116
ish haqi fondiga nisbatan 23,6 % miqdoridagi sug‘urta badallari (24,0 % yagona
ijtimoiy to‘lov tarkibida);
mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan
mahsulotlarining amaldagi hajmining 1,0 % miqdoridagi majburiy ajratmalari summasi;
fuqarolar ish haqining 3,5 % miqdoridagi majburiy sug‘urta badallari;
Sug‘urta badallari soliqlarni ushlashni hisobga olmagan holda, moliyalashtirish
manbalaridan qat’iy nazar amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqarilgan nizomlar, qarorlar va
boshqa me’yoriy hujjatlarga ko‘ra mazkur korxona tomonidan hisoblanadigan ish haqlarining
barcha turlariga hisoblanadi. Sug‘urta badallari quyidagi turdagi to‘lovlarga hisoblanmaydi:
foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyalar;
ishdan bo‘shash chog‘idagi chiqish nafaqasi;
moddiy yordam ko‘rinishida beriladigan pul nafaqalarini har xil turlariga;
kompensatsiya to‘lovlariga;
bepul ovqatlar qiymatlariga va boshqalar.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi:
a) ishlamaydigan fuqarolarga:
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa va
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa
kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun;
b) ishlaydigan fuqarolarga:
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari;
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;
bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
dafn marosimi nafaqalari;
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda
bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa
kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi migratsiyasi tendensiyasi tez oshib bormoqda. Shuning
munosabati bilan mablag‘larni tez orada aniq bir hududga o‘tkazish zarur bo‘ladi. Tijorat faoliyati
hisobida fondga qo‘shimcha mablag‘ topishga ham ruxsat beriladi. Maoshlarning o‘sib borishi va
yashash sharoiti qimmatlashib borayotganligi munosabati bilan pensiyalarning miqdori ham
o‘zgarib turadi. Pensiya fondining mablag‘lari mahalliy banklar hisoblarida to‘planadi. Markazdan
esa, faqatgina kerakli to‘lov topshiriqnomalari beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondining
mablag‘lari bank muassasalaridagi joriy hisob varaqalarida saqlanadi. Hisob varaqlar O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki, Pensiya fondi bilan kelishilgan holda belgilaydigan tartibda
ochiladi. Pensiya fondining mablag‘laridan pensiyalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik,
homiladorlik va farzandni tug‘ish, farzandning tug‘ilishidagi va dafn qilish marosimi uchun
nafaqalarning to‘lanishi xarajatlari mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Pensiya fondi idoralari Pensiya fondi budjetining ijro qilinishi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan budjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgalterlik
hisobining hisob varaqlari rejasini qo‘llagan holda hisob yuritadilar va-yilning har choragida
Pensiya fondi budjetining ijro etilishi haqida moliyaviy hisobotlarni tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: