyan mulkni shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan muddatda ikkinchi tomon (jismoniy
yoki yuridik shaxsga yoxud davlat)ga topshirishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |