108
4.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
5.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish
huquqi uchun yig‘im.
Iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichida va uning chuqurlashuvida mahalliy hokimiyat
organlarining davlat boshqaruvidagi, mahalliy budjetlarning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish-dagi rolini oshirish, mahalliy budjetlarni o‘z daromad bazalarini yanada
mustahkamlab borishini talab qiladi.
Mahalliy budjetlarning daromadlari shuningdek, tartibga soluvchi daromadlardan ham
tashkil topadi.
Respublikamizda mahalliy soliqlar va soliqsiz tushumlaridan shakllangan
daromadlari
mahalliy budjetlar xarajatlarining juda kam qismini qoplaganligi tufayli, mahalliy budjetlar
daromadlarining asosiy qismi budjetlararo tartibga solish orqali shakllantiriladi.
Tartibga soluvchi daromadlar -
bu yuqori budjetlardan quyi budjetga, ularning daromad
va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish) maqsadida beriladigan pul mablag‘lari
majmuasidir. Tartibga soluvchi daromadlarga ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan barcha
moliyaviy resurslar, ya’ni alohida umumdavlat ahamiyatidagi soliqlardan o‘tkazmalar, dotatsiyalar,
subvensiyalar, yuqori budjetdan o‘zaro xisob-kitob asosida olingan mablag‘lar kiradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mahalliy budjetlarning biriktirilgan
daromadlari va
umumdavlat ahamiyatidagi soliqlardan beriladigan ajratmalardan tushumlari ularning xarajatlarini
qoplashga yetmaydi. Mahalliy budjetlarga yuqori budjetlan beriladigan dotatsiya va subvensiyalar
hajmini kamaytirish uchun budjet bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xarajat vakolatlari taqsimotini ham qayta
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”qonuning 19-moddasiga asosan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan
mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet
tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy budjet
transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
–
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga
kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
–
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”qonuning 23-moddasiga asosan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, ta’lim,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet
tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) aholini ijtimoiy
himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy
davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari
va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Hozirgi vaqtda muhim muammolardan biri bo‘lib, ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari
sohasida o‘z aksini topgan aholining ijtiomiy extiyojlarini va ularni moliyalashtirish manbalari
o‘rtasidagi muvozanatni aniqlash hisoblanadi. Hozirgi paytda mahalliy budjet mablag‘larini ijtimoiy
sohaga yo‘naltirishni kuchaytirish zarurdir. Bu o‘rinda davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat,
ijtimoiy ta’minotni rivojlantirishga hamda aholining eng kam ta’minlangan va muhtoj tabaqalarini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy dasturlarni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olmog‘i lozim.
109
Shu bilan birga, bozor munosabatlarini shakllantirish davomida ijtimoiy-madaniy talablarga budjet
xarajatlarining turlari oshib boradi.
Hozirgi davrda davlat bajarishi lozim bo‘lgan muammolardan biri aholini ijtimoiy
himoyalashdir. Shuning uchun ham bu masalaga respublikamizda asosiy e’tibor qaratilgandir.
Bizning asosiy vazifamiz, maqsadimiz ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlarining mahalliy budjet
orqali moliyalashtirilishini tahlil etishdan iboratdir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov qayd
etganlarideq "Budjet mablag‘laridan aslo kechiktirib bo‘lmaydigan extiyojlarni avvalo, ijtimoiy
sohani, yangi tarkibiy yo‘nalishlarini pul bilan ta’minlash uchungina foydalanish
maqsadga
muvofiqdir".
1
Ushbu masalani xal etish uchun, avvalo mahalliy budjet xarajatlari tuzilishini tahlil
etish lozim.
O‘zbekistan bozor iqtisodiga o‘tish jarayonida davlat tomonidan hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda yuzaga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga katta e’tibor berilmoqda.
Bu o‘z navbatida mahalliy budjetlarning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish uchun davlat
tomonidan ajratiladigan kapital quyilmalarning hajmini oshishiga olib kelmoqda.
Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan iqtisodig‘tni rivojlantirish
uchun kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish xarajatlari xozirgi kunda muhèm ahamiyatga egadir.
Kapital ko‘yilmalarni moliyalashtirish bu turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga
mo‘ljallangan asosiy fondlarni yangilarini yaratish, amal qilinayotganlarini kengaytirish,
tiklash va
texnik qayta jihozlashga pul mablag‘larini berishdir.
Budjet mablag‘larining cheklanganligi tufayli pul mablag‘lari faqatgina maxsus qurilish
ro‘yxatiga kiritilgan qurilish obyektlari doirasida taqsimlanadi. Qurilish va obyektlar bo‘yicha
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bir yoki bir nechta manbalar hisobiga amalga oshirilishi
mumkin.
Qaytarib bermaslik sharti asosida davlat markazlashtirilgan investitsiyalarni budjet
mablag‘lari hisobiga davlat ehtiyojlari tasdiqlangan qurilish obyektlari ro‘yxatiga muvofiq
moliyalashtiradi.
Bozor munosabatlari shakllanib borgani sari boshqaruv xarajatlari qisaqarib boradi. Bu
borada respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov "O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishiing o‘ziga
xos yuli" asarida quyidagi so‘zlarni aytgan edilar: "Boshqaruvga sarflanadigan xarajatlarni
kamaytirish - budjet yetishmovchiligini tugatishning asosiy manbalaridan biridir"
Do'stlaringiz bilan baham: